qisman bug`lanishi yo’z beradi. Odatda bu usul suyuq aralashmalami birlamchi ajratish hamda
murakkab aralashmalarni qochshimchalardan tozalash uchun ishlatiladi.
Suyuq aralashmani komponentlarga to’la ajratish uchun rektifikatsiya usulidan
foydalaniladi.
Rektifikatsiya
jarayoni
aralashmani
bug`latishda
ajralgan
bug`
va
bug`ning
kondensatsiyalanishi natijasida hosil bo’lgan suyuqlik o’rtasida ko’p
marotabalik kontakt
paytidagi modda almashinishga asoslangan.
Suyuq aralashmalami rektifikatsiya yordamida ajratish kolonnali qurilmalarda olib
boriladi, bunda bug` va suyuqlik fazalari o’rtasidagi o’zluksiz hamda ko’p marotabalik kontakt
yo’z beradi. Natijada fazalar o’rtasida modda almashinish yo’z beradi.
Suyuq fazadagi yengil
uchuvchan komponent bug` tarkibiga, bug` fazasidagi qiyin uchuvchan komponent esa
suyuqlikka o’tadi. Rektifikatsiya kolonnasining yuqorigi qismidan
chiqayotgan bug asosan
yengil uchuvchan komponentdan iborat bo’lib, u kondensatsiyaga uchragandan sochng ikki
qismga ajraladi. Kondensatning birinchi qismi distillyat yoki rektifikat (yuqorigi mahsulot) deb
ataladi. Kondensatning ikkinchi qismi esa kolonnaga qaytariladi va u flegma deb yuritiladi.
Qurilmaga qaytarilgan suyuqlik (flegma) pastdan ko’tarilayotgan bug` bilan tochqnashadi.
Kolonnaning pastki qismidan, asosan, qiyin uchuvchan komponentdan
tashqil topgan qoldiq
modda o’zluksiz ravishda chiqarib turiladi.
Hozirgi vaqtda kimyoviy texnologiyaning ko’pchilik sohalarida (organiq sintez, izotoplar,
polimerlar, yarim o’tkazgichlar va shu kabi bir qator o’ta toza mahsulotlar ishlab chiqarishlarda)
rektifikatsiya usuli keng qo’llanilmoqda.