Absorberdagi bosimni kamaytirib yutilgan gazni ajratib olish. Bu desorbsiya usuli
juda oddiy bo’lib, absorbsiya jarayoni atmosfera bosimidan yuqori bosimlarda olib borilganda
kolonnadagi bosimni atmosfera bosimigacha kamaytirish natijasida yutilgan gaz desorbsiya
qilinadi. Agar absorbsiya jarayoni atmosfera bosimida olib borilsa, u holda desorbsiya qilinuvchi
komponent vakuum-nasos yordamida tortib olinadi. eritma tarkibidagi desorbsiya qilinadigan
komponentni butunlay ajratib olish uchun ko’pincha desorbsiya jarayonlari issiqlik berish bilan
birgalikda past bosim ostida olib boriladi.
MAVZU:ABSORBERLAR. REJA: 1. Absorberlarning tuzilishi
2. Plyonkali absorberlar.
3. Nasadkali absorberlar.
4. Tarelkali absorberlar.
5. Suyuqlikni sochib beruvchi absorberlar.
Absorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada rochy beradi. Shu sababdan absorberlarda
iloji boricha gaz va suyuqlik o’rtasidagi kontakt (tochqnashuv) yuzasini ko’paytirish zarur.
Fazalarning tochqnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko’ra, absorberlar shartli ravishda quyidagi
turlarga bo’linadi:
l)plyonkali; 2) nasadkali; 3) tarelkali; 4) suyuqlikni sochib beruvchi.
Plyonkali absorberlar. Bunday absorberlarning tuzilishi ixcham, samaradorligi yuqori
bo’lgani uchun ko’proq ishlatiladi. Ushbu absorberlarda fazalarning kontakti qattiq (odatda
vertikal) yuza bo’yicha oqayotgan suyuqlikning yupqa qatlamida yo’z beradi. 25.4-rasmda
quvurli plyonkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan. Bu qurilmaning tuzilishi qobiq-quvurli
issiqlik almashinish qurilmasiga ochxshash. Absorbent qurilmaning yuqorigi qismidagi quvur
tochsiqlari orqali quvurlarga maxsus taqsimlagich yordamida bir mechyorda taqsimlanib,
quvurning balandligi bo’ylab ichki yuzasidan suyuqlikning yupqa qatlami holida pastga harakat
qiladi. Gaz esa quvurning pastki qismidan yuqoriga, yupqa qatlam holida oqib kelayotgan
suyuqlikka qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi. Gazning tarkibidagi tegishli komponentni
yutib olgan suyuqlik qurilmaning pastki qismidagi shtutser orqali ajratib olinadi. Gazning inert
qismi (ya’ni yutilmay qolgan qismi) qurilmaning yuqorigi shtutseri orqali tashqariga chiqariladi.
Absorbsiya jarayonida hosil bo’lgan issiqlikni ajratib olish uchun qobiq va quvurlar orasidagi
bochshliqqa suv yoki sovituvchi suyuqlik beriladi.