• ELEKTR MANOMETRLAR
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va inNovatsiyalar vazirligi




    Download 0,64 Mb.
    bet3/6
    Sana09.12.2023
    Hajmi0,64 Mb.
    #114678
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Maxkamov

    YUK-PORSHENLI MANOMETRLAR
    Yuk-porshenli manometrlarning ishlash usuli bosimni kalibrlangan yuklar bilan muvozanatlanishiga asoslangan. Ular yuqori bosimlarni (1000 MPa gacha) o'lchash uchun hamda namunaviy va nazorat asboblari sifatida ishlatiladi (aniqlik toifasi 0,02; 0,05; 0,2). Porshenli manometrlar texnik o'lchovlarda kam ishlatiladi.
    Ishchi manometrlarni va o'lchashni tekshirish uchun mo'ljallangan yuk-porshenli manometrning tuzilishini ko'rib chiqamiz (2- rasm).
    Po'lat idish 14 voronka 10vaignali klapan orqali transformator moyi bilan to'ldiriladi. Tik o'rnatilgan silindr 7 ga kanal chiqarilgan bo’lib, uning ichiga yuk quyiladigan tarelka 5 ga silliqlangan porshen 6 o’rnatilgan. Tekshirilayotgan manometr 4 ni o'rnatish uchun 3 va 11shtutserlar mavjud. Ignali jo'mraklar 1, 212moy o'tish kanallarini berkitish uchun, jo'mrak 8esa moyni tushirish uchun xizmat qiladi. Idish ichidagi ishchi bosim yuklar og'irligi 5 bilan aniqlanadi. Porshen 13 ning harakati esa yukli porshen 6 ning ko'tarilishiga olib keladi.

    2-rasmYuk-porshenli_manometr.
    ELEKTR MANOMETRLAR
    Elektr manometrlar asosan yuqori chastotali o'ta yuqori va pulsatsiyali bosimlarni o'lchashda qo'llaniladi. Elektr manometrlarning ishlash usuli sezgir elementning bosim ta'sirida elektrik xarakteristikalarining o'zgarishiga asoslangan bo'lib (quyidagi turlarga bo'linadi:
    1. P’ezoelektrik manometrlar.
    2. Induksion manometrlar.
    3. Tenzometrik manometrlar.
    4. Qarshilikli manometrlar.
    5. Sig'imli manometrlar.
    6. Induktiv manometrlar.
    P’ezoelektrik manometrlarda turli xil kristall dielektrik materiallarning deformatsiyalanishi natijasida ularning yuzasida elektr zaryadlari hosil bo'lishi (pezoelektrik effekt hodisasi) dan foydalaniladi. Bunday dielektriklar sifatida kvars, turmalin, bariy-titanatlar qo'llaniladi. Bu manometrlarning berilgan ta'sirni juda tezlik bilan sezishi ularning afzalligi hisoblanadi.
    Induksion manometrlarda sezgir elementning egilishi natijasida hosil bo'ladigan bosim induksion o'zgartgich yordamida ikkilamchi asbobga uzatiladigan elektr signalga aylantiriladi.
    Elektr signalni masofaga uzatuvchi manometr - MED induksion manometrlar orasida eng keng tarqalgandir. Diametri 160 mm bo'lgan korpusga bir o'ramli trubkasimon prujinali ushlagich, uzatish mexanizmi va induksion chulg'am (g'altak) joylashtirilgan (3- rasm).

    3- rasmInduksion manometr.
    Tekshirilayotgan sistemaning bosimi shtutser orqali trubkali prujinaga uzatiladi, prujina deformatsiyalanib, induksion chul­g'am magnit o'tkazgich ni harakatga keltiradi. O'lchanayotgan bosimning har bir qiymatiga chulg'amdagi magnit o'tkazgichning ma'lum (aniq) holati to'g'ri keladi. Manometrning chulg'ami va ikkilamchi asbobning chulg'ami differensial-transformator sxemasi bo'yicha ulangan. Asbobning chiqish kattaligi transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg'amlari orasidagi o'zinduksiyadir.
    Magnit o'tkazgichning chulg'amlar orasiga kirish kattaligi qancha katta bo’lsa, ikkilamchi o'ramga shuncha ko'p kuchlanish uzatilib ikkilamchi asbobga beriladi.
    Induksion manometrlar o'zaro almashinadigan ikkilamchi asboblar va markazlashtirilgan tekshirish va rostlash sistemalari bilan birgalikda ishlaydi. Sanoatda yuqori o'lchash chegarasi 160 MPa gacha bo'lgan, aniqlik toifalari 1; 1,5 bo'lgan MED turdagi asboblar ishlab chiqariladl
    Elektr manometrlarning yana bir turi - qarshilikning o'zgarishi hisobiga bosimni o'lchashda qo'llaniladigan tenzodatchiklardir. Tenzometrning ishlash usuli kuch yoki unga proporsional bo'lgan deformatsiyani deformatsiyalangan jismga yopishtirilgan sim qarshiligining o'zgarishiga aylantirishdan iborat.
    Tenzodatchik - diametri 0,02...0,05 mm bo'lgan manganin simdan tayyorlanib, sim bir-biriga yopishgan yupqa qog'oz orasiga sirtmoq shaklida joylashtiriladi. Simning uchlariga chiqish klemmalari ulanadi. Tenzometrning sezgir elementi elastik element yuzasiga yopishtirilib, bosim ta'sirida elastik element deformatsiyalanganda, manganin sim cho'ziladi va qarshiligi o'zgaradi. Tenzodatchik elektr ko'prik sxemasiga qarshilikni o'lchash uchun ulanadi. Ko'prikning shkalasi esa bosim birliklarida darajalanadi.
    Tenzometrlarda elektr qarshilikning bosimga bo'lgan bog'lanishi chiziqli, inersionligi kichik va o'lchash qiyin bo'lgan yerlarga joylashtirilishi uning afzalligi hisoblanib, o'lchash xatoligi 2 % dan oshmaydi. Sezgirlik miqdorining juda kichikligi, temperatura o'zgarishiga bog'liqligi, ularning sanoat texnologik qurilmalarida kam qo'llanilishi esa uning kamchiligi hisoblanadi.

    Download 0,64 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va inNovatsiyalar vazirligi

    Download 0,64 Mb.