• Pirometr turlari а) “Yo’qoluvchi simli” optik pirometrlar.
  • 4 – rasm. “Yo’qoluvchi simli” optik pirometr
  • II. Harorat o’lchashning bilvosita usullariga asoslangan asboblarga quyidagilar kiradi




    Download 224,09 Kb.
    bet4/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi224,09 Kb.
    #244692
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    laboratoriya

    II. Harorat o’lchashning bilvosita usullariga asoslangan asboblarga quyidagilar kiradi:
    Bilvosita o’lchash usullari qizdirilgan jismlarning haroratiga bog’liq ravishda o’zidan nur chiqarish qobiliyatiga asoslangan bu usulga asoslangan o’lchash asboblari nurlanish pirometrlari yoki pirometr deb ataladi. Ular texnikaning barcha sohasida qo’llaniladi va 30 0С dan 6000 0С gacha haroratni aniqlashga imkoniyat yaratadi. Monoxromatik nurlanish intensivligi o’zgarishiga asoslangan pirometrlar optik pirometrlar deyiladi. To’liq nurlanish quvvatini o’lchashga asoslangan pirometrlar “teng kuchli” pirometrlar deyiladi.
    Pirometr turlari
    а) “Yo’qoluvchi simli” optik pirometrlar.
    “Yo’qoluvchi simli” optik pirometrlar ko’rinuvchi spektr maydonida yorug’lik haroratini aniqlashda qo’llaniladi. “Yo’qoluvchi simli” umumsanoat pirometrlarning o’lchov intervali 700 0С dan 1600 0С gacha belgilangan. Yorug’lik haroratini aniqlash – bu pirometrlarda tekshirilayotgan jismning samarali yorug’lik to’lqin uzunligini pirometr lampasi simining yorug’ligi bilan taqqoslashga asoslangan. Pirometr (4 – rasm) teleskop 5, o’lchash asbobi 8 va manba 9 dan iborat. Pirometrning optik tizimi ob‘ektiv 1, okulyar 2, qizil yorug’lik filtri 3 va yorug’lik yutib oluvchi oyna 7 dan iboratdir.

    4 – rasm. “Yo’qoluvchi simli” optik pirometr
    Ob‘ektiv 1 fokusida 5 yoy shaklidagi volfram simi bo’lgan pirometrik lampa 4 joylashtirilgan. Optik pirometrlarda harorat o’lchash qoidasi quyidagicha: teleskopni nur chiqarayotgan jismga qaratib ob‘ektiv buramasini aylantirish bilan harorati o’lchanayotgan jismni aniq ko’rinish dajarasiga keltiriladi. Reostat 6 yordamida simning cho’g’lanish darajasini o’zgartiramiz va u nurlanish yuzasining fonida yo’qola boradi. Sim yoyining yo’qolishi nurlantiruvchi jism va lampa simi bir xil yorug’likka va demak bir xil haroratga ega ekanliklarini bildiradi.
    Agar harorati 1400 C dan yuqori bo’lgan nurlanish yuzasining haroratini aniqlash kerak bo’lsa (volfram simi cho’g’lanishining yuqori chegarasi), unda lampa oldiga yorug’lik yutuvchi oyna 7 o’rnatiladi. Bu holda o’lchash ishlari issiqlik nurlatgichining so’nmagan yorug’ligini taqqoslash yo’li bilan olib boriladi. Shuning uchun nurlatgichning har qanday yorug’lik xaroratini o’lchashda dastlab sim 1400 C gacha, keyin esa 1400 C dan yuqori haroratgacha qiziydi.
    Qizil yorug’lik filtri 3 ma‘lum uzunlikdagi nur to’lqinlarinigina o’tkazadi. Teleskop 5 fokusini moslash paytida yorug’lik filtri chiqarib qo’yilishi mumkin, lekin lampa simining yorug’ligi nurlanish manbaining yorug’ligi bilan tenglashganda u o’z joyiga o’rnatilishi kerak.

    Download 224,09 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 224,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. Harorat o’lchashning bilvosita usullariga asoslangan asboblarga quyidagilar kiradi

    Download 224,09 Kb.