Mavzu: Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Reja




Download 51.87 Kb.
bet1/5
Sana29.03.2023
Hajmi51.87 Kb.
#47420
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Tabiatshunoslik mus ish
Документ, Laboratoriya ishi 4 slayd, Ayollarni jismoniy tarbiya va sportdagi o`rni, protivodeystvie-kiberprestupnosti-v-ssha, Taqdimoti Mavzu O’qituvchining kommunikativ qobiliyati Fan o’qi-fayllar.org, 114 BIAS Kamolov Abror informatika 1, 8.4.58 (1), 1-MAVZU, Detallar eskizini tuzish qoidalari. Rezbali detalning eskizi, ish chizmasi va texnik rasmini chizish, 3-Iqtisodiyot-nazariyasi-2005-Darslik-Sh.-Sh.-Shodmonov-U.-V.-Gafurov, III BOB Mikro (1), Mustaqil ish 2, 20 Konstruksion materiallar va avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarcover, 30711201-Payvandlovchi (elektrogazpayvandlash ishlari)


Mavzu: Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish.
Reja:

  1. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiatshunoslikni o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beravchi pedagogik fan sifatida.

  2. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatshunoslik haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish.

  3. Tabiatshunoslikni o’qitishning moddiy bazasi.


Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi tabiatshunoslikni o’qitishda bolalarni har tomonlama tarbiyalashning mazmuni va metodlarini ochib beravchi pedagogik fandir. U pedagogikada ishlangan tadqiqotlarga asoslanadi va o’z predmetini o’qitish mazmuni hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda uning metodlaridan foydalanadi. O’quvchilarga tabiatni o’rgatib borish bilan o’qituvchi ularni ta'limni davom ettirish va amaliy faoliyat uchun zarur bo’lgan bilimni o’quv va ko’nikmalar bilan qurollantiribgina qolmay, dunyoqarashi, irodasi, xarakterini ham shakllantiradi, aqliy qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shunga ko’ra tabiatshunoslikni o’qitishning shakl va metodlarini ishlab chiqadi. O’qitish jarayoni o’zaro bog’liq bo’lgan qismlarni: predmet mazmunini, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatini, fanni o’qitishni va ko’nikmalarni egallab olishni o’z ichiga oladi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasining vazifalari qatoriga o’quv fani sifatida tabiatshunoslik mazmunini aniqlash, o’qitishning metod va uslublarini tadqiq etish, zarur o’quv jihozlarini tayyorlash kiradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi faqat o’qitish jarayonini ta'riflash va tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki qoidalarni ham ishlab chiqadi, o’qituvchi ularga asoslanib, shu fan bo’yicha bolalarni muvaffaqiyatli ravishda o’qitishi mumkin. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi o’qituvchining tayyorlanishidan tortib, to o’quv materialini o’zlashtirish natijalarini, jumladan, sinfdagi, uydagi, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hisobga olishgacha barcha o’qitish jarayonlarini o’z ichiga oladi. O’qitish amaliyotini har tomonlama o’rgatish va natijalarni keyin ijodiy umumlashtirish asosida o’qitishning muayyan qonuniyatlari belgilanadi hamda uni yanada yaxshilash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqiladi. Chunonchi, o’rganilayotgan narsalarni (o’simlik va hayvonlarni) bevosita qabul qilish (bu to’g’ri tasavvur hosil bo’lishini ta'minlaydi) qonuniyati asosida