|
Uchun bir necha pog‗onadan o‗tib qurilmaning guruhli o‗lchagichi oldidagi с-1
|
bet | 6/8 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #100815 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism2.7-rasm . Neftni elektr kuchlanish yordamida suvsizlantirish va tuzsizlantirish qurilmasi texnologik sxemasi:
1, 7, 8, 13, 14-nasos lar; 2-issiqlik almashtirgich; 3, 9-qizdirgichlar; 4, 11-elektrodegidratorlar; 5-injektorli aralashtirgich; 6-sho‗r suvlarni chiqarish avtomatik klapanlari; 10-diafragmali aralashtirgich; 12-tindirgich; 15-ko‗rish oynasi; Elektrodegidrator moslamalari: 16-osma izolyatorlar; 17-elektr toki tushirish shinalari; 18-transformator;
19-tuzsizlantirilgan neft kollektori; 20- elektrodlar; 21-xom-ashyo kirishini taqsimlagich; 22-sho‗r suv kollektori.
oldingi pog‗onadagi ishchi bug‗larni va surib olinadigan gazlarni kondensatsiya qilish uchun kondensator montaj qilinadi. Keyingi davrda barometrik kondensatorning o‗rniga yuzali (sirtli) kondensatorlar qo‗llanilmoqda. Sirtli kondensatorlarni qo‗llash kolonnada faqat yuqori bosimni hosil qilmasdan oltingugurtli va yuqori oltingugurtli neftlarni qayta ishlashda katta miqdordagi iflos oqova suvlardan zavodni holi etadi. Sovutgich va kondensator-sovutgich sifatida havoli sovutish apparatlari (HSA) keng qo‗llaniladi. HSA qo‗llanilgandi suv uchun, suv ta‘minoti obyektlarini inshootlarni birlamchi xarajatlarini, kanalizatsiya, tozalash inshootlari va ishlatish sarflarini kamaytirishga olib keladi.
Ko‗pgina AT va AVT ning zamonaviy atmosfera kolonnalari klapanlar va S-simon likopchalar bilan jihozlangan; vakuumli kolonnalar-klapanlar, elakli, teshikli. Neftni birlamchi qayta ishlash qurilmalarini yuqori darajadagi avtomatik boshqaruviga erishiladi. Zavoddagi qurilmalarda sifatni aniqlaydigan avtomatik analizatorlardan foydalanishga erishilgan: yog‗li fraksiyalarni qovushqoqligi, oqova suvlardagi mahsulotning tarkibini, neftdagi suvning va tuzning tarkibini, avitsia kerosinining, dizel yoqilg‗isini, yog‗li distillyatlarni, tiniq neft mahsulotining namunasini 90% (massasi bo‗yicha) qaynash haroratini aniqlash mumkin.
|
| |