|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va inNovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/6 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #114678 |
Bog'liq Maxkamov
O‘zbekiston Respublikasi Oliy TA’LIM,FAN va inNovatsiyalar vazirligi
Islom Karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
“Elektronika va avtomatika» fakulteti
“Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi
“Sohaning texnologik o’lchashlari va asboblari” fanidan
“Membranali manometrlarga qo’yiladgan talablar va o’lchov xatoliklarini tekshirish usullari” mavzuda
KURS ISHI
Bajardi: 11Sa 21 guruh talabasi
Maxkamov Shoxruh
Qabul qildi: Muxamedxanov U.T
Toshkent – 2023
Membranali manometrlarga qo’yiladgan talablar va o’lchov xatoliklarini tekshirish usullari.
REJA:
1.Membranali manometrlar
2.Difmanometrlar
3. Silfonli manometrlar
4. Yuk-porshenli manometrlarning
5. Elektr manometrlar
MEMBRANALI MANOMETRLAR
Membranali asboblar. So‘nggi yillarda membranali asboblar tobora keng qo‘llanilmoqda. Bu asboblarda sezgir element sifatida elastik materiallardan tayyorlangan yumshoq, shuningdek, gofrilangan plastinkasimon membranalar yoki gofrilangan membrana qutichalar ishlatiladi. Membranali asboblar, uncha katta bo‘lmagan ortiqcha bosimlar va siyraklanishlarni (manometrlar, naporomerlar va tyagomerlar) hamda bosimlar farqini o‘lchash uchun (difmanometrlar) qo‘llanadi.
Membrananing egilishdagi elastikligi uning geometrik o‘lchamlariga (diametri, qalinligi, gofrilarining soni, shakliga), materialiga hamda unga ta’sir qiladigan bosimga bog‘liq bo‘ladi. Membranadagi gofrilar uning bikirligini oshiradi va xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli bo‘lishini ta’minlaydi.
Membrananing bikirligini oshirish maqsadida uning o‘rga qismiga qattiq magerialdan yasalgan disk yoki prujina o‘rnatiladi. Membrana rezina, plastmassa, latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Bronzadan tayyorlangan membrananing qalinligi o‘lchanadigan bosim miqdoriga qarab 0,02—1,0 mm bo‘lishi mumkin. Membranaga ikkala tomondan ta’sir etadigan bosimlar farqi ta’sirida uning markazi siljiydi. Membrana markazining bosim ta’sirida siljishi katta emas va 1,5—2,0 mm ni tashkil etadi. Bu hol asboblarning sezgirligini kamaytiradi va uzatish soni katta bo‘lgan mexanizm qo‘llanishni talab etadi. Membranali asboblarning bu kamchiliklari ularni qo‘llanish doirasini toraytiradi.
Difmanometr, differensial manometr — bosimlar farqini oʻlchaydigan asbob. Bosimlar farqi boʻyicha suyuqliklar sathini, bug , gaz, suyuqliklar sarfini oʻlchashda ham ishlatiladi. Ishlash tarziga koʻra suyuqlikli va mexanik D.larga boʻlinadi. Suyuqlikli D.ning naychali, qalqovuchli, halqasimon va qoʻngʻiroqsimon turlari bor. Mac, naychali D. oʻz navbatida ikki (Usimon) va bir naychali (idish va vertikal naychali hamda idishli va qiya naychali) turlarga boʻlinadi. Ikki naychali D.ning ishi suyuqlik toʻldirilgan tutash idishlardan foydalanishga asoslangan. Usimon D.ning oʻlchash diapazoni muxit bosi-mi 15 MN/m2 (150kg kuch/sm2) boʻlganda 93 kN/m2 (700 mm sim. ust.).
Qalqovuchli D. bir naychali D.ga oʻxshab ishlaydi; bunda idishdagi suyuklik sathining oʻzgarishini asbob miliga uzatuvchi sifatida qalqovuch xizmat qiladi. Oʻlchash diapazoni muhit bosimi 16 MN/m2 (160 kgkuch/sm2) boʻlganda 0—133 kN/m2 (0—1000 mm sim. ust.). Mexanik D. membranali va silfonli xillarga boʻlinadi. Membranali D.ning ishi elastik metall membrananing bosimlar oʻzgarishi hisobiga egilishiga asoslangan. Oʻlchash diapazoni mu-hit bosimi 60 MN/m2 (600 kg-kuch/sm2) gacha boʻlganda 133 kN/m2 (1000 mm sim. ust.) gacha. Silfonli D. burmalangan metall quticha (silfon)ning ichidagi va sirtidagi bosimlar farqi hisobiga ishlaydi. Qalqovuchli, halqasimon, qoʻngʻiroqsimon va mexanik D.larda koʻrsatuvchi, oʻzi yozuvchi hamda elektr kontaktli qurilmalar ham boʻladi.
|
| |