|
Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari va texnologiyasi
|
bet | 2/8 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #100815 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism 2.3. Neftni qayta ishlashning asosiy bosqichlari va texnologiyasi
Neftni qayta ishlash zavodiga kirib kelish paytidan boshlab, undan olinadigan neft mahsulotlari quyidagi asosiy bosqichlardan o‗tkaziladi:
1.Neftni qayta ishlashga tayyorlash. 2.Neftni birlamchi qayta ishlash.
Neftni ikkilamchi qayta ishlash.
Neft mahsulotlarini tozalash (2.3 – rasm )
Neftni qayta ishlash jarayoni balandligi 30 metr va diametri 4 metr bo‗lgan tik silindrik apparatda amalga oshiriladi. Kolonnaning ichki qismi ko‗p sonli gorizontal diskalar (likopchalar) bilan bo‗linmalarga bo‗lingan va ular orqali neft bug‗larini o‗tishi uchun teshikchalar o‗rnatilgan. (2.5 - rasm).
Neftni chuqur bo‗lmagan haydab benzin, kerosin, dizel fraksiyalarini va mazutni olish jarani AT (atmosfernaya trubchataya-atmosferali quvurcha) qurilmalarida amalga oshiriladi. VT (vakuumnaya trubchataya-vakuumli quvurcha) qurilmasi neftni chuqur qayta ishlashga mo‗ljallangan. Ushbu qurilmalar yordamida mazutdan gazoyl, moyli fraksiyalar va gudron olinadi hamda neftni ikkilamchi qayta ishlash jarayonida xomashyo sifatida foydalaniladi.
Neft kolonnaga haydashdan oldin quvurli pechlarda 360 – 3900С haroratgacha qizdiriladi. Bunda benzin, nafta (ligroin), kerosin, yengil va og‗ir gazoyllar bug‗simon holatga o‗tadi, suyuqlik fazasi esa juda yuqori haroratdagi mazut ko‗rinishida bo‗ladi. Qaynoq aralashma kolonnaga kiritilgandan keyin mazut pastga oqadi, uglevodorodlar esa bug‗simon holatda yuqoriga ko‗tariladi.
2.3-rasm. Neftni qayta ishlaydigan zavodning texnologik oqimi (soddalashtirilgan sxema):
I – neftni qayta ishlashga tayyorlash; II – neftni birlamchi haydash; III – neftni ikkilamchi qayta ishlash; IV – neft mahsulotlarini tozalash
|
| |