predmetli o’qitishni qo’llash bo’yicha aniq tadbirlar ishlab chiqiladi. Shunday qilib, tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi fanining maqsadi boshlang’ich sinf o’qituvchilarini bugungi kun talablari asosida yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llab, yosh avlodga tabiatshunoslik fanini o’rgatishga tayyorlashdir. O’quv ishlarining jihozlari hamda vositalari (qo’llanmalar) metodika asosida belgilanadi. Metodika nima uchun tabiatni o’rganish, nimani va qanday o’qitish, nima asosida va qanday tarbiya berish kerak, degan savollarga javob beradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi maktabda hamma tabiat haqidagi fanlarni o’qitishga oid masalalarni: o’qitishning g’oyaviy yo’nalganligini, o’qitishning mazmuni bilan metodlarning birligini, o’quv ishlarining shakllari o’rtasidagi izchillikni va barcha tarbiyalovchi ta'lim elementlarining yaxlitligini hamda rivojlanishini ko’rib chiqadi. O’qitish tizimi o’quvchilar bilimining puxta bo’lishi va ongiga yetib borishini ta'minlaydi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi barcha predmetlar uchun umumiy tamoyillarga ega bo’lgan didaktik va tarbiya jihatidan pedagogika bilan chambarchas bog’langan. Maktabda ta'lim-taibiya jarayoni amalga oshiriladi va o’rganiladigan materialning mazmuni, uni bayon qilish mantiqi, o’qitish metodlari barcha shakllardagi butun ta'lim jarayonini, o’qituvchi shaxsining o’zi, uning fanga fidoyiligini ham tarbiyalaydi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogikada qo’llaniladigan tadqiqot metodlaridan foydalanadi. Tadqiqotchi - metodist maktabda tabiatshunoslikni o’qitish jarayonini kuzatadi, kuzatilgan faktlarni tahlil qiladi va taqqoslaydi, hodisalar o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlaydi, xulosa va umumlashtirishning to’g’riligini amalda tekshiradi va buning natijasida tabiatshunoslikni o’qitish tamoyillarini belgilaydi. Kuzatish va tajriba tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi sohasidagi eng muhim metodlardir. Hozirgi kunda metodikaning fan sifatida qaror topishida integratsiya (birlashish), sintez - barcha ilmiy materiallarning muammolar bo’yicha to’planishi hamda tahlil qilinishi, umumlashtirilishi, tizimga solinishi va yagona ilmiy nazariyaga keltirilishi alohida o’rin egallaydi. Metodika o’qituvchi ijodi uchun ta'lim va tarbiyaning boy xazinasidagi xilma-xil metodlar, usullar va vositalarni bilib olishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi, shuningdek, fiziologiya, anatomiya, gigiyena, botanika, zoologiya, geografiya, agrotexnika, meteorologiya, mantiq va psixologiya bilan chambarchas bog’liqdir. Shu fanlar bilan bo’ladigan aloqa o’qituvchining o’sha fanlar asoslarini egallagan bo’lishida, ularning eng muhimlarini ajratib, materiallarni o’quvchilarning yosh xususiyatiga mos holda tushuntira olish uquvlarida namoyon bo’ladi. Shaxsning kamol topishi va rivojlanishi uning ayrim ishlar, munosabat va xarakterni o’z ichiga olgan faoliyat jarayonida boradi. Bunda u yoki bu faoliyat turining - o’qish, mehnat, o’yin, muloqotlarning dalillari (motivlari) alohida ahamiyatga ega. Muloqot dalillari har qanday darsning tarkibiy qismi bo’lishi kerak. Uni o’qituvchi hisobga olmasa, tabiat to’g’risidagi bilimlar imkoniyatini pasaytirb yuboradi. Shunday qilib, tabiat bilan to’g’ri tashkil qilingan muloqot kichik