|
Harorat o’lchashning quyidagi 2 guruhiga asoslangan asboblar bilan tanishamiz: I. Harorat o’lchashning bevosita usullariga asoslangan harorat o’lchash asboblariga quyidagilar kiradi
|
bet | 1/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 224,09 Kb. | | #244692 |
Bog'liq laboratoriya
BOSIM VA HARORAT O'LCHASH ASBOBLARI.
Ishning maqsadi: Bosim va harorat o’lchash asboblarining turlari va ishlash prinsipi xususida talabalarda bilim va ko’nikmalarni hosil qilish.
Harorat o’lchashning quyidagi 2 guruhiga asoslangan asboblar bilan tanishamiz:
I. Harorat o’lchashning bevosita usullariga asoslangan harorat o’lchash asboblariga quyidagilar kiradi:
а) suyuqlikli shisha termometrlar.
Shisha suyuqlikli termometrlar haroratni – 200 dan +750 C gacha bo’lgan oraliqdagi o’lchashlar uchun qo’llaniladi.
Shisha suyuqlikli termometrlarni ishlash tarzi. Suyuqlikli teromometrlarni ishlash tarzi issiqlikdan kengayishga asoslangan. Suyuqlikli termometrlarni to’ldirish uchun simob, toluol, etil spirti va h.k.lardan foydalaniladi.
Suyuqlikli termometrlar ichida eng ko’p tarqalgani simobli termometrlardir. Ular simobning muhim xossalari tufayli bir qator afzalliklarga ega, qaysi-ki shishani namlamaydi, kimyoviy jihatdan toza holda ancha oson olinadi va normal atmosfera bosimida keng haroratlar oralig’ida (-38,87 dan +356,86 C gacha) suyuq holatini saqlaydi.
Termometrlar vazifasiga va haroratini o’lchash oralig’iga qarab shishani turli navlaridan ishlab tayyorlanadi. Suyuqlikli shisha termometrlarni konstruktiv shakllari turli tumandir biroq ushbu xilma – xillikdan ikkita asosiy konstruktsiyasini ajratish mumkin. 1. Tayoqsimon (rasm – 1, a) va 2. o’rnatilgan shkalali (rasm – 1, b).
a) b)
1 – rasm. a) tayoqsimon va b) o’rnatilgan shkalali termometrlar.
Tayoqsimon termometrlar salmoqli – (qalin devorli) tashqi diametri 6 – 8 mm bo’lgan kapillyarga ega bo’lib u butun termometr idishining diametriga tengdir. Bunday termometrlarda shkala kapillyarning bevosita tashqi sirtiga yoziladi.
Ikkinchi konstruktsiyaning harakterli jihati shundan iboratki, unda shkala kapillyarning sirtida emas balki sut rangli to’g’ri to’rtburchakli shisha plastinadan qilingan bo’lib u silindrik shaklida idishga payvandlangan kapillyar naycha orqasiga o’rnatiladi.
Solingan shkalali termometrlar tayoqsimon termometrlarga qaraganda inersionlikka ega, lekin ular laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitida haroratni o’lchashga qulaydir. Ko’pincha suyuqlikli termometrlar metalldan himoya qoplama bilan ta‘minlanadi. Shisha termometrlar oddiy, yetarli aniqlikka ega va tayyorlanishi arzon.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Harorat o’lchashning quyidagi 2 guruhiga asoslangan asboblar bilan tanishamiz: I. Harorat o’lchashning bevosita usullariga asoslangan harorat o’lchash asboblariga quyidagilar kiradi
|