Mavzu: Sanoat yo`llari, kon yo`llari, va arqon yo`llari.
Reja:
1.
Sanoat yo`llarining bajaradigan vazifalari
2.
Kon yo`llari
3.
Arqon yo`llari
4.
Xulosa
5.
Foydalanilgan adabiyotlar
Sanoat korxonasi avtomobil yo`li - sanoat yo`llari - sanoat yoki
boshqa korxona (tashkilot) balansi (hisobi)da turuvchi, uning
ishlab chiqarish, texnologik tashishlariga xizmat ko„rsatuvchi,
uning hududidagi va unga kirish yo`li. Shu korxonaning ishlab
chiqarish, texnologik talablari asosida loyihalanadi. Sanoat
yo„llarida har xil yuklarni tashish bilan birgalikda, ular
mahsulotlarni iste‟molchiga etkazib berishda va mahsulot ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Mujassamlangan «sanoat
transporti» tushunchasi sanoat, qurilish, qishloq xo„jaligi va
boshqa korxonalarga xizmat ko„rsatuvchi umum
foydalanilmaydigan transport vositalarini anglatadi. Sanoat
yo„llari joylashishi va vazifalariga ko„ra tashqi va korxona ichi
sanoat yo„llariga bo„linadi. Tashqi sanoat yo„llarida korxonaga
keltirilgan xom-ashyo, yarimfabrikat yonilg‟i va boshqa turli
buyumlarni umum foydalanadigan magistral transportidan
korxona ichiga va tayyor mahsulotlar hamda bo„shagan
vagonlarni magistral transport yo„llarigacha tashish bilan
shug‟ullanadi. Korxona ichi sanoat transporti xom-ashyo
yarimfabrikatlar, turli xil detallar, yonilg‟i va boshqa
buyumlarni omborxonalardan ŝexlarga, ŝexlararo va ŝex ichida
tayyor buyumlarni esa ŝexlardan omborxonalarga tashish bilan
shug‟ullanadi. Sanoat yo„llari undagi transport turiga qarab,
temir yo„l, avtomobil yo„l, suv yo„li, quvur o„tkazgich va
maxsus (osma arqon yo„l va h.)lar kompleksi yoki ulardan
ayrimlari bo„lishi mumkin. Bundan tashqari unga ŝexlar ichi,
ŝexlararo ishlovchi turli konveyer va transporterlar, elektr yoki
avtomobil, yuk karalari harakatlanadigan yo„llar kiradi
Tashqi sanoat transportining asosini temir yo„l transport va
avtomobil transporti tashkil etadi, ular hisobiga 80% yuk to„g‟ri
keladi. Sanoat yo„llari shaxobchalari uzunligiga qarab
quyidagilarga bo„linadi: 1 km gacha - 58%, 1 - 5 km gacha -
30%, 5-10 km gacha - 6%, 10 km dan ortiq - 6%. Qazib oluvchi
sanoat yo„llari ishida temir yo„l transporti va avtomobil
transporti keng qo„llaniladi: temir yo„l transporti toshko„mir
ochiq konlarida, avtomobil transporti - rangli metall va tog‟-
kimyo, xom-ashyosi konlarida qo„llaniladi. Sanoat yo„llarini
rivojlantirishning asosiy yo„nalishlaridan biri konveyer
yo„llarini rivojlantirishdir. Sanoat avtomobil yo„llari tasnifi:
Yuk tig‟izligi bo„yicha - 1 mln.t. netto bir yilda va undan ko„p -
III p - turkum. 1 mln.t. netto bir yilda - IV p turkum. Engil
avtomobilga keltirilgan harakat miqdoriga qarab: 2000 avt./sut
va ko„p - III p. 2000 avt./sut dan kam. -IV p. Turkum.
.
Kon yo`llari
Kon yo`llari sanoat korxonalari konlarida, ochiq yoki yopiq
turdagi karerlarida quriladi va foydalaniladi. Kon yo„llaridan
maxsus konlarda ishlovchi texnikalar harakatlanadi.
O„zbekistonda Navoiy, Angren, Olmaliq tog‟ metallurgiya
kombinatlarida kon yo„llaridan foydalaniladi. Sanoat
korxonalari kon yo„llari ikki xil ko„ndalang kesimda
loyihalanadi:suv qochirish tizimi yopiq tarzda – bordyur bilan,
ochiq holatda - yo„l yoqasi bilan. Maydon ichidagi avtomobil
yo„llari ko„ndalang kesimlari qurilish bosh rejasiga binoan
belgilanadi, bunda alohida ravishda vertikal rejalashtirish va suv
qochirish tizimlari qabul qilinadi. Yo„l ko„ndalang kesimini
turini tanlashda qatnov qismidan qor va yomg‟ir suvlarini
tozalash sharoitidan kelib chiqib tanlanadi. Kon yo„llari
ko„ndalang kesimlari asosiy turlari, ular supachada
joylashganda quyidagi ko„rinishda bo„ladi
Arqon yo’llar
Osma arqon – yo’llari sanoatning ko’p sohasida ishlatiladi.
