• 31.6-rasm. Suyuq mahsulotlar sochib beriladigan quritkich: 1 — quritish kamerasi; 2 — forsunka; 3 — shnek; 4 — siklon; 5 —yengli
  • Suyuq mahsulotlar sochib beradigan quritkichlar




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/51
    Sana06.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #131018
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
    Bog'liq
    1-Maruza

    Suyuq mahsulotlar sochib beradigan quritkichlar. Bunday quritkichlar mineral 
    to’zlarning eritmalarini, bo’yovchi moddalarni, suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini, fermentlarni va 
    shu kabi materiallarni suvsizlantirish uchun ishlatiladi. Ushbu turdagi quritkichlar ichi bochsh 
    silindrsimon (diametri 5 m va balandligi 8 m gacha bo’lgan) qurilmadan iborat bo’lib, uning 
    yuqorigi qismida quritilishi lozim bo’lgan suyuq modda sochib beriladi va parallel oqimda 
    harakat qilayotgan qurituvchi agent (issiq havo yoki tutunli gazlar) bilan tochqnashadi, natijada 
    namlik katta tezlik bilan bug`lanadi. Sochib beruvchi quritkichlarda bug`lanishning solishtirma 
    yuzasi katta bo’ladi, shu sababli quritish jarayoni qisqa vaqt (taxminan 15—30 s) davom etadi. 
    Quritish qisqa vaqt davom etganligi sababli jarayon past haroratlarda olib boriladi, natijada sifatli 
    kukunsimon mahsulot olinadi. Agar nam material oldin qizdirib olinsa, sovuq holdagi qurituvchi 
    agentdan ham foydalansa bo’ladi. Materialni sochish uchun mexaniq va pnevmatik forsunkalar 
    hamda markazdan qochma disklar (aylanishlar soni minutiga 4000—20000) ishlatiladi. 
    Sochib beruvchi quritkichda (31.6-rasm) nam material quritish kamerasiga forsunka 
    yordamida sochib beriladi. 
    31.6-rasm. Suyuq mahsulotlar sochib beriladigan quritkich: 
    1 — quritish kamerasi; 2 — forsunka; 3 — shnek; 4 — siklon; 5 —yengli 
    filtr; 6 — ventilyator; 7 — kalorifer. 
    Qurituvchi agent ventilyator yordamida kalorifer orqali quritkichga beriladi, u kamera 
    ichida material bilan parallel harakat qiladi. Qurigan materialning mayda zarrachalari 
    kameraning pastki qismiga chochkadi va shnek yordamida kerakli joyga yuboriladi. Ishlatilgan 
    qurituvchi agent siklon va engli filtrda mayda chang zarrachalaridan tozalanadi, sochng 
    atmosferaga chiqarib yuboriladi. Sochib beruvchi quritkichlarda material va qurituvchi agent 
    oqimlari tochg`ri, qarama-qarshi va aralash yo’nalishda bo’lishi mumkin, biroq ko’pincha 
    tochg`ri (yoki parallel) yo’nalishli oqim keng ishlatiladi. 
    Sochib beruvchi quritkichlar yuqorida aytib ochtilgan afzalliklardan tashqari bir qator 
    kamchiliklarga ham ega: 
    1) nam materialning qurilma devorlariga yopishib qolmasligi uchun kameraning diametri 
    ancha katta bo’ladi; 
    2) kamerada solishtirma bug`lanish qiymati kichik (1m

    kameradan soatiga 10—25 kg suv 
    ajraladi); 


    3) havo oqimining tezligi nisbatan kichik (0,2—0,4 m/s), agar havo tezligi katta bo’lsa, 
    mayda zarrchalarning chochkishi qiyinlashadi va ularning havo oqimi bilan ketib qolishi 
    ko’payadi. 

    Download 1,41 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suyuq mahsulotlar sochib beradigan quritkichlar

    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish