Uchun bir necha pog‗onadan o‗tib qurilmaning guruhli o‗lchagichi oldidagi с-1
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism
Zamonaviy elektr tuzsizlantirish qurilmalariga faqat gorizontal elektrdegidratorlar loyihalanadi, ya‘ni uning tarkibiga ETQ-AT (elektr tuzsizsizlantirish qurilmasi) va ETQ-AVT ning jamlangan qurilmalari kiradi. Gorizontal apparatlarning afzalligi quyidagilar: elektrodlarning maydonini kattaligi va solishtirma ish unumdorligining (apparatning birlik kesim to‗g‗ri keladigan neftning hajmi) yuqoriligi; neftni tiklik bo‗yicha harakat tezligining kichikligi tindirish sifatini oshiradi; jarayonni yuqori bosim va haroratda olib borishning mumkinligi. Xom neftni apparatning pastki qismidan uzatishda qo‗shimcha yuvilish ta‘minlanadi va u ikkita elektr maydoni orqali o‗tadi: kuchsiz-suvning yuzasi va pastki elektrod hamda kuchli-elektrodlar oralig‗ida o‗tganda. Elektrodlar oralig‗idagi kuchlanishni kuchayib ketishi maqsadga (22 - 44 kVt) muvofiq emas, chunki teskari effektni hosil qiladi - suv tomchilarini dispergirlanishini va deemulsiyaning mustahkamligini kuchaytiradi. Ikki pog‗onali tuzsizlantirish qurilmasining gorizontal elektrdegidratorining apparatlarini va texnologik sxemasi 2.7-rasmda keltirilgan. Xom neft nasos (1) yordamida issiqlik almashtirgich orqali (2) bug‗li qizdirgichga (3) haydaladi (ETQ-AT ning jamlangan qurilmasiga issiqlik almashtirgichning yon pog‗onasi orqali) va 110-120°С harorat bilan elektrdegidratorning I chi (4) pog‗onasiga kirib keladi. 75 Download 0,96 Mb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Uchun bir necha pog‗onadan o‗tib qurilmaning guruhli o‗lchagichi oldidagi с-1
|