|
Tekis membranali qurilmalarBog'liq 1-MaruzaTekis membranali qurilmalar. Bunday qurilmalarning asosini tekis yuzali membranadan
tayyorlangan elementlar tashqil etadi. Ushbu elementlar tekis g’ovaksimon materialning ikki
tomoniga joylashtiriladi. Ikkita qochshni membranali elementlarning oralig`idagi masofa (kanal)
kichik bo’lib, 0,5-5 mm ni tashqil etadi. Ushbu membranalararo kanal bo’yicha dastlabki eritma
harakat qiladi. Ajralayotgan eritma birin-ketin barcha membranalararo kanallardan ochtib,
quyuqlashib qurilmadan chiqib ketadi. Ushbu eritmaning membranadan g’ovaksimon qolipga
ochtgan bir qismi permeat (filtrat) ni tashqil etadi.
Membranali elementlar turli shaklga ega bo’lishi mumkin: dumaloq (elliptik);
tochg`riburchakli; kvadrat.
34.2-rasmda membranali elementi elliptik shaklda tayyorlangan qurilmaning sxemasi
berilgan. Ushbu uskuna elliptik shakldagi membranali elementlar 2 paketidan iborat bo’lib,
ikkita dumaloq flaneslar 1 oralig`ida joylashgan.
Flaneslar yo’naltiruvchi shtangalar 3 yordamida bir-biri bilan birlashtirilgan. Membranali
elementlar ikki tomoniga membranalar 7 joylashtirilgan tayanch plastinalaridan 4 iborat.
Tayanch plastinalari va membranalardagi teshiklar ikki xil halqalar 6-va 7 yordamida zich qilib
biriktiriladi. Ajralayotgan eritmani membranalararo kanalga berish va uni o’zatish uchun
halqalarda radial yo’nalish bo’yicha ariqchalar ko’zda tutilgan. Eritmani seksiyalarga tarqatish
maqsadida tegishli membranali elementdagi teshik yopib qochyuvchi pona 8 yordamida yopib
turiladi. Permeat har bir membranali elementdan egiluvchan kapillyar shlanga 9 bilan alohida
ajratib olinib, umumiy kollektorga 10 tushadi.
34.2-rasm. Tekis membranali qurilmaning ishlash sxemasi:
|
| |