|
Mavzu: modda almashinish asoslariBog'liq 1-MaruzaPnevmatik quritkichlar. Donador (lekin qovushib qolmaydigan) va kristall materiallarni
quritish uchun pnevmatik quritkichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni uzunligi 25 m gacha bo’lgan
vertikal quvurda olib boriladi. Materialning zarrachalari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi
bilan birga harakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq zarrachaning harakat tezligidan
katta bo’ladi (10—30 m/s). Bunday quritkichlarda jarayon juda qisqa vaqt (1— 3 s) davom etadi,
shu sababli material tarkibidagi erkin namlikning bir qismigina ajralib chiqadi. Pnevmatik
quritkichda (31.7-rasm) material bunkerdan tachminlagich orqali vertikal quvur-quritkichga
tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal quvurga yuboriladi. Quvurda
havo oqimi material zarrachalarini o’zi bilan birga olib ketadi. Havo qurigan material bilan birga
yig`uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o’tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan
ajraladi, sochngra tochkish moslamasi yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda
tozalangandan sochng atmosferaga chiqariladi. Shunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport
rejimida olib boriladi.
31.7-rasm. Pnevmatik quritgich:
1 — bunker; 2 — tachminlagich; 3 — quvur; 4 — ventilyator; 5 kalorifer; 6
— yig`uvchi amortizator; 7 — siklon; 8 — tushirish moslamasi; 9 — filtr.
Pnevmatik quritkichlarda energiya sarfi ancha katta, bu sarf material zarrachasining
o’lchami kichrayishi bilan kamayadi, biroq zarrachalarning o’lchami 8-10 mm dan oshmasligi
kerak. Katta o’lchamli zarrachalari bo’lgan materiallarni quritish hamda materialdan namlikni
chiqarish uchun pnevmatik quritkichlarni boshqa turdagi quritkichlar bilan birga ishlatish zarur.
Demak, tuzilishi oddiy va ixcham bo’lishidan qatchiy nazar pnevmatik quritkichlarni ishlatish
chegaralangan.
|
| |