• 2.1-raasm. GUD-1 gidrotsiklonli ajratgichni qo‗llab neftni kompleks tayyorlash qurilmasi texnologik sxemasi
  • 2.2-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi
  • Uchun bir necha pog‗onadan o‗tib qurilmaning guruhli o‗lchagichi oldidagi с-1




    Download 0,96 Mb.
    bet1/8
    Sana18.11.2023
    Hajmi0,96 Mb.
    #100815
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism


    uchun bir necha pog‗onadan o‗tib qurilmaning guruhli o‗lchagichi oldidagi С-1 ajratgichga (1-pog‗ona) undan o‗tib markaziy yig‗ish punktida (2-3 pog‗onali) ajratish olib boriladi. Birinchi pog‗onadagi ajratgichdan ajralgan gazlar qozonlarni, aholi turar joylarni, ishlab chiqarish korxonalarini qozonlariga yonilg‗i sifatida yuboriladi. Ikki va uch pog‗onali ajratishdan chiqqan gaz kompressorlar orqali gazni qayta ishlash zavodiga yuboriladi. Yo‗ldosh gazdan ajratilgan neft, neftni qayta ishlash sanoati korxonalaridagi neftni tuzsizlantirish hamda suvsizlantirish qurilmasiga beriladi va u yerda neft tarkibidagi suvni miqdori 0,2 - 0,8 gacha kamayadi, tuzlarni miqdori esa to 80-100 mg/l. Neftdan ajralgan tuzli suv tozalanadi va u qaytadan qatlamga haydaladi.




    2.1-raasm. GUD-1 gidrotsiklonli ajratgichni qo‗llab neftni kompleks tayyorlash qurilmasi texnologik sxemasi
    1- ajratgich; 2-suvsizlantirish bloki; 3-pech‘; 4-gidrotsiklon; 5- stabil‘ neftni yig‗gichi; 6-tomchi ajratkich; 7-isitkich; 8-yengil uglevodorodlar idishi

    Barqarorlashtirish jarayoni markazdan qochma kuch maydonida amalga oshirilganda ajralishni jadallashtirishni imkonini beradi. Yengil fraksiyalarni markazdan qochma kuch maydonida ajralish tezligi og‗irlik kuchi maydonidagiga qaraganda 500 marta tez olib boriladi. Rektifikatsiyalash kolonnasidan farqli o‗laroq gidrotsiklonda hech qanday kontakt qurilmalari talab etilmaydi. Barqarorlashtirish jarayoni mahsulotlari barqaror neft va nobarqaror benzin hamda quruq gaz shaklidagi yengil uglevodorodlar bo‗lib hisoblanadi.






    2.2-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi:
    1-quvurli pech; 2, 13 - kolonnalar; 3,4,5,11,20 - nasoslar; 6,17-issiqlik almashtirgich; 7 - qizdirgich; 8,14 - sovutgich-kondensator; 9 - gaz-suv-ajratgich; 10,16 - reduksion klapanlar; 12 - qaynatgich; 15-gazajratgich; 18 - sovutgich; 19 - havoli suvutgich apparati.

    Kolonnaning yuqori (13) qismidan gaz chiqib ketadi; og‗ir gazlar esa (propan, butanlar) suvli sovutgich-kondensatorda (14) kondensatsiyalanadi va gaz ajratgichda (15) kondensatsiya bo‗lmagan qismi ajratib olinadi. Bu kondensatsiya bo‗lmagan gaz gaz ajratgichning yuqori qismidan chiqadi va reduksion klapan (16) orqali o‗tadi hamda gaz-suv-ajratgichdan (9) chiqayotgan gaz bilan birikadi. Klapan (16) yordamida kolonnadagi (13) bosim 1,2 - 1,5 MPa chegarasida ushlab turiladi. Gaz ajratgichning (15) pastki qismidan chiqariladigan suyultirilgan gaz nasos (20) yordamida qabul qilgichga yo‗naltiriladi (sxemada ko‗rsatilmagan). Gazning bir qismi kolonnaning yuqori qismidagi likopchani (13) sovuqlik bilan sug‗orish uchun qaytariladi va uning yordamida kolonnaning yuqori qismidagi harorat 40 - 50°С atrofida ushlab turiladi. Erigan gazlarni to‗liq ajratib olishga erishish uchun kolonnaning pastki qismidagi harorat 120 - 130°С chegarasidan oshirilmaydi. Bunday harorat qaynatgich (12) ning bug‗li fazosi orqali barqaror benzinning retsirkulyatsiyasini


    ta‘minlaydi. Benzin qaynatgichda suv bug‗lari yordamida 160 - 180°С gacha (0,3 - 0,5 MPa bosim bilan) qizdiriladi. Qaynatgichda hosil bo‗lgan bug‗lar kolonnaga (13) kirib keladi, suyuqlik – barqaror benzin-to‗siq orqali apparatning
    (12) ichiga oqib o‗tadi va bosim ostida issiqlik almashtirgich (17) orqali sovutgichga (18) va keyin esa benzinni barqarorlashtirish rezervuariga yo‗naltiriladi (sxemada ko‗rsatilmagan).
    Yengil neftni barqarorlashtirish natijasida uning tarkibidagi metan, etan va propan 95% ga ajratib olinadi. Bunda to‗yingan neft bug‗larining bosimi 40°С haroratda 0,85 dan 0,03 MPa gacha pasayadi, neftni tashish va saqlash jarayonlaridagi fraksiya tarkibini doimiy saqlashni kafolatlaydi.



    Download 0,96 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uchun bir necha pog‗onadan o‗tib qurilmaning guruhli o‗lchagichi oldidagi с-1

    Download 0,96 Mb.