|
Kondensator qurilmalarining rele himoyasi va avtomatikasi
|
bet | 1/4 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 85,36 Kb. | | #140927 |
15-MA’RUZA
AVTOMATIK QURILMALARNING ISH PRINSIPLARI.
Reja:
Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari
Elektr – yoy pechlari transformatorlarning rele himoyasi
Kondensator qurilmalarining rele himoyasi va avtomatikasi
Elektr ta’minoti sistemalarida har xil turdagi maxsus elektr qurilmalar, jumladan kondensator batareyalari, elektr pechlari, o‘zgartiruvchi qurilmalar va boshqalar qo‘llaniladi. Xizmat qilishlari davomida ular ham elektr ta’minoti tizimining boshqa elementlari singari shikastlanishi mumkin. Ular uchun katta toklar hosil bo‘laigan normal bo‘lmagan rejimlar ham havfli. Shuning uchun maxsus elektr qurilmalar ham shikastlanishlar va normal bo‘lmagan rejimlardan himoyalarga ega bo‘lishi kerak. Bundan tashqari ularda avtomatika qurilmalari ham qo‘llaniladi.
Kondensator qurilmalari quvvat koeffitsiyentini ko‘tarish va kuchlanishni mahalliy o‘zgartirish uchun ishlatiladi. Ular kuchlanishni o‘zgartirish qurilmasiga ega bo‘ladi. Kondensator qurilmalarida asosiy shikastlanish turi ikki fazali qisqa tutashuvga olib keluvchi kondensatorlar izolyatsiyasining ishdan chiqishidir.
Normal bo‘lmagan rejimlarga yuqori garmonikalar ta’sirida kondensatorlarning o‘ta yuklanish kuchlanishning ortib ketishi va yerga tutashuv kiradi.
1.Qisqa tutashuvdan himoya. Kuchlanish 1 kVt gacha bo‘lgan elektr tarmoqlarida eruvchan saqlagichlar yoki avtomatik vыklyuchatellar yordamida bajariladi. Kuchlanish 1 kVt dan yuqori elektr tarmoqlarida kondensator qurilmalari qisqa tutashuvdan eruvchan saqlagichlar yoki ikki fazali tok otsechkasi yordamida himoya qilinadi.
Kondensator qurilmasining ikki fazali bir releli tok otsechkasi yordamida himoyalanganda quyidagicha hisoblanadi. Agar himoya RT-80 tipidagi rele yordamida bajarilgan bo‘lsa quyidagicha hisoblanadi:
Rele elektromagnit elementining ishga tushish toki
;
bu yerda K3=22,5 – zahira koeffitsiyenti, Ksx – sxema koeffitsiyenti, Ixi – himoyaning ishga tushish toki, KI – tok transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti, Inom.k – kondensator qurilmasining nominal toki, Q – kondensator qurilmasining reaktiv quvvati, U- kondensator qurilmasining nominal kuchlanishi.
Himoyaning sezgirligi
,
Bu yerda Ik.min – kondensator qurilmasi ulangan nuqtadagi minimal qisqa tutashuv toki.
2. O’ta yuklanishdan himoyani bajarish uchun RT-80 relening induksion elementidan foydalaniladi
;
bu yerda Kz – zahira koeffitsiyenti, Ksx = - sxema koeffitsiyenti.
Tokning karraliligi
3. Kuchlanish ortib ketishidan himoya faqat bitta maksimal kuchlanish relesi va vaqt relesi yordamida bajariladi.
Himoyaning ishga tushish kuchlanishi
,
bu yerda Unom – kondensator qurilmasining nominal kuchlanishi.
Maksimal kuchlanish relesining ishga tushish kuchlanishi
,
bu yerda KU - maksimal kuchlanish relesi ulanadigan kuchlanish transformatorining transformatsiya koeffitsiyenti.
Kuchlanish ortib ketishidan himoyaning hayallash vaqti t=35 min olinadi.
Kondensator qurilmalari uchun avtomatik qayta ulash qurilmasi ham ko‘zda tutiladi. Uning normal kuchlanish tiklangandan keyin qayta ulash vaqti 5 minutdan kam bo‘lmasligi kerak.
|
| |