• Joy relefi raqamli modeli elementlari
  • Nuqta belgisini hisoblash sxemasi
  • Relef raqamli modeli turlari
  • 4-laboratoriya ishi. Mavzu: Avtomobil yo’llarini qidiruvida joyning topografik xaritasini credo dasturiy ta’minoti yordamida chizish




    Download 0,74 Mb.
    Sana13.05.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #229315
    Bog'liq
    3-LI


    4-LABORATORIYA ISHI.
    Mavzu: Avtomobil yo’llarini qidiruvida joyning topografik xaritasini CREDO dasturiy ta’minoti yordamida chizish.

    Avtomobil yo‘llarini avtomatlashgan loyihalashda joy to‘g‘risidagi


    asosiy axborotlar manbai bo‘lib joyning raqamli modeli xizmat qiladi.
    Joyning raqamli modeli tashkiliy qismlari qo‘yidagilar
    hisoblanadi: joy relefi raqamli modeli, vaziyat raqamli modeli, joyning geologik va gidrogeologik raqamli modeli, joyda ekologik o‘lchamlarni taqsimlash raqamli modeli va boshqalar. Joyning raqamli modeli tartibli ravishda, tartibsiz ravishda va statistik bo‘lishi mumkin.
    Kredo kompleks dasturida (CREDO-TER) relef raqamli modeli
    (RRM), vaziyat (VRM) va geologik raqamli modellar (GRM) ishlatiladi. RRM
    nuqtalar, tuzilish chiziqlari va relef konturi (tashqi kurinishi) asosida
    shakllanadi. Bunda uchburchaklardan tashkil topgan tarmoq tuziladi, buni
    yordamida rejadagi ma’lum koordinatalar bilan nuqtalar balandlik
    belgisi hisoblanishi mumkin, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yer ustki yuzasi qirqimi tuzilishi mumkin, gorizontallar yordamida relefni aks ettirish
    va yon qiyaliklar shartli tasviri aks ettirilishi mumkin.

    Joy relefi raqamli modeli elementlari

    JRM tuzish uchun asos X, