Harorat o’lchashning quyidagi 2 guruhiga asoslangan asboblar bilan tanishamiz: I. Harorat o’lchashning bevosita usullariga asoslangan harorat o’lchash asboblariga quyidagilar kiradi




Download 224,09 Kb.
bet2/5
Sana20.05.2024
Hajmi224,09 Kb.
#244692
1   2   3   4   5
Bog'liq
laboratoriya

b) Manometrik termometrlar.
Bu turdagi termometrlarni o’lchovchisi bo’lib naychasimon prujina xizmat qiladi.
Gazli Manometrik termometr (2 – rasm) tuzilishi, ishlash tarzi va asosiy texnik xarakteristikalarini qarab chiqamiz.

2 – rasm. Manometrik termometrning umumiy ko’rinishi.
Termometrning termotizimi: harorati o’lchanadigan muhitga tushurilgan termoballondan 1, kapillyardan 2 va Manometrik prujinadan 3 iborat. Termometrning termotizimi ishchi modda – gaz yoki suyuqlik bilan to’ldiriladi.
Termoballonni qizdirganda yopiq zich (germetik) termotizimda bosim oshadi va natijada prujina deformasiyalanadi (aylana bo’ylab kengayadi) va uning erkin tomoni qo’zg’aladi. Prujinaning erkin tomoni harakati uzatish mexanizmi qizigan sektor (naycha) orqali termometr shkalasidagi ko’rsatuvchining siljishiga aylanadi.
Termotizimda Manometrik termometrlar suyuqlik va gazsimon muhitlardagi – 150 dan +600 0С bo’lgan haroratlarni o’lchash uchun qo’llaniladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, Manometrik termometlar harorat ko’rsatkichini uncha katta bo’lmagan masofaga (60 metrgacha) uzatishga imkon beradi. Bu esa konstruktsiyaning oddiyligiga qaramay katta afzallikdir.
в) Elektr qarshilik termometrlari.
Qarshilik termometrlari –260 dan +750 0С gacha bo’lgan oraliqdagi harorat ko’rsatkichlarini o’lchashda keng qo’llaniladi. Ba‘zi hollarda esa bu termometrlar bilan 1000 0С gacha bo’lgan haroratni o’lchash mumkin. Qarshilik termometrlarni ishlashi – moddalarning harorati o’zgarishi bilan uning elektr qarshiligi o’zgarishiga asoslangan. Haroratni qarshilik termometri bilan o’lchashda uni harorati o’lchanayotgan muhitga tushuriladi. Termometr qarshiligini haroratga bog’liqligini bilgan holda termometr qarshiligi o’zgarishi bo’yicha u turgan muhit haroratini bilish mumkin. Qarshilik termometrlarida o’lchashni muvozanatlashtiruvchi ko’prikdan foydalaniladi. Qarshilik termometrlarni asosiy detali sinch (Karkas) slyuda – shaffof mineral plastinkalar bo’lib unga sezgir elementning ingichka simi o’raladi. Sezgir element metali sifatida odatda platina yoki mis ishlatiladi. Platina qarshilik termometrlari haroratini –260 dan +1000 0С gacha o’lchash imkonini bersa, mis qarshilik termometrlari esa – 50 dan +180 0С gacha o’lchash imkonini beradi.

Download 224,09 Kb.
1   2   3   4   5




Download 224,09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Harorat o’lchashning quyidagi 2 guruhiga asoslangan asboblar bilan tanishamiz: I. Harorat o’lchashning bevosita usullariga asoslangan harorat o’lchash asboblariga quyidagilar kiradi

Download 224,09 Kb.