• Miqdor qonuni.
  • Kompozitsiya xususiyatlari (Kompozitsion markazning kostyumdagi roli, uni bo’rttirib ko’rsatish qonuniyatlari, statiklik va dinamiklik) Reja




    Download 1.23 Mb.
    bet1/5
    Sana01.08.2021
    Hajmi1.23 Mb.
    #16431
      1   2   3   4   5

    Kompozitsiya xususiyatlari

    (Kompozitsion markazning kostyumdagi roli, uni bo’rttirib ko’rsatish qonuniyatlari, statiklik va dinamiklik)
    Reja

    1. Kompozitsiyon markazni bo’rttirib ko’rsatish qonuniyatlari

    2. Kompozitsion muvozanat

    3. Statiklik va dinamiklik xususiyatlari


    Kompozitsiyaning xususiyatlari

    Kostyum kompozitsiyasining uyg’un bir butunlik sifatida shaklning yaxlitligi, simmetrik va assimetrik, statiklik va dinamiklik kabi bir qator xususiyatlari bor.



    Shaklning yaxlitligi. Shaklning yaxlitligi konstruktiv yechimi bilan uning kompozitsion mujassamligi o’rtasidagi aloqa mantiqini va uyg’unligini aks ettirgan bo’ladi.

    Xar qanday kompozitsiyani asosiy elementlar bilan axamiyati kamroq va ikkinchi darajaliroq elementlarining bir-biriga bo’ysunganligiga asoslangan muayyan sistema deb qaralsa bo’ladi. Bunda asosiy va bo’ysungan qismlar bir butunlikni tashkil etib, o’zaro bir-birini kuchaytiradi.

    Kompozitsion tuzilgan shaklda, shu jumladan kostyumda xam albatta asosiy qism yoki kompozitsion markaz mavjud bo’lib, boshqa qismlar unga bo’sundirilishi kerak. Asosiy qismi yaxlit kompozitsiyada xukmron bo’lib turadi.

    Kompozitsion markaz gavdaning istalgan qismida bo’lishi mumkin. Masalan, u yuzga yaqin joyda, belda, ko’krakda, bo’ksada, oyoq yaqinida, oldinda yoki orqada va xakazo yerda bo’ladi. Kostyumning istalgan qismi - masalan, bosh kiyim, ust kiyim, oyoq kiyim, sumka, biron bezak va xakazo kompozitsion markaz bo’lishi mumkin. Ust kiyimning istalgan qismi xam – ko’krak qismi, yubka, yenglar, yoqa va boshqalar - kompozitsion markaz bo’lishi mumkin.

    Asosiy qismining kostyumda qanday joylashtirish jins-yosh alomatlariga (katta yoshlilar uni yuz yaqinida joylashtirishadi, yasli yoshidagi bolalar uchun esa yuz atrofida yoki oyoq yaqinida bo’ladi), gavda tuzilishi turiga (to’la kishilar uchun asosiy qismni belda, bo’ksada bo’lishi tavsiya etiladi) va kiyimning nimaga mo’ljallanganiga bog’li.

    Shakl elementlarining o’zaro tengsizlikni belgilaydigan kompozitsion markazning boshqa qismlardan ustunligini ta’kidlab beradigan xususiyatlarning qonuniyatlari asosida pozitsion markazni bo’rttirib ko’rsatishga erishiladi. Quyida shu qonuniyatlarni ko’rib chiqamiz.



    Miqdor qonuni. Bir turli bezakning katta-kichikligi, xajmi massasi yoki miqdori kattaroq bo’lgan boshqa qismlaridan ustunroq kelib turadi. (13-rasm)



    Download 1.23 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompozitsiya xususiyatlari (Kompozitsion markazning kostyumdagi roli, uni bo’rttirib ko’rsatish qonuniyatlari, statiklik va dinamiklik) Reja

    Download 1.23 Mb.