• Mavzu: “Davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari” Bajardi: SST-50-guruh talabasi D.Xusanov Toshkent-2023 REJA
  • 2021-yilda davlat byudjetining soliq tushumlari; 2022-yil uchun prognoz. Ozbekiston Respublikasi moliya tizimi
  • Axborot manbalari
  • Soliqlar va soliqqa tortish




    Download 82.79 Kb.
    Sana14.06.2023
    Hajmi82.79 Kb.
    #72744
    Bog'liq
    D Xusanov mustakil ishi Davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari
    biologiya-fanidan-5-9-sinf-testlar-1, 25-may senariy, 1-Маъруза, 2) 2021-22-ДАСТУР-ИПИ ва ИТИ, ИС, 479668, 5-seminar KP, ehtimollar maruza1, 1690796889737, anketa, C# asoslari, FOTOELEKTRON EMISSIYA VA UNING QO`LLANISHI, Abduqaxxorov. F, @XHUZB Юрт бўйнидаги қилич ёки истило, Konspekt. Konspekt turlari, xos xususiyatlari Vaqt 2 soat-fayllar.org

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



    "SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH" kafedrasi
    Soliq ma’murchiligi
    fanidan 2022/2023 o‘quv yili
    uchun mo‘ljallangan

    MUSTAQIL ISH
    Mavzu: “Davlat soliq xizmati organlarida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari”

    Bajardi: SST-50-guruh talabasi D.Xusanov

    Toshkent-2023
    REJA:


    1. O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi;

    2. "Soliq tushumlarining o'sishi asosiy narsa emas" - Shavkat Mirziyoyev

    3. 2021-yilda davlat byudjetining soliq tushumlari;

    4. 2022-yil uchun prognoz.

    5. O'zbekiston Respublikasi moliya tizimi


    Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
    Mamlakat iqtisodiyotini uzoq muddatli rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgan sharoitda samarali soliqqa tortish tizimi va davlat soliq xizmati organlarining uyg‘unlashgan faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.
    Shu bilan birga, soliq nazoratining eskirgan uslub va prinsiplariga asoslangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tashkil etish mazkur organlar oldiga qo‘yilgan yangi vazifalarni hal qilish, jumladan, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliqlar yig‘iluvchanligining oshirilishini ta’minlash imkonini bermaydi, o‘z yechimini topmagan sezilarli muammolarning mavjudligi ushbu holatni yanada og‘irlashtirmoqda, xususan:

    • birinchidan, soliq solishning qo‘shimcha manbalarini izlamasdan soliq hisoboti bilan cheklanib qolgan, asosan, prognoz ko‘rsatkichlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq ma’muriyatchiligining past darajasi;

    • ikkinchidan, soliq ma’muriyatchiligida korrupsiyaviy muhitni shakllantirayotgan, davlat soliq xizmati organlarining deyarli barcha bo‘g‘inlarida xodimlar korrupsiyalashuviga olib kelayotgan sezilarli shart-sharoitlarning mavjudligi;

    • uchinchidan, soliq ma’muriyatchiligini to‘liq amalga oshirish, soliq solinadigan qo‘shimcha bazani aniqlash, iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirishga imkon bermaydigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanmaslik;

    • to‘rtinchidan, kameral nazoratni, jumladan, soliq imtiyozlari va preferensiyalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan kameral nazoratni amalga oshirish uchun tashqi manbalarni yig‘ishni ta’minlaydigan ta’sirchan dasturiy mahsulotlarning mavjud emasligi;

    • beshinchidan, soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli sxemalari yaratilishiga olib kelayotgan, savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari, bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha berilgan vakolatlardan samarasiz foydalanilishi;

    • oltinchidan, maqsadli tekshiruvlar tashkil etish uchun soliqlarni to‘lashdan muntazam ravishda bo‘yin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek, soliqqa oid huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlashning aniq mezonlari mavjud emasligi;

    • yettinchidan, mavjud resurslardan davlat soliq xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish uchun yetarlicha foydalanilmayotganligi va intizomiy javobgarlikka tortish darajasi haddan tashqari yuqoriligi umuman soliq tizimining samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Foydalanilgan adabiyotlar:




    1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O‘zbekiston. 1992.

    2. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi: 2020 y.

    3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3802-sonli Qarori.

    4. Mirziyoyev Sh.M. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – T: “O’zbekiston” NMIU, 2020.


    Axborot manbalari:



          1. http://www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali;

          2. http://www.lex.uz - O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari sayti;

          3. http://www.tfi.uz - Toshkent Moliya instituti rasmiy sayti.

    Download 82.79 Kb.




    Download 82.79 Kb.