|
-rasm. Quyilish moslamasi bo’lgan tarelkali absorber: 1 — g`alvirsimon tarelkaBog'liq 1-Maruza25.7-rasm. Quyilish moslamasi bo’lgan tarelkali absorber: 1 — g`alvirsimon tarelka;
2 — quyilish quvuri.
Quyilish qurilmali absorberlarda elaksimon, qalpoqchali, klapanli, kapsulali, plastinali va
boshqa turdagi tarelkalar o’rnatiladi.
Turli xildagi quyilish qurilmasi bo’lgan tarelkalarning samarali ishlashi gidrodinamik
harakat rejimiga bog`liq. Gazlarning tezligi va suyuqlikning tarelkalarda taqsimlanishiga qarab
tarelkali absorberlar uch yo’sinda: pufakli, ko’pikli, ingichka oqimli gidrodinamik rejimda
ishlaydi.
25.8-rasmda elaksimon tarelkali absorberning ishlash sxemasi ko’rsatilgan. Bu turdagi
qurilmalarda vertikal silindrsimon qobiq bo’lib, uning ichiga gorizontal tarelkalar o’rnatiladi.
Tarelkalarning butun yuza qismi 2-8 mm li teshikchalardan iborat bo’ladi. Suyuqlikning bir
tarelkadan ikkinchisiga ochtishi va tarelkadagi suyuqlik qatlamining balandligi quyi qismi
stakanga ochmatilgan quyilish quvurlari orqali rostlanadi. Gaz tarelka teshiklaridan ochtib,
suyuqlik qatlamida pufakchalar holida taqsimlanadi. Gaz tezligi juda kam bo’lsa, bunda yuqorigi
tarelkadagi suyuqlik teshiklar orqali quyi tarelkaga oqib tushib ketadi, natijada gaz bilan
suyuqlikning modda almashinish samaradorligi juda ham kamayib ketadi. Shuning uchun
berilayotgan gaz tezligining qiymati va uning bosimi tarelkadagi suyuqlik qatlamining
bosimidan yuqori bo’lib, tarelkadan suyuqlikning oqib tushishiga yo’l qochymasligi kerak.
Odatda g`alvirsimon tarelka yuzasidagi suyuqlik qatlamining balandligi 25-30 mm bo’ladi.
Elaksimon tarelkaning tuzilishi sodda, montaj qilish, tachmirlash va ko’zatib turish oson,
gidravlik qarshiligi juda kam. Elaksimon tarelkalar gazning tezligi katta intervalda o’zgarganda
ham barqaror ishlaydi. Bundan tashqari, bu tarelkalar gaz va suyuqlikning ma’lum qiymatlarida
eng samarali ishlash qobiliyatiga ega.
Elaksimon tarelkalarning teshiklari ifloslanadi va chochkindilar ta`sirida tez berqilib
qoladi. Agar gazning tezligi yoki bosimi birdan kamayib ketsa yoki tochxtatib qochyilsa,
tarelkalardagi suyuqlikning hammasi quyi tarelkalarga oqib tushadi va jarayonni davom ettirish
uchun kolonna qaytadan to’ldiriladi.
Elaksimon tarelkali absorberlarga nisbatan qalpoqchasimon tarelkali absorberlar gaz
aralashmalari iflos bo’lganda ham o’zoq muddatda barqaror ishlaydi. Gaz tarelkalarga
patrubkalar orqali kirib, bir necha alohida oqim holida qalpoqchalarning teshigi bo’ylab
taqsimlanadi (25.9- rasm). Qalpoqchalarning teshiklari tishli bo’ladi va ular uchburchaklik
tochg`ri burchak shaklida tayyorlanadi. Keyin esa gaz quyish qurilmasi orqali bir tarelkadan
ikkinchi tarelkaga quyilayotgan suyuqlik qatlamidan o’tadi.
|
| |