• Detallarni suyultirilgan metall bilan qoplab tiklash (naplavka)
  • Dastalabki ey payvandlovida
  • Vagon eyilgan detallarini qayta tiklash usullari




    Download 20.93 Kb.
    bet1/6
    Sana23.06.2023
    Hajmi20.93 Kb.
    #75348
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Vagon eyilgan detallarini qayta tiklash usullari


    Vagon eyilgan detallarini qayta tiklash usullari
    Reja:
    1. Detallarni payvandlash va metallarni suyultirib qoplash (naplavka) yo`li bilan tiklash
    2. Elektrometallizatsiya usuli bilan detallarni tiklash
    3. Detallarni galvanik usul bilan uzaytirish
    4. Detallarga elektr uchkunli ishlov berish
    5. Detallarni mexanik ishlov berish bilan tiklash
    6. Bosim usuli bilan detallarni tiklash
    7. Detallar yuzalarini mustaxkamlashning alanga texnologiyasi
    8. Induksion-metallurgiya usuli bilan detallar yuzalarini chiniqtirish
    Vagon ta’mirlash ishlab chiqarish ho`jaliklarida eyilgan detallarni to`la qayta tiklash maqsadida har xil texnologik usullar qo`llanishga ega. Ularni qayta tiklashdan oldin korxonannig iqtisodiy imkoniyatlarini chamalab ko`rish taqazo etiladi. Detalni faqat shunday usul bilan tiklash zarurki, unda detalning normal va puxta ishlash qobiliyati navbatda keladigan ta’mirlash muddatiga etsin va vagon ta’miriga sarflanadigan harajatlar yangi vagonlar detallari narxidan arzon bo`lsin.
    Detallarni tiklashning eng ko`p tarqalgan usullari - bu payvandlash va metallni suyultirib qoplash usulidir.
    Payvandlash usulida metalning kerakli qismida eritish yoki plastik deformatsiya yordamida kuchmas ulanish hosil qilishdan iborat.
    Vagonlar metall qismlarida payvandlash ishlari harxil teshik va yoriqlarni, yuzalarni qoplagichlar bilan berkitish amallari bajariladi.
    Detallarni suyultirilgan metall bilan qoplab tiklash (naplavka)da metall yuzasi erigan metall bilan qoplanadi va tegishli o`lchamlar va shakl hosil qiladi.
    Vagonlar ta’mirida ikki usuldagi payvandlov qo`llanadi: elektryoy va gaz usuli.
    Detal yuzalarini payvanddashda detalni elektr payvandlov, flyus qatlamida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash mumkin. SHuningdek, gaz qatlamida, plazma yoy, elektr zaklepkali va kontakt payvandlov, vibro yoy usulida suyuqlikda payvandlash mumkin.
    Dastalabki ey payvandlovida asosan po`lat elektrodlardan foydalaniladi.
    Payvandlov va naplavka usullarda qo`llanuvchi elektrodlarni tasniflash xizmat burchi texnologik xususiyatlar, qoplov usuli va boshqalar bilan aniqlanadi. Diametri 0.3-12 mm gacha bo`lgan surkovi 0.1 dan 0.3 mmga yetadigan po`lat elektrodlar keng qo`llanishga ega.
    Yoy payvandlov rejimi elektrod diametri va markasi bilan, payvandlov toki qiymati, chokning xolati, o`zgarmas tok qo`llanilganda tokning qutbi bilan belgilanadi.
    Elektrod diametri payvandlanuvchi metall qalinligi, chok qatlami soni va chokning havoda joylanishlariga qarab tanlanadi. elektrod navi (markasi) payvandlanuvchi metallga qarab tanlanadi.
    Dastaki payvand past unumga ega. Payvand sifati payvandlovchi mutaxassis malakasiga bog’liq.
    Flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash payvand ulovlarini chokni pastga qaratib bajarishda qo`llaniladi.
    Payvand chuqurligi va chok eni tok va ey kuchlanish qiymatlariga bog’liq.
    Avtomatik payvandlovda diametri 1,8 dan 6 mm gacha bo`lgan elektrod simlar qo`llaniladi. Bunda tok kuchi 150A dan 1500A gacha, yoy kuchlanishi 26-46V gacha bo`lishi mumkin. Payvandlov tezligi ortishi bilan payvand chuqurligi va chok eni kamaya boradi.
    Flyus tarkibi chok eni o`v chuqurligiga va yuza tozaligiga ta’sir ko`rsatadi. Avtomatik va yarim avtomatik payvandlovda flyusni kiritish payvand ulovlarini sifatli bajaradi. Bunga chokning atrof muhitdagi kislorod va azotdan puxta himoyalanishi natijasida chokning kimyoviy tarkibi bir jinsli bo`lib qolishi uning shakli yaxshilanishi o`lchamlari bir xilda qolishi chokning yaxshilanishini ta’minlaydi. Flyular uch asosiy guruhga bo`linadi: uglerodli po`latlarni payvandlash; legirovkali po`latlarni payvandlash; rangli metall va qotishmalarni payvandlash.
    Uglerodlashtirilgan va past legirovka qilingan po`latni avtomatik payvandlash va suyultirib qoplashda yuqori kremniyli margansovkali AN - 348 - A va OSTS - 45 turdagi flyuslar qo`llaniladi.
    Avtomatik va yarim avtomatik payvandlashda dastaki yoyli elektroddagiga nisbatan 3 - 6 marotaba oshadi. SHuningdek, elektro energiya ist’emoli va elektro metall sarfi 70% dan 35% gacha kamayadi.
    Detallar yuzasini tiklashda vibroyoyli suyultirib qoplash eng katta unum beruvchi usul hisoblanadi. Bunda elektr yoyli usulga nisbatan detallar kam qiziydi va kam deformatsiyalanadi.
    Vibroyoyli usulning mohiyati shundan iboratki, unda tiklanuvchi detal tokar stanogi (dastgoxi) markaziga mahkamlab o`rnatiladi. o`zgarmas tok generatorining manfiy qutbi ta’mirlanuvchi detal bilan, musbat qutbi esa elektrod bilan ulanadi.
    Generator ishga tushurilganda detal va elektrod oralarida yoy hosil bo`ladi va uning ta’sirida asosiy metall va elektrod metali eriydi. Suyultirilgan metallning qoplovi davrida detal berilgan tezlikda aylana boshlaydi, elektro sim esa - tiklanuvchi yuzaga uzatilib turadi. Suyuqmetallni yuzaga - qoplash davrida elektrod har soniyada 50-100 marotaba tebranib turadi (bu maxsus vibrator yordamida bajariladi).
    Vibroyoyli usul yordamida vallar bo`yinlari, vtulkalar, shponka va shlitsli ulamalar yuzalari tiklanadi.
    Kontaktli payvandda metallarni payvandlash ulardan o`tuvchi tokning issiqlik hosil qilishi va bu issiqlikdan metall erishi va bir biriga yopishib qolishi ro`y beradi.
    Bu payvandlash usuli eng unumdor usullardan hisoblanadi.
    Kontakt payvandlovning bir necha turlari mavjud. Bularga yondosh, nuqtaviy, rolik (g’ildirak)li, relefli usullar kiradi.
    Yondosh usulli yaxlit - sidirra elementlar (qalinligi 20 mm gacha), diametr i 2,5 mm gacha bo`lgan trubalarni payvandlashda qo`llaniladi.
    Nuqtaviy payvandlov bir yoki ikki tomonlama ustma -ust yoki yupqalistli detallar (qalinligi 5 mm.gacha) ni otbortovka qilishda qo`llaniladi.
    Rolikli (g’ildirakli) payvandlov kam uglerodli va zanglamaydigan po`latlarda zich va mustahkam choklar hosil qilish uchun qo`llaniladi.

    Download 20.93 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 20.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vagon eyilgan detallarini qayta tiklash usullari

    Download 20.93 Kb.