yoshdagi maktab o’quvchilarida go’zallikni his etishni shakllantiradi, ularda o’z harakati va ishini o’zi baholay olish qobiliyatini rivojlantiradi, bu xislatlar xulq-atvorning odobiy hamda axloqiy me'yorlarini anglash, atrofdagilarga nisbatan mas'uliyat hamda burchni tarbiyalash uchun zarurdir. Tabiat bilan muloqot jarayonida o’rtoqlariga, kattalarga hurmat va mehr vujudga keladi. Shuningdek, tabiatshunoslikni o’qitish jarayoni faqat o’qituvchinigina emas, balki o’quvchilar faoliyatini ham o’z ichiga oladi. O’qitishning natijasi dasturda mo’ljallangan materialning puxta o’zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o’qitish metodlari va o’quvchilarga o’quv jarayonini tashkil etish shakllarini o’rganish, ularning materialni o’zlashtirib olish jarayonini o’rganishlari bilan birga boradi. Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslikning o’qitilishi. o’zbek tilida tabiatshunoslik bo’yicha birinchi tarjima adabiyotlar 1919- yilda vujudga keldi. Bular: “Boshlang’ich jug’rofiya” (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), “Turkiston” (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi) kabi asarlar edi. T.N.Qori-Niyoziyning “Tabiatning parchasi” kitobi o’qituvchilar uchun yaratilgan dastlabki qo’llanmalardan biri hisoblanadi. 1927 – 1929 - yillarda birinchi bosqich maktab o’quvchilari uchun o’lkashunoslik darsliklari - “Kichik turkistonlik”, “Bizning o'lka”, “Tabiiyot bo’yicha o’qish kitobi” hamda boshqa darsliklar nashr qilindi.
1948- yildan boshlang’ich sinflarda tabiiyotni o’qitish tizimi o’zgardi. 1 - 3- sinflarda tabiatshunoslik materiali izohli o’qish orqali o’rganila boshlandi. Tabiiyot o’quv predmeti sifatida 4-sinfga kiritildi va o’zbek tiliga tarjima qilingan sobiq RSFSR dasturlari bo’yicha mahalliy materiallardan foydalanib o’rganildi. 1948- yili Y.M. Belskaya shu dasturga asoslanib, “Rus tilida o’qish olib boriladigan O'zbekiston maktablarining 1 – 4 - sinflari uchun dastur” - metodik yo'1-yo'riqlar yaratdi, unda 1 - 3 - sinf o’quvchilari bilan darslar va darsdan tashqari vaqtlarda (o’qituvchi rahbarligida) kuzatish va tajribalar o’tkazishga alohida e'tibor berildi. 1960 - yildan boshlab yangi dasturlar joriy qilindi. Bunda 3 - 4-sinflardagi tabiatshunoslik darslari mehnat darslari bilan almashtirildi. Tabiatshunoslik fanini o’qitish faqat 4- sinfda qoldirildi, 1961- yili O’zbekistonning tabiiy sharoitlari, o’simlik va hayvonot dunyosining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi “Tabiatshunoslik” darsligi (Y.M.Belskaya va boshqalar) yaratildi. 1970- yillarda O’zbekiston maktablarida yangi o’quv rejasi va dasturlari joriy etilishi munosabati bilan 2 - 3 - sinflarda “Tabiatshunoslik” predmeti o’qitila boshlandi, uni o’rganishga o’qish, rus tilida olib boriladigan sinflarda 35 va 70 soatdan, o’qish o’zbek tilida olib boriladigan sinflarda esa 35 soatdan vaqt ajratildi. 1972- yili Y.M. Belskaya tahriri ostida rus va o’zbek tillarida 2-sinf uchun “Tabiatshunoslik” darsligi nashr qilindi. Bu darslik uch yillik boshlang’ich maktab dasturi bo’yicha o’qitildi. U ikkinchi sinf o’quvchilarining yosh xususiyatini hisobga olgan holda tuzildi, unda O'zbekiston o’simliklari va hayvonot dunyosining tipik xususiyatlari o’z aksini topdi.
