|
World scientific research journalBog'liq 45-48World scientific research journal
www.wsrjournal.com volume-2_issue-2_april_2022
47
ta'minotini ishlab chiqish va o'lchash vosita va tizimlarini unifikatsiyalash(bir
xillashtirish) dan iborat.
Avtomatik namlikni o‘lchash vositasi bevosita o'lchash hamda o'lchash
natijalarini hisoblash, qayd qilish, uzatish va boshqaruvchi signallarini ishlab
chiqarish bilan bog'liq barcha ishlami avtomatik tarzda o'zi bajaradigan intellektual
o'lchash vositasi bo'lib, xotiraga ega bo'ladi va o'lchash vaqtida berilgan dastur
bo'yicha tanlashni, o'lchash natijalariga ishlov berishni, ulami baholashni,
shuningdek, boshqa vazifalami mustaqil ravishda avtomatik tarzda bajaradi.
Ma’lumotlar
belgilanishiga
ko'ra
o'lchash
vositalari
quyidagicha
klassifikatsiyalanishi mumkin:
1.Shkalali o ‘lchash vositalari;
2. Raqamli o'lchash vositalari;
3. O ‘ziyozar o ‘lchash vositalari.
Qattiq moddalarning namligini olchash vositalarining metrologik tavsiflari
O'zRST 8.009-94 da keltirilgan bo‘lib, o‘lchash vositalarini tanlashda o‘ta zarur
omillardan hisoblanadi.
Qattiq moddalarning namligini olchashda ham xatoliklar o‘lchashning asosiy
xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. GOST (Davlat standarti) 1626-3-70 ga ko‘ra
o‘lchash xatoligi o‘lchash natijalarining o‘lchanayotgan kattaliklarining haqiqiy
qiymatlaridan og‘ishidir. O‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymati uchun
namunaviy o‘lchash vositalari yordamida aniqlash mumkin bo`lgan qiymat qabul
qilinadi. Ba’zan o‘lchash vositalari xatoliklarini nolga yaqin ekanligini ko'rsatuvchi
va ularning sifatini aks ettiruvchi o'lchash vositalarining aniqligi tushunchasi
qo‘llaniladi. 0‘lchash vositalarining xatoligi ifodalanish usuliga ko'ra absolut, nisbiy
va keltirilgan xatoliklarga bo'linadi. Qattiq moddalarning namligi o'lchanayotgan
kattalikning o'lchash asbobida o'lchangan qiymati bilan shu kattalikning namuna
asbob yordamida aniqlangan haqiqiy qiymati orasidagi farq o‘lchash asbobining
absolut xatoligi deb ataladi. 0‘lchash asbobining absolut xatoligi o'lchanayotgan
kattalik birligida ifodalanadi. Absolut xatolikning teskari ishorasi bilan olingan
qiymati tuzatma deb ataladi. Absolut xatolik o ‘lchash aniqligini yetarli darajada
|
| |