Ayrim hollarda ular 20 km gacha bo„lgan masofada
sochiluvchan materiallar (qum, shag‟al, ruda) tashishda, ayniqsa
tog‟lik joylarda avtomobil va temir yo„l transporti bilan
raqobatlashadi. Arqon yo„llar – yuk va yo„lovchilarni tashishda
qo„llaniladigan, vagon, vagonchalar, kabinalar yoki kresellarni
harakatga keltirish uchun qurilgan osma troslarda harakatni
yuzaga keltiruvchi, tayanch yoki ko„tarma-tayanchli yo„llar
bo„lib, bunda vagon yoki kabinalar erga tegmasdan osma
holatda qo„zg‟aladi. Yo„lovchi tashuvchi arqon yo„llarning
o„tkazuvchanlik qobiliyati soatiga 2000 kishiga, yuk arqon
yo„llariniki esa soatiga 1000 tn gacha etishi mumkin. 53 Eng
uzun arqon yo„llari Shvetsiyada bo„lib, uning uzunligi 96 km ga
etadi. Dunyodagi eng uzun sanoat arqon yo„li Moande
(Gabon)da bo„lib, uzunligi 76 km. Ushbu arqon yo„li 1959-
1962 yillarda qurilgan. O„zbekistonda arqon yo„li “Sharg‟un”
shaxtasida qurilgan bo„lib, uzunligi 21 km.
Turizm maqsadidagi arqon yo„li “Chimyon” dam olish
pansioanatida qurilgan
Xulosa:
Sanoat korxonasi avtomobil yo`li - sanoat yo`llari - sanoat yoki
boshqa korxona (tashkilot) balansi (hisobi)da turuvchi, uning
ishlab chiqarish, texnologik tashishlariga xizmat ko„rsatuvchi,
uning hududidagi va unga kirish yo`li. Shu korxonaning ishlab
chiqarish, texnologik talablari asosida loyihalanadi. Sanoat
yo„llarida har xil yuklarni tashish bilan birgalikda, ular
mahsulotlarni iste‟molchiga etkazib berishda va mahsulot ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etadi. Kon yo`llari sanoat
korxonalari konlarida, ochiq yoki yopiq turdagi karerlarida
quriladi va foydalaniladi. Kon yo„llaridan maxsus konlarda
ishlovchi texnikalar harakatlanadi. Osma arqon – yo’llari
sanoatning ko’p sohasida ishlatiladi. Ayrim hollarda ular 20 km
gacha bo„lgan masofada sochiluvchan materiallar (qum,
shag‟al, ruda) tashishda, ayniqsa tog‟lik joylarda avtomobil va
temir yo„l transporti bilan raqobatlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Q.X.Azizov. “Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari”
Toshkent. “Fan va texnologiya” 2009 y – 242 b. 2. Q.X.Azizov.
“Yo„llarda xavfsiz xarakatlanish asoslari”, Toshkent: TAYI
2005 y. - 72 bet. 3.Бабков В.Ф., Андреев О.В.
Проектирование автомобилных дорог. 1 қисм. А.Р.Қодирова
томонидан муаллифлаштирилган ўзбек тилидаги
таржимаси. ТАЙИ. 2004 й. 266 б. 4. S.I. Xolmuhamedov., R.
J. Hakimova. Aerodromlarni loyihalash asoslari. Toshkent.
“Voris-nashriyot” 2012 y - 320 b. 5. M.T. Nizomova.
Aerodromlarni qidirish va loyihalash. Ma‟ruzalar matni.
Toshkent. 2006-116 b. 6. А.Х.Ўроқов. Aloqa yo„llari, undagi
xizmat qiluvchi inshootlar. Ma‟ruzalar matni. Toshkent. 2011-
120 b. 7. Б.Д.Салимова, А.Х.Ўроқов. Aloqa yo„llari.
Ma‟ruzalar matni 2002 y.160 б. 8. ШНҚ 2.05.02-07
“Автомобиль йўллари” Ўзбекистон Республикаси
Давархитекқурилиш қўмитаси. Тoшкент. 2008 -67 б. 9.
ШНҚ 2.07.01-03 “Градостроительство
Госкомархитектстрой” Республики Узбекистан г. Ташкент
2003г.83 с. 10. ҚМҚ 2.05.11-95 “Ички хўжалик автомобиль
йўллари” г. Т.: 1996. 56 с.
|