World scientific research journal
www.wsrjournal.com volume-2_issue-2_april_2022
45
QATTIQ MODDALARNING NAMLIGINI O`LCHASHDA
XATOLIKLARNINIG MAVJUDLIGI
Matyakubova P.M., prof.,TDTU
Murodova S.F., 1-kurs magistrant JizPI
Kalit so‘zlar: qattiq modda, namlig, o'lchov, elektrik singdiruvchanlik,
litiy
eritmasi, dielkometrik,
elektr va mexanik parametr, termorezistorlar,
radioizotop
nam o‘lchagichlar.
Annotatsiya: Qattiq moddalarning namligi uning massa birligidagi absolut
yoki nisbiy namligi bilan belgilanishi.
Jismning absolut namligi deb,
uning birlik
massasidagi suv bug‘lari massasiga, nisbiy namlik deb, absolut namlikning bo'lishi
mumkin bo'lgan eng katta namlikka nisbatiga aytilishi yoritib berilgan.
Qattiq moddalarning namligini aniqlash ham ishlab chiqarish sharoitida muhim
ahamiyat kasb etadi. Qattiq moddalarning namligi uning massa birligidagi absolut
yoki nisbiy namligi bilan belgilanadi. Jismning absolut namligi deb, uning birlik
massasidagi suv bug‘lari massasiga, nisbiy namlik deb, absolut namlikning bo'lishi
mumkin bo'lgan eng katta namlikka nisbatiga aytiladi. Namlikni o'lchovchi asboblar
fiinksiyasiga elektr o'tkazuvchanlik (konduktometrik), elektrik singdiruvchanlik
(dielkometrik) va yordamchi moddalarning elektr
va mexanik parametrlarini
o'lchashlar kiradi. Havoning absolut va nisbiy namligini o'lchashda ko'p hollarda
yarim o'tkazgichli litiy xlorid o'zgartkichdan foydalaniladi.
U himoyalovchi parda
(plyonka) bilan qoplangan termorezistordan iborat bo`ladi. Termorezistor ustiga litiy
xloridning to'yingan eritmasi shimdirilgan shisha tolali vtulka o'rnatiladi.
Vtulkaning ustiga kumush yoki platina o'tkazgich o'rnatilgan. O'zgartkich havo
kirishi mumkin bo'lgan korpusga joylashtirilgan bo'ladi. O'zgartkich quyidagicha
ishlaydi: ma’lum haroratda litiy eritmasi atrof-muhitning namligini so'radi.
O'tkazgichdan elektr toki o'tganda, litiy xloridning harorati oshadi va u kristallanib,
o'tkazuvchanligi
kamayadi.
Binobarin,
litiy
xlorid
va
uning
ichidagi