• Mustaqil ishi
  • Kirish. 1.Dasturiy ta’minot.
  • Tayanch daraja.
  • Kirish. Dasturiy ta’minot




    Download 173.54 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/21
    Sana27.04.2024
    Hajmi173.54 Kb.
    #209134
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    Aliyev Baxtiyor - OT MIsh
    Нематов Элбек, Ректору, Aliyev Baxtiyor - ST MIsh


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
    KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI 
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
    TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI 
    Operatsion tizimlar fanidan 
     Mustaqil ishi 
    Bajardi:
    OPS013 guruhi talabasi Aliyev Baxtiyorjon 
    Tekshirdi: Niyozmatova Nilufar A’loxanovna 
    Tashkent 2024 


    Mavzu: Operatsion tizimlarning xizmatchi dasturlari: disklarga xizmat 
    ko‘rsatuvchi dasturlar. 
    Reja: 
    I. 
    Kirish 
    1. Dasturiy ta’minot 
    2. Amaliy dasturiy vositalarning tasnifi. 
    II. 
    Asosiy qism 
    1. Xizmatda foydalaniladigan dasturiy vositalarning tasnifi. 
    2. DOS operatsion tizimi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar. 
    3.
    Buyruqlarni kiritish. Fayllar bilan ishlash. 
    4. Ekran va printer bilan ishlash. Disklar bilan ishlash. 
    5. Buyruqlar. Fayllar va kataloglardan nusxa olish. 
    III. 
    Xulosa 
    IV. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    Kirish. 
    1.Dasturiy ta’minot. 
    Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi 
    qaraganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish 
    uskunasidan hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan 
    hech qanday ma’lumotni chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, 
    baribir, uning ishi kompyuterning apparat uskunalarini boshqarishga asoslangan. 
    Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro 
    hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy 
    nazar, ular orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish 
    hech bo‘lmaganda shartli ekanligini unutmasligimiz kerak. 
    Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb 


    ataladi. Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, 
    o‘zaro aloqa mavjud. Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi 
    dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida 
    gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud bo‘lish imkoniyati ham texnik 
    shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, amaliyotda esa, u 
    o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan 
    ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga 
    tayanadi. Tayanch daraja. Tayanch (bazaviy) dasturiy ta’minot dasturiy 
    ta’minotning eng quyi darajasidir. U tayanch apparat vositalari bilan o‘zaro 
    hamkorlikda ishlash uchun javob beradi. Odatda, bazaviy dasturiy vositalar, tayanch 
    unsurlar tarkibiga kiradilar va doimiy eslab qoluvchi uskunalar deb nomlanuvchi 
    maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dasturlar va ma’lumotlar doimiy eslab 
    qoluvchi uskunalarning DEQU mikrosxemalariga ishlab chiqarish bosqichida yozib 
    qo‘yiladi va hisoblash texnikasidan foydalanish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin 
    emas.

    Download 173.54 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 173.54 Kb.
    Pdf ko'rish