• Suv bug`i bilan haydash.
  • 26.3-rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasining sxemasi: 1 - haydash kubi; 2 - deflegmator; 3 - kondensator-sovitkich; 4 - yig`gichlar.
  • 3 - separator.
  • -rasm. Oddiy haydash qurilmasining sxemasi




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/51
    Sana06.01.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #131018
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
    Bog'liq
    1-Maruza

    26.2-rasm. Oddiy haydash qurilmasining sxemasi; 
    1 - haydash kubi; 2 - kondensator-sovitkich; 3 - ko’zatish fonari; 
    4, 5, 6 - distillyat yig`iladigan idishlar. 
    Deflegmatsiya bilan haydash. Suyuqlik aralashmasining ajratish darajasini oshirish uchun 
    distillyatning tarkibi deflegmasiya yordamida boyitiladi (26.3-rasm). Haydash kubidan 
    chiqayotgan bug`lar deflegmatorga o’tadi, u erda bug`lar qisman kondensatsiyalanadi. 
    Deflegmatorda asosan bug`ning tarkibidagi qiyin uchuvchan komponent kondensatsiyalanadi va 
    hosil bo’lgan suyuqlik (flegma) haydash kubiga qaytib tushadi. engil uchuvchan komponent 
    bilan tochyingan bug`lar kondensator-sovitkichga o’tadi va u erda to’la kondensatsiyalanadi. 
    Haydash jarayonining tugashi kubda qolgan suyuqlikning qaynash harorati bo’yicha tekshiriladi. 
    Odatda qoldiq suyuqlik ma’lum tarkibga ega bo’lishi kerak. Tarkibida asosan qiyin uchuvchan 
    komponent ushlagan qoldiq suyuqlik haydash kubining pastki qismida joylashgan shtutser orqali 
    tegishli idishga tushiriladi. 
    Suv bug`i bilan haydash. Aralashmaning qaynash haroratini pasaytirishga vakuum 
    ishlatishdan tashqari uning tarkibiga qochshimcha komponentlar (suv bug`i yoki inert gaz) 
    kiritish yo’li bilan ham erishish mumkin. Agar aralashmaning komponentlari suvda erimasa, u 
    holda haydash kubiga qoch shimcha komponent sifatida suv bug`i kiritiladi. 


     
     
     
     
     
     
     
    26.3-rasm. Deflegmatsiyali oddiy haydash qurilmasining sxemasi: 
    1 - haydash kubi; 2 - deflegmator; 3 - kondensator-sovitkich; 
    4 - yig`gichlar. 
     
     
    26.4-rasm. Suv bug`i bilan haydash qurilmasining sxemasi: 
    1 - bug` g`ilofli haydash kubi; 2 - kondensator-sovitkich; 
    3 - separator. 
    Bu usuldan 100
    0
    C dan yuqori haroratlarda qaynaydigan moddalarning aralashmalarini 
    ajratish yoki ularni tozalash uchun foydalanish mumkin. Suv bug`i bilan ishlaydigan haydash 
    qurilmasining sxemasi 26.4-rasmda ko’rsatilgan. Bu qurilmaning haydash kubi qobig`iga 
    susaytirilgan bug` beriladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga quyiladi, sochngra barbotyor 
    orqali suv bug`i yuboriladi. Aralashmaning bug`lanishidan hosil bo’lgan bug`lar kondensator-
    sovitkichga beriladi. Hosil bo’lgan kondensat ko’rsatgich fonar orqali separatorga tushadi. 
    Separatorning pastki qismidan gidravlik zatvor orqali suv chiqarib yuboriladi, yuqorigi qismidan 
    esa suvda erimaydigan yengil komponent chiqariladi va maxsus idishga tushadi. Suv bug`i bilan 
    haydash nomuvozanat holatda olib boriladi. Bu jarayonda kuchli suv bug`i ikki xil (issiqlik 
    tashuvchi va qaynash haroratini pasaytiruvchi agent) vazifani bajaradi. Jarayonni davriy yoki 
    o’zluksiz usul bilan olib borish mumkin. 
    Ayrim sharoitlarda suv bug`i o’rniga inert gazlar (masalan, azot, uglerod ikki oksid va 
    boshqalar)dan foydalaniladi. Inert gazlar qo’llanilganda aralashmaning qaynash haroratini ancha 
    pasaytirish mumkin. Biroq haydash kubidan uchib chiqayotgan bug` tarkibida inert gazlarning 
    bo’lishi kondensator-sovitkichda issiqlik berish koeffitsientining keskin pasayib ketishiga olib 
    keladi. Natijada issiqlik almashinish yuzasi kattalashib ketadi. Bundan tashqari, bug`-gaz 
    aralashmasining kondensatsiyalanishi tuman hosil bo’lishiga olib keladi. Bunday holda esa 
    aralashmaning ajralishi qiyinlashadi va tayyor mahsulotning bir qismi inert gaz bilan uchib 
    ketadi. 



    Download 1,41 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Oddiy haydash qurilmasining sxemasi

    Download 1,41 Mb.
    Pdf ko'rish