1986- yildan boshlab maktablarda to’rt yillik boshlang’ich ta'limga o’tish munosabati bilan boshlang’ich sinf uchun atrofdagi olam bilan tanishtirish va tabiatshunoslik bo’yicha dasturlar hamda “Atrof olam bilan tanishtirish” va “Tabiatshunoslik” kurslari bo’yicha o’quv-metodik komplekslar (darsliklar, metodik qo’llanmalar, kuzatishlar kundaligi) nashr qilindi. Tabiatshunoslik sikli bo’yicha o’quv kompleksi muntazamlilik, mazmunining rivojlantirilishi sinfdan-sinfga o’tgan sari asta-sekin chuqurlashtirib, kengaytirib borish, tuzilishga yagona yondashish, tuzilishning vorisligi bilan ta'minlandi. Ushbu dastur hamda darsliklar Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng uning dastlabki yillariga qadar amalda bo’ldi. Respublikatniz mustaqillikka erishgach iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o’ziga xos yo’liga ega bo’ldi. Mustaqillik barcha sohalarda bo’lgani kabi ta'lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini vujudga keltirdi. O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g’risida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, shakli, vositalari birinchi darajali ehtiyojga aylandi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g’risida”gi 1998- yil 5- yanvar qarori chiqdi va ushbu qaroiga binoan “Davlat ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom” tasdiqlandi. Unda boshlang’ich ta'lim 4 yillik deb qabul qilindi va 1-2- sinflarda “Atrofimizdagi olam” va 3-4- sinflarda “Tabiatshunoslik” fanlarining o’qitilishi ko’rsatib o’tildi. Respublikamiz miqyosida ushbu hujjatlarga muvofiq va “Davlat ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga amal qilingan holda ta'lim jarayoni olib borilmoqda. Davlat ta'lim standartining boshlang’ich ta'lim bo’limi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to'g’risida”gi Qonunga va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga hamda Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g’risida”gi 1998- yil 5- yanvar qaroriga va “Davlat ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga asoslangan holda belgilangan. Bu hujjatda quyidagilar qayd etilgan: boshlang’ich ta'limga davlat standarti o’quv fanlari bo’yicha emas, balki ta'lim sohalari bo’yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo’yicha standart ko’rsatkichlar 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanishi darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta'lim mazmunining minimal miqdoriga asoslanib belgilanadi. Ushbu davlat ta'lim standartining “Boshlang’ich ta'lim” yo’nalishi asosan 2 qismdan iborat: /- qism. Kirish. Unda har bir soha bo’yicha qo’yiladigan talablaming umumiy vazifalari ko’rsatilgan. Jumladan, uning 1.3 qismi “tabiat ta'lim sohasi”ga bag’ish-langan va quyidagilar qayd etilgan: bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, ularda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang’ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg’otish va undan oqilona foydalanishni o’rgatish tabiat ta'lim sohasi orqali amalga oshiriladi. Tabiat ta'lim sohasi bo’yicha standart ko’rsatkichlar bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo’lishi, ularni farqlash, qisqacha ta'riflab berish hamda amalda qo’llay olishga o’rgatish nuqtayi nazaridan belgilanadi. 2- qism. Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar. Buning 2.3 qismi “tabiat ta'lim sohasi” bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiatni o’rganish usullari: kuzatish va tajriba. Jism va moddalar.

  2. Koinot. Quyosh - eng yaqin yulduz. Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi, Oy - Yerning yo’ldoshi. Globus. Xarita. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yer yuzining asosiy qismlari: tog’, tekislik va okeanlar.

  3. Atrofimizdagi havo. Ob-havo. Yil fasllarida ob-havoning o’zgarishi. Yog’inlar. Tabiatda suv.

  4. Tabiat hodisalari. Jismlarning harakati, issiqlik, tovush, elektr, yorug’lik hodisalari haqida boshlang’ich ma'lumotlar.

  5. O’simliklar. O’simliklarning organlari. Madaniy va yovvoyi o’simliklar. O’simliklardagi mavsumiy o’zgarishlar.

  6. Hayvonlar. Uy va yovvoyi hayvonlar. Hasharotlar. Qushlar. Suvda yashovchi hayvonlar. Yirtqich hayvonlar. Hayvonlarning yashash sharoiti.

  7. Odam va uning salomatligi.

  8. Vatanimiz xaritasi yonida. Mamlakatimiz tabiati, tog’ va tekisliklari, cho'1 va o’rmonlari, ob-havosi, asosiy daryo, ko'l va suv omborlari. Yerosti boyliklari. Mamlakatimiz poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasining tabiati.

  9. Inson va tabiat orasidagi munosabat. Tabiatni muhofaza qilish. Ma'lumki, boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fani 2 qismga bo’lib o’tiladi:

“Atrofimizdagi olam”, (1-2- sinflarda) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflarda). Boshlang’ich sinflarning (1-2 -sinflar) o’quv rejasiga “Atrofimizdagi olam” nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayot, tabiatning jism va hodisalari to’g’risida bolalar tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini, oila a'zolariga muhabbat va ular to’g’risida g’amxo’rlikni shakllantirish, atrofdagi odamlarBa (tengdoshlarga, o’qituvchilarga va boshqalarga), tabiatga muruvvatli va e'tiborli bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod etilgan narsalarni qadrlash, jonajon yurtga - Vatanga muhabbatni tarbiyalashdir. Odamlar mehnati va bolalarning amaliy faoliyati (ijtimoiy foydali mehnat, o’yin faoliyati)ni tashkil qilish bu ikki yo’nalishni bog’lovchi qism hisoblanadi. O’qitish jarayonida o’quvchilar yigirmadan ortiq tur va tushunchalarni o’rganadilar, bular: mebel, idish-tovoq, transport, maishiy texnika, ish qurollari, o’simliklar, hayvonlar, sog’liqni saqlash, shaxsiy gigiyena va boshqalardir. Predmetni o’rganish jarayonida o’qituvchi dunyoni ekologik idrok etish vositasi bo’lgan maktab yer maydonchasi, tabiat burchagidagi hayvonlar va o’simliklarni parvarish qilish ko’nikmalarini, tabiatga muhabbat va tabiat go’zalligini ko’ra bilish qobiliyatini shakllantirishi, tabiiy hodisalarni tushunish kabilarni ishlab chiqishi kerak. Mantiqiy fikrni rivojlantirish maqsadida xayoliy sayohatlar uchun globus va geografik xarita (garchand ular bilan mukammal tanishish keyingi sinflarda ko’zda tutilgan bo’lsa ham) lardan foydalanish mumkin. Ushbujarayon bolalaming dunyoqarashlari va tasavvurlarining rivojlanishiga olib keladi. Predmetning ikkinchi sinfga mo’ljallangan maqsadi - atrof olam predmetlari haqidagi tushunchalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, olamning umumiy ko’rinishi haqidagi tasavvurni shakllantirish, insonparvar, ijodiy, ijtimoiy faol ekologik fikrlay oladigan, jamiyat va tabiatga mas'uliyat bilan qaraydigan shaxsni tarbiyalash. “Tabiatshunoslik” fani 3-4-sinflarda o’rganiladi. Tabiatshunoslik tabiiy-ilmiy o’quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va ularni asrash, odamlarning mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o’quv-chilarning amaliy, o’quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o’z yurtiga muhabbat uyg’otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan. Tabiatshunoslik 1-2- sinflarda o’qitiladigan “Atrofimizdagi olam” kursining davomi hisoblanadi. Tabiatshunoslikda o’quvchilarga tabiat va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik va ziddiyatlar o’rgatiladi. Tabiatshunoslikni o’qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi. O’quvchilar tabiatni asrash bo’yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko’nikmaga ega bo’ladilar. Tabiatshunoslik kursini o’qitishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi:

  1. O’quvchilarga o’lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang’ich bilimlar berish;

  2. Sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ko’rsatish;

  3. Tabiatdan foydalanish va uni asrash bo’yicha inson faoliyati bilan tanishtirish;

  4. Tabiatni asrash uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish;

  5. O’quvchilarni Vatan va mehnatga muhabbat, ekologik, etik, estetik ruhda tarbiyalash.

Bolalarni o’quv dasturi bo’limlariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1-va 2-sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko’p yoqlama bilish qator aloqalarni tushunish va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta'lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik insonni tabiatga ta'sir bilan tanishtirishni o’z oldiga muhim vazifa qilib qo’yadi. O’quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida ular faqat dasturda ko’rsatilgan obyekt va voqelik bilangina emas, balki o’qituvchi bilan birgalikda jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalari va munosabatlarini belgilaydi, tabiatdagi ma'lum qonuniyatlarni ochishga harakat qiladi.

Download 51.87 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 51.87 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Tabiatshunoslik o’qitish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish. Reja

Download 51.87 Kb.