MAVZU:ABSORBSIYA JARAYONI MOHIYATI




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/51
Sana06.01.2024
Hajmi1,41 Mb.
#131018
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
Bog'liq
1-Maruza

 
MAVZU:ABSORBSIYA JARAYONI MOHIYATI. 
REJA: 
1. Absorbsiya jarayoni, umumiy tushunchalar. 
2. Absorbsiyaning moddiy balansi 
3. Absorberlarni hisoblash 
4. Desorbsiya 
Gaz hamda bug`-gaz aralashmalaridagi bir yoki bir necha komponentlarning suyuqlikda 
tanlab yutilish jarayoni absorbsiya deb ataladi. Yutilayotgan gaz absorbtiv, yutuvchi suyuqlik 
absorbent deyiladi. Absorbtiv bilan absorbentning o’zaro ta`siriga ko’ra absorbsiya jarayoni ikki 


hil bo’ladi: fizik absorbsiya va kimyoviy absorbsiya (xemosorbsiya). Fizik absorbsiyada 
yutilayotgan gaz bilan absorbent o’zaro bir-biri bilan kimyoviy birikmaydi. Agar yutilayotgan 
gaz absorbent bilan o’zaro birikib, kimyoviy birikma hosil qilsa, xemosorbsiya deyiladi. 
Absorbsiya jarayonida gazning yutilmay qolgan qismi inert gaz deb ataladi. 
Fizik absorbsiya ko’pincha qaytar jarayondir, ya’ni suyuqlikka yutilgan gazni ajratib olish 
mumkin bo’ladi, bu hodisa desorbsiya deyiladi. Absorbsiya bilan desorbsiya jarayonlarini 
o’zluksiz olib borish natijasida yutilgan gazni toza holda ajratib olish va yutuvchi absorbentni bir 
necha marta qayta ishlatish imkoni tug`iladi. Odatda absorbtiv va absorbent arzon va ikqilamchi 
mahsulot bo’lgani uchun, ular absorbsiya jarayonidan keyin ko’pincha, (masalan, gazlarni 
tozalaganda) qayta ishlatilmaydi. 
Sanoatda absorbsiya jarayoni turli maqsadlarda qo’llaniladi: 
1) gaz aralashmalaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olishda; 
2) gaz aralashmalarini zaharli moddalardan tozalash uchun; 
3) gazlarni quritish; 
4) tayyor mahsulotlar (masalan, xlorid va sulfat kislotalari, ammiakli suv) olishda va 
hokazo. 
Har bir aniq sharoit uchun tegishli absorbent tanlab olinadi; bunda yutilishi lozim bo’lgan 
komponentning absorbentdagi eruvchanligi hisobga olinadi. Tajriba yo’li bilan absorbsiya 
jarayonida har doim issiqlikning ajralib chiqishi aniqlagan. Gazlarning suyuq absorbentlardagi 
eruvchanligi quyidagi omillarga bog`liq bo’ladi: 1) gaz va suyuq fazalarning fizikaviy va 
kimyoviy xossalari; 2) harorat; 3) gazning aralashmadagi bosimi. 
Absorbsiya jarayonini o’tkazishga mo’ljallangan qurilmalar absorberlar deb yuritiladi. 
Absorbsiya jarayonida suyuqlik tarkibidagi gazning miqdori suyuqlik va gazning 
xususiyatiga, bosim, harorat va gaz fazasining tarkibiga bog`liq. Suyuqlik bilan biror gaz 
aralashmasining o’zaro ta`siri natijasida taqsimlanuvchi komponenet A tashuvchi komponent B 
yordamida suyuqlikda erigan bo’lsa, fazalar qoidasiga muvofiq komponentlarning soni va 
erkinlik darajasi uchga teng bo’ladi. Demak, gaz-suyuqlik sistemasida ikkala fazaning harorati, 
bosimi va konsentratsiyasi o’zgarishi mumkin. Shuning uchun o’zgarmas harorat va umumiy 
bosimda muvozanat holatidagi gazning parsial bosimi (yoki uning konsentratsiyasi) bilan suyuq 
faza tarkibining o’zaro bog`lanishi bir xil bo’ladi. Bu bog`lanish Genri qonuni bilan ifodalanib, 
erigan gazning parsial bosimi eritmadagi uning mol qismiga proporsionaldir: 
A
A
x
E
P


*
. (25.1) 
Suyuqlikdagi gazning eruvchanligi (yutilgan komponent A) ma’lum haroratda uning 
suyuqlik yuzasidagi parsial bosimiga proporsionaldir: 
P
E
x


1
*
(25.2) 
bu yerda, 
*
A
P — muvozanat holatidagi eritmada konsentratsiyasi x
A
bo’lgan yutilayotgan gazning 
parsial bosimi; x* — eritmadagi gazning konsentratsiyasi (mol hisobida), bu gaz bilan suyuqlik 
fazalari muvozanatlashganda yutilayotgan komponentning parsial bosimi P
A
ga teng; E — 
proporsionallik yoki Genri koeffitsienti. 

Download 1,41 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish