• Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar.
  • -rasm. Nasadkalarning turlari




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/51
    Sana06.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #131018
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51
    Bog'liq
    1-Maruza

    31.3-rasm. Nasadkalarning turlari: 
    a — ko’tariluvchi kurakchali; b — sektorli; d, e — tarqatuvchi; 
    / — berk yacheykali. 
    materiallarni quritish uchun ko’taruvchi parrakli nasadkalar, yomon sochiluvchan va katta 
    zichlikka ega bo’lgan katta bo’lakli materiallarni quritish uchun esa sektorli nasadkalar 
    ishlatiladi. Kichik bo’lakli, tez sochiluvchan materiallarni quritishda tarqatuvchi nasadkalar keng 
    ishlatiladi. Mayda qilib yozilgan, chang hosil qiluvchi materiallarni berk yacheykali donasimon 
    nasadkalari bo’lgan barabanlarda quritish maqsadga muvofiqdir. Ayrim sharoitlarda murakkab 
    nasadkalardan foydalaniladi. 
    Barabanli quritkichlarda materialning yaxshi aralashishiga erishiladi, natijada qattiq va gaz 
    fazalari oralig`ida o’zluksiz kontakt yo’z beradi. Bunday quritkichlarning ish unumdorligi 
    bug`lanayotgan namlik bo’yicha 100—120 kg/m
    3
    soat gacha etadi. Barabanning diametri esa 
    1200 dan 2800 mm gacha boradi. Barabanli quritkichlar katta miqdordagi mahsulotlarni quritish 
    uchun keng qo’llaniladi. 
    Mavhum qaynash qatlamli quritkichlar. Bunday quritkichlar oxirgi 20—30 yil 
    davomida eng ko’p qo’llanilmoqda. Jarayon mavhum qaynash qatlamida olib borilganda qattiq 
    material zarrachalari va qurituvchi agent o’rtasida kontakt yuzasi ko’payadi, namlikning 
    materialdan bug`lanib chiqish tezligi ortadi, quritish vaqti esa ancha qisqaradi. Hozirgi kunda 
    kimyoviy texnologiyada mavhum qaynash qatlamli quritkichlar sochiluvchan donasimon 
    materialdan tashqari, qovushib qolish xususiyatiga ega bo’lgan materiallar, pastasimon 
    moddalar, eritmalar, qotishmalar va suspenziyalarni suvsizlantirish uchun ham ishlatilmoqda. 
    O’zluksiz ishlaydigan bitta kamerali quritkichlar keng tarqalgan (31.4-rasm). Nam material 
    bunkerdan tachminlagich orqali quritkich kamerasiga beriladi. Kameraning pastki qismida 
    tarqatuvchi to’r joylashtirilgan. Havo ventilyator orqali aralashtirish kamerasiga beriladi va bu 
    yerda issiq tutunli gazlar bilan aralashadi. Qurituvchi agent (issiq havo yoki havoning tutunli 
    gazlar bilan aralashmasi) ma’lum tezlik bilan tochming pastidan beriladi. Havo oqimi ta`sirida 
    qattiq material donachalari mavhum qaynash holatiga keltiriladi. Quritilgan material to’rdan bir 
    oz tepada joylashgan shtutser orqali tashqariga chiqariladi va transportyorga tushadi. Ishlatilgan 
    gazlar siklon va batareyali chang ushlagichda tozalanadi. 



    Download 1,41 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   51




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish