suyuqlik chegaralangan sikl bo’yicha harakat qiladi. Birinchi kolonnada qisman tozalangan gaz
ikkinchi kolonnaga yo’naltiriladi. Ikkinchi kolonna ham suyuqlik
bilan chegaralangan sikl
bo’yicha tachminlanib turiladi. Ikkinchi kolonnaga berilayotgan
eritmaning konsentratsiyasi
ma’lum qiymatga etganda birinchi kolonnaning sikliga yuboriladi.
25.14-rasm. Resirkulyatsiyali absorbsiya-desorbsiya qurilmasining sxemasi: 1 - absorberlar;
2 - yig`gichlar; 3 - nasoslar; 4 - sovitgichlar; 5 — issiqlik almashgich; 6 — desorber.
Shunday qilib, eritmaning konsentratsiyasi birinchi kolonnadan
ikkinchi kolonnaga
ochtganda ko’payadi va birinchi kolonnaning siklida konsentratsiyasi ancha yuqori bo’lgan
eritma hosil bo’ladi. Ushbu eritma issiqlik almashgich 5 da isitilib, desorbsiya kolonnasi 6 ga
yuboriladi. Desorberda suyuqlikda yutilgan komponent issiqlik ta`sirida bug`latiladi.
Toza issiq
erituvchi yig`gich 2 ga tushadi. Bu erituvchi nasos 3 yordamida issiqlik almashgich 5 va
sovitgich 4 orqali ikkinchi kolonnaning sikliga qaytariladi.
Desorbsiya qilingan gaz esa
qurilmaning yuqorigi qismidan o’zatiladi. Ushbu qurilmada suyuqlik
resirkulyatsiya qilinadi va
faqat ayrim yo’qotilishlarni qoplash uchun kam miqdordagi toza
erituvchi qochshib turiladi,
erigan komponent esa toza holda hosil bo’ladi.