|
World scientific research journalBog'liq 45-48World scientific research journal
www.wsrjournal.com volume-2_issue-2_april_2022
46
termorezistoming harorati atrof-muhit haroratiga hamda namligiga to'g'ridan-to'g'ri
bog'liq bo'ladi. Termorezistorlar qarshiligini o'lchash uchun o'zgarmas tok
kompensatorlaridan foydalaniladi.
Sochiluvchan ashyolar, misol uchun, bug'doy, sholi, dorivorlar, kimyoviy
moddalar namligini o ‘lchash uchun elektrostatik o'zgartkichlar asosida namlik
o‘lchagichlar ishlab chiqarilgan. Sochiluvchan ashyo(material) namunasi
silindrsimon elektrodlar orasiga solinadi. Elektrodlar orasidagi dielektrik
singdiruvchanlik o‘zgaradi va o‘zgaruvchan tok ko‘prik muvozanatini buzadi.
Ko‘prik chiqishidagi kuchlanish dielektrik singdiruvchanlikka, ya’ni namuna
namligiga proporsional bo‘ladi. Shuning uchun asbob o'lchanayotgan har bir
sochiluvchan massa turiga qarab darajalanadi. Hozirgi vaqtda tuproq va boshqa
sochiluvchan materiallar namligini uzluksiz 0‘lchash uchun radioizotop
namo‘lchagichlar qo‘llaniladi. Radioizotop manbai sifatida plutoniy-berilliy
birikmalar, qabul qiluvchi uskuna sifatida sekinlashgan neytron hisoblagichlar
qo'llaniladi. Radioizotop nam o‘lchagichlar bilan tuproq, havo va turli sochiluvchan
materiallar namligini 1 dan 100 foiz oraliqgacha, 0,5 foiz xatolik bilan o'lchash
mumkin.
Hozirgi vaqtda o’ta yuqori chachtotali nam o'lchagichlardan keng
foydalanilmoqda. O'ta yuqori chachtotali nam o'lchagichning umumiy funksional
sxemasi O'ta yuqori chastotali elektromagnit to'Iqin hosil qiluvchi generatordan
to'Iqin uzatuvchi antenna orqali namligi o'lchanishi lozim bo'lgan ob'ektga beriladi
va undan keyin qabul qiluvchi antenna orqali kuchaytirgich kirishiga uzatiladi.
Kuchaytirilgan signal tarkibidan namlikka proporsional bo'lgan chastotali signal
detektor orqali o'lchash asbobiga beriladi. Antennalar orasiga joylashtirilgan ob'ekt
o'ta yuqori chastotali to'lqinda faza bo'yicha siljish hosil qiladi va bu o'lchash zanjiri
chiqishidagi signalni o'zgarishiga olib keladi. Shuni aytib o'tish joizki, paxta va uni
urug'i hamda boshqa qishloq xo'jalik maxsulotlari va ulaming urug'lari namligini o'ta
yuqori chastotali nam o'lchagichlar yordamida aniq o’lchash (sxema va
konstruksiyalarini takomillashtirish, mikroprotsessor qurilmalari imkoniyatlaridan
keng foydalanish, metrologik, ishlatish xarakteristikalarini yaxshilash, metrologik
|
| |