Nisbiy namlik havoning muhim xossasi hisoblanadi. Havo
tarkibida namlik qancha kam
bo’lsa, bunday havo quritish jarayonida shuncha samarali ishlatiladi. Namlik bilan tochyingan
havodan qurituvchi agent sifatida foydalanish mumkin emas.
Nisbiy namlikni aniqlash uchun psixrometrdan foydalaniladi.
Psixrometr ikkita
termometrdan iborat bo’lib, bitta termometrning sharchasi doim ho’llab turiladi va u ho’l
termometr deb yuritiladi. Ikkinchisi esa quruq termometr deb ataladi. Quruq va ho’l
termometrlar ko’rsatishlarining ayirmasi
х
к
t
t
t
haroratlarning
psixrometrik ayirmasi
deyiladi. Nisbiy namlik qancha kam bo’lsa, ho’l termometr sharchasi yuzasida suvning
bug`lanishi shuncha tez boradi, natijada sharcha tezlik bilan soviydi. Shu sababli havoning nisbiy
namligi kamayishi bilan haroratlarning psixrometrik ayirmasi ko’payadi. Bu ayirma
t
asosida
va psixrometrik jadvallar yoki diagrammalar yordamida havoning nisbiy namligi topiladi.