• Termojuftlar termoelektrod materiallarining tavsifiga qarab ikki guruhga bo’linadi.
  • Harorat o’lchashning quyidagi 2 guruhiga asoslangan asboblar bilan tanishamiz: I. Harorat o’lchashning bevosita usullariga asoslangan harorat o’lchash asboblariga quyidagilar kiradi




    Download 224,09 Kb.
    bet3/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi224,09 Kb.
    #244692
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    laboratoriya

    g) Termoelektrik termometrlar.
    Termoelektrik uslub harorat o’lchashda termoelektrik termometrlardan haroratga qarab termoelektr yurituvchi kuchni muayyan bog’liqliklariga asoslangan. Agar ikkita turli A va B o’tkazgichlardan tashkil topgan zanjirni olsak (3,a – rasm) va o’tkazgichlarni tutashgan bir tomonini qizdirsak zanjirda elektr toki hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan elektr tokini yo’nalishi birinchi tutashgan tomonidan (qizitilgan) B dan A ga qizitilmagan tomon A dan B ga, agarda ikkinchi tutashgan tomonini qizitsak elektr tokini yo’nalishi teskari tomonga yo’naladi bu tok elektr toki deyiladi. Bu zanjirning ikkita tutashgan joyini haroratini har xilligi natijasida hozil bo’lgan elektr yurituvchi kuch termoelektrik yurituvchi kuch deyiladi. Ikkita o’tkazgichdan hosil bo’lgan termojuftni kamchiligi shundaki, hosil bo’lgan termo E.Yu.K. ni o’lchash uchun qo’shimcha asbob ulanishi kerak. Agarda bu zanjirga ikki tomonini harorati bir xil bo’lgan uchinchi o’tkazgich ulansa, u holda hosil bo’lgan termo E.Yu.K. ni o’lchash uchun millivoltmetr yoki potensiometr ulanishi mumkin va shu tariqa termojuft hosil bo’ladi. (3,b – rasm).

    3 – rasm. a) A va B tomonli termoelektrik termometr; b) termojuft ko’rinishi.
    Termojuftni A va B o’tkazgichlari termoelektod deyiladi. Haroratni o’lchash uchun termojuftning issiq tomoni deb atalmish termojuftlar tutashgan joyi 1 ni harorat o’lchaydigan muhitga joylashtiriladi. Termojuftning ikkinchi tomoni (sovuq tomon) o’zgarmas haroratga ega bo’lsa, termoEYuK qiymati bo’yicha termojuftning issiqlik tomonini bilish mumkin. Termojuftni darajalashda (graduirovka) uning sovuq tomoni atrof – muhit haroratiga teng bo’lsa asbobning ko’rsatishiga tuzatish kiritish kerak. Ko’rsatilgan harorat qiymatiga atrof – muhit harorat qiymatini qo’shish kerak.
    Termojuftlar termoelektrod materiallarining tavsifiga qarab ikki guruhga bo’linadi.

    1. Qimmatbaho va oddiy materiallarga qilingan termoelektrodli termojuftlar.

    2. Qiyin eruvchi birikmalar, ularning grafit bilan yoki boshqa metallar bilan aralashmasidan tayyorlangan termoelektrodli termojuftlar.

    Birinchi guruhga kiruvchi termojuftlar keng tarqalgan bo’lib ular texnologik jarayonlarni kuzatish va ilmiy tekshirish ishlarida qo’llaniladi. Qimmatbaho metalllardan tayyorlangan termojuftlarga misol sifatida platinali termojuftni keltirish mumkin, uning termoelektrodi 90% i platina va 10% i esa boshqa metalldan ishlangan.
    Oddiy metalldan ishlangan termojuftlarga misol qilib mis – kopel (nikel va mis birikmasi); xromal – allyumin (nikel va allyuminiy birikmasi) va hokazolarni keltirish mumkin. Ikkinchi guruh termojuftlarni tayyorlashda disilisid molibden, disilisid volfram, titan karbidi va h.k. ishlatiladi hamda qiyin eruvchi birikmalar qo’llaniladi. Bu guruhga kiruvchi termojuftlar 3000  3500 0С gradusgacha bo’lgan haroratni o’lchaydi.
    Umuman olganda termojuftlar – 200 0С dan + 3500 0С bo’lgan harorat diapazonini aniqlashga imkon beradi.

    Download 224,09 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 224,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Harorat o’lchashning quyidagi 2 guruhiga asoslangan asboblar bilan tanishamiz: I. Harorat o’lchashning bevosita usullariga asoslangan harorat o’lchash asboblariga quyidagilar kiradi

    Download 224,09 Kb.