MAVZU:REKTIFIKATSIYA JARAYONI




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/51
Sana06.01.2024
Hajmi1,41 Mb.
#131018
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
Bog'liq
1-Maruza

MAVZU:REKTIFIKATSIYA JARAYONI 
REJA: 
1. Rektifikatsiya jarayonining mohiyati. 
2. Rektifikatsiya jarayonining moddiy balansi. 
3. Kolonna yuqorigi qismining moddiy balansi. 
Rektifikatsiya jarayonining mohiyati. Bir jinsli suyuq aralashmalarni komponentlarga 
to’la ajratish faqat rektifikatsiya usuli bilan amalga oshirilishi mumkin. Rektifikatsiya 
jarayonining mohiyatini t-x-y diagramma orqali tushuntirish mumkin. Konsentratsiyasi x
1
bo’lgan dastlabki aralashma qaynash harorati t
1
gacha isitilganda, suyuqlik bilan muvozanatda 
bo’lgan bug`ning holati aniqlanadi (b nuqta). Bu bug` kondensatsiya qilinganida konsentratsiyasi 
x
2
ga teng bo’lgan suyuqlik hosil bo’ladi (x
2
> x
1
). Demak, suyuqlik yengil uchuvchan 
komponent bilan birmuncha tochyingan bo’ladi. Bu suyuqlik ham qaynash harorati t
2
gacha 
isitilganda bug` hosil bo’ladi {b nuqta), bug` kondensatsiyalanganda x
3
tarkibli suyuqlik olinadi 
(x
3
> x
2
). Shu yo’sinda birin-ketin bir necha marta suyuqlikni bug`latish va bug`ni 
kondensatsiyalash jarayonlarini o’tkazish orqali tayyor mahsulot — distillyat olish mumkin. 
Distillyat asosan yengil uchuvchan komponentdan tashqil topgan bo’ladi. 
Diagrammadagi yuqorigi egri chiziq bug` fazasining tarkibini belgilaydi, pastki egri chiziq 
esa qaynash haroratlarini ifodalaydi. Bu diagramma yordamida birin-ketin bir necha marta 
kondensatsiyalash va bug`latish jarayonlarini o’tkazish orqali tarkibi asosan qiyin uchuvchan 
komponentdan tashqil topgan qoldiq suyuqlik olish mumkin. Ko’p marta bug`latish jarayonini 
ko’p pog’onali qurilmalarda olib borish mumkin.
 
27.1-rasm. Binar aralashmalarni rektifikatsiya usuli bilan ajratishning diagrammada 
tasvirlanishi. 
Biroq 
bunday 
qurilmalar 
qator 
kamchiliklarga 
ega: 
o’lchami katta, yuqori 
konsentratsiyasili moddalar (distillyat yoki qoldiq) ning chiqishi kam, atrof-muhitga ko’p 
miqdorda issiqlik yo’qoladi. 
Suyuq aralashmalarni birmuncha ixcham bo’lgan rektifikatsiya kolonnalarida to’la holda 
komponentlarga ajratish ancha tejamlidir. Rektifikatsiya jarayoni davriy va o’zluksiz ravishda
bosimning turli qiymatlarida (atmosfera bosimi ostida, vakuumda, atmosfera bosimdan yuqori 
bosimda) olib boriladi. Yuqori haroratlarda qaynaydigan moddalarning aralashmalarini 
ajratishda vakuum ishlatish maqsadga muvofiqdir. Normal haroratlarda gaz holatida bo’lgan 
aralashmalar ajratilganda atmosfera bosimidan yuqori bo’lgan bosim ostida ishlaydigan 
qurilmalardan foydalaniladi. 

Download 1,41 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish