• 3. Detal va uning ish qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘lcham, yuza shakl va joylanish aniqligi. Tayanch so‘z va iboralar.
  • 1. Dеtallarning turlanishi, ishlash sharoitlari va ta’mirligi.
  • Trasport vosita detallarining ishlash sharoitlari va ularni ishlash qobiliyatini belgilovchi




    Download 322.05 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana10.06.2023
    Hajmi322.05 Kb.
    #71815
      1   2   3
    Bog'liq
    1-MAVZU
    Документ, Laboratoriya ishi 4 slayd, Ayollarni jismoniy tarbiya va sportdagi o`rni, protivodeystvie-kiberprestupnosti-v-ssha, Taqdimoti Mavzu O’qituvchining kommunikativ qobiliyati Fan o’qi-fayllar.org, Mavzu Tabiatshunoslik mus ish, 114 BIAS Kamolov Abror informatika 1, 8.4.58 (1), Detallar eskizini tuzish qoidalari. Rezbali detalning eskizi, ish chizmasi va texnik rasmini chizish, 3-Iqtisodiyot-nazariyasi-2005-Darslik-Sh.-Sh.-Shodmonov-U.-V.-Gafurov, III BOB Mikro (1), Mustaqil ish 2, 20 Konstruksion materiallar va avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarcover, 30711201-Payvandlovchi (elektrogazpayvandlash ishlari)


    1-MAVZU. 
    TRASPORT VOSITA DETALLARINING ISHLASH SHAROITLARI VA 
    ULARNI ISHLASH QOBILIYATINI BELGILOVCHI 
    KO‘RSATKICHLAR. 
    Reja. 
    1. Dеtallarning turlanishi, ishlash sharoitlari va ta’mirligi.  
    2. Dеtallarning ishlashida sodir bo‘layotgan jarayonlar. 
    3. Detal va uning ish qobiliyatini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘lcham, yuza 
    shakl va joylanish aniqligi.
    Tayanch so‘z va iboralar. 
    avtomobilsozlik, detal, ishqalanish, kengayish, torayish, to‘g‘rilash, moylash, 
    ta’mirlash, yeyilish, abraziv yeyilish, dumalab ishqalanish, sirpanib ishqalanish
    yeyilish turi, oksidlanib yeyilish, molekulyar-mexanik yeyilish, forrozion mexanik 
    yeyilish, bazis detallar, joriy ta’mirlash 
    1. Dеtallarning turlanishi, ishlash sharoitlari va ta’mirligi. 
    Dunyo mamlakatlarida transport vositalarini detallarini qayta tiklab ishlab 
    chiqarish sanoati qiyosiy tahlili. Avtomobillar ekspluatatsiya jarayonida eskirib 
    o‘zining birlamchi ekspluatatsiyaviy ko‘rsatgichlarini yo‘qotib boradi. Bunda 
    mashina qismlarining har bir detalining holati eskiradi va ish qobilyatini yo‘qotadi. 
    Ularni ish qobilyatini qayta tiklash avtomobilni uzoq vaqt davomida ekspluatatsiya 
    qilish imkoniyatini beradi va bu bilan yuqori darajadagi iqtisodiy samaradorlikka 
    erishish mumkin. 
    Rivojlangan davlatlarda eng muhim sanoat tarmoqlaridan hisoblangan 
    transport vositasi detallarini ish qobilyatini qayta tiklash sanoati yuqori darajada 
    rivojlantirish eng asosiy maqsadlardan bo‘lib qolmoqda.
    Bugungi kunda dunyoda ishlab ishlab chiqarish tovar va mahsulotlarning 
    narxi doimiy ravishda o‘sib borishi, iste’molchilar uchun yangi avtomobil 
    qismlarini sotib olish ortiqcha iqtisodiy zarar hisoblanadi. buning oldini olishning 
    samarali yo‘li mavjud detallarining ish qobilyatini qayta tiklash hisoblanadi.
    Detallarni qayta tiklash sanoatini mamlakatimizda yuqori darajada 
    rivolanmagan.
    Ushbu sanoat rivojlangan davlatlar Yevropa Ittifoqi davlatlari va AQShda ishlab 
    chiqarish sanoatining eng rivojlangan sanoatlaridan hisoblanadi. Avtomobil ehtiyot 
    qismlarini qayta tiklab ishlab chiqarish bir qator afzalliklarga ega. Eng muhimi 
    iqtisodiy samaradorlikdir, ortiqcha xarajatlarni tejash ba’zi hollarda bu umumiy 
    xarajatlarning 70% ni tejaydi. Qayta tiklanadigan qismlarni sotib olishning quydagi 
    afzalliklari mavjud: 
    - sotib olingan mahsulot har tomonlama ishonchli hisoblanadi
    - yangi ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish bilan taqqoslaganda atrofmuhitga 
    salbiy ta’sirning sezilarli darajada kamligi; 
    - xom ashyoni tejash va atmosferaga karbonat angidrid chiqindilarini 
    kamligi;
    - detalni qayta tiklash konveyer ishlab chiqarishdan farqli o‘laroq, keraklicha 
    ehtiyot qismlar donalab ishlab chiqarish mumkin. 
    - qayta tiklangan ehtiyot qismlarining sifati yangisidan kam emas va 
    zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi tufayli ba’zan ulardan ustun turadi; 


    Hozirda dunyoda transport vositalarini detallarini qayta tiklash sanoati 
    yetakchilari avtomobil foydalanuvchilariga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida 
    birlashgan va bir nechta yirik birlashmalarni tashkil etgan, bular quydagilar: 
    - MERA (Motor & Equipment Remanufacturers Association) -Dvigatellar 
    va ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar uyushmasi 1904-yilda tashkil topgan va 
    TV detallarini qayta tiklash sanoatining manfaatlarini himoya qiladi; 
    -ANRAP (Automotive Parts Remanufacturers National Association)-
    Braziliyaning avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilari milliy uyushmasi,
    WABCO, Garrett, Schaeffler Braziliya singari taniqli tashkilotlar bilan 
    hamkorlik
    qiladi; 
    - CLEPA (European Association of Automotive Suppliers) – Yevropa 
    avtomobil yetkazib beruvchilar assotsiatsiyasi, 5 milliondan ortiq ishchilariga ega 
    3000 dan ortiq kompaniyalarni o‘z ichiga oladi. Avtomobil ta’minoti tarmog‘idagi 
    barcha mahsulotlar va xizmatlarni qamrab oladi. Bosh qarorgohi Belgiyada 
    joylashgan; 
    - APRA (Avtomobil ehtiyot qismlari qayta ishlab chiqaruvchilar uyushmasi) 
    - bu yiliga 35 milliard dollarga to‘liq tiklangan qismlarni ishlab chiqaradigan 1000 
    dan ortiq kompaniyalarga xizmat ko‘rsatadigan xalqaro savdo uyushmasi. 
    - FIRM (European Organization for the Engine Remanufacture) -
    Dvigatellarni qayta tiklash bo‘yicha Yevropa tashkiloti, 1958 yilda Vena shahrida 
    tashkil etilgan, qarorgohi Bryusselda joylashgan. Federatsiya a’zolari 10 ta milliy 
    savdo uyushmalaridan iborat, 1000 dan ortiq kompaniya dvigatellarni ta’mirlash va 
    tiklash bilan shug‘ullanadi. 
    - CPRA (Remanufacture Committee of China Association of Automobile 
    Manufactures) - Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasining tiklash 
    bo‘yicha qo‘mitasi, 2010 yil aprel oyida Pekinda Xitoy Xalq Respublikasi 
    Fuqarolik ishlari vazirligining roziligi bilan tashkil etilgan. 
    1.1-rasm. Dunyo transport vositalarini detallarini qayta tiklash sanoati 
    birlashmalar taniqlilik belgilari. 
    Yevropa statistik ma’lumotlariga ko‘ra, eskirgan avtomobil qismlarning 
    yarmidan ko‘pi qayta ishlov berish yoki qayta tiklash uchun jo‘natiladi. Yevropada 
    avtomobil eskirgan qismlarini tiklash bilan shug‘ullanadigan bir necha ming 
    tashkilotlar mavjud. Shunday tadqiqotlardan biri avtomobil detallarini tiklash 
    bozorining yillik o‘sishini hisobga olgan holda, keyingi 10-yillikda o‘sishi prognoz 
    qilingan (1.2-rasm). 


    1.2-rasm. Transport vositalarini detallarini qayta tiklash sanoatining 
    rivojlanish pragnozi. 
    Bizda esa bunday tashkilotlar sanoqli hisoblanadi. Bu avtomobil 
    foydalanuvchining tiklangan qismlarga ishonchsizligi bilan bog‘liq. Ushbu sohada 
    muntazam ravishda iqtisodiy tadqiqotlar olib borilib, iqtisodiy foyda va bozorni 
    rivojlantirish istiqbollari rivojlanmoqda.
    Agar 2016-yilda transport vositalari detallarini qayta tiklash ishlab chiqarish 
    hajmi 86 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, tadqiqotchilar prognozlariga ko‘ra, 
    2025 yilga kelib u 157 milliard dollarga ko‘tarilishi aniqlandi. Ishlab chiqarishni 
    ko‘payishi yangi ish o‘rinlarini yaratadi va butun dunyo iqtisodiyotining o‘sishiga 
    ta’sir qiladi. 
    BOSCH va WABCO kabi yirik avtomobil texnologiyalari ishlab 
    chiqaruvchilari, avtomobil detallarini qayta tiklash uchun o‘zlarining ishlab 
    chiqarish quvvatiga ega. Yevropa va AQShda ham ko‘plab avtomobil ishlab 
    chiqaruvchilarining 
    o‘z tarkibda avtomobil detallarini qayta tiklash 
    texnologiyalariga ega. Ularga Robert Bosch GmbH, DelcoRemi, Cardone 
    Industries, TRW, Delfi misol bo‘ladi. 
    Amerika Qo‘shma Shtatlardagi eng katta foyda keltiruvchi kompaniya 
    Cardone Industries hisoblanadi. U global bozor ulushining 30 foizini egallaydi va 
    1970 yilda tashkil etilgan xususiy mustaqil tashkilotdir. Cardone Industries yuqori 
    texnologiyali uskunalardan foydalangan holda 70 dan ortiq liniyalarda mashhur 
    avtomobil markalarining eskirgan detallarini qayta tiklab ishlab chiqaradi. 
    Korxonada 5000 dan ortiq kishi ishlaydi. 
    Shunga o‘xshash kompaniyaning Yevropa namunasi ZF konserni bo‘lib, u 
    50 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda, u 1968 yilda tashkil etilgan 
    va avtomobil ilashish muftasining ish qobilyatini yo‘qotgan detallarini qayta 
    tiklash bo‘yicha ishlab chiqarish tashkiloti hisoblanadi. Hozirda u turli xil 
    rusumdagi avtomobillar uchun uzatmalar qutisi ehtiyot qismlarini ishlab 
    chiqarmoqda. 
    Eng muhimi TV detallarini qayta tiklash ishlab chiqarishda, yangi ehtiyot 
    qismni ishlab chiqarishdan ko‘ra 85% kamroq material sarflanadi va 55% kamroq 
    vaqt sarflanadi. Bu har yili 20000 tonna xom ashyoni tejaladi va buning natijasida 
    sezilarli iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. 

    Download 322.05 Kb.
      1   2   3




    Download 322.05 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Trasport vosita detallarining ishlash sharoitlari va ularni ishlash qobiliyatini belgilovchi

    Download 322.05 Kb.
    Pdf ko'rish