Membranali distillash. Ushbu jarayon polimer yoki qattiq strukturali materialdan
tayyorlangan g’ovakli membrana qatlamida hosil qilingan harorat gradienti ta`sirida yo’z beradi.
30-70°C gacha isitilgan dastlabki eritma mikrog’ovakli gidrofob membrananing bir tomoniga
beriladi. Membrananing ikkinchi tomonidan esa kam isitilgan (sovuq) erituvchi (odatda suv)
harakat qiladi. Membrana gidrofobli va g’ovaklarning o’lchami ancha kichik (bir mikrometr va
undan ham kam) bo’lganligi sababli, suyuq faza membrana g’ovaklariga kirmaydi. Issiq eritma
yuzasidan bug` membrananing g’ovaklariga kiradi, u yerda havo qatlami orqali diffo’ziya yo’li
bilan o’tadi va sovuq suyuqlik yuzasida kondensatsiyalanadi. Bunday sharoitda g’ovaklarda
bochshliq paydo bo’lib, bug`lanish jarayonini tezlatadi va natijada jarayonning samaradorligi
oshadi.
Membranali distillash yo’li bilan quyidagi vazifalari hal qilish maqsadga muvofiq bo’ladi:
elektrolitlarning suvli eritmalarini quyuqlashtirish va chuchuklashtirish; dengiz suvini
chuchuklashtirish; tibbiyot maqsadlari uchun o’ta toza suv olish; bug` qozonlari uchun toza suv
olish va hokazo. Membranali distillash jarayoni amaliy jihatdan atmosfera bosimi ostida boradi,
shu sababdan ushbu jarayonni amalga oshirishga mo’ljallangan qurilmalar arzon polimer
materiallaridan tayyorlaniladi.
MAVZU: MEMBRANALI QURILMALAR. REJA: 1. Membranali qurilmalar
2. Tekis membranali qurilmalar
3. Quvursimon membranali qurilmalar
Membranali qurilmalar. Sanoatda ishlatiladigan membranali qurilmalar bir qator
talablarga javob berishlari kerak: membrananing qurilma hajm birligiga tochg`ri kelgan qiymati
katta; qurilmani yig`ish va montaj qilish oson; suyuqlik membrana yuzasidan katta tezlik bilan
harakat qilishi; qurilmadagi bosim farqi imkon boricha kichik; mexaniq jihatdan mustahkam va
hokazo. Lekin barcha talablarga mos bo’lgan qurilmani loyihalash mumkin emas, albatta. Shu
sababdan aniq bir jarayon uchun membranali qurilmaning eng maqbul konstruksiyasi tanlab
olinadi.
Membranali qurilmalar asosan 4 turga bo’linadi:
1) membranali elementlari tekis bo’lgan qurilmalar;
2) membranalari quvursimon bo’lgan qurilmalar;
3) membranalari o’ram holatida bo’lgan qurilmalar;
4) membranalari ichi bochsh tolalardan tashqil topgan qurilmalar.
Membranali qurilmalarning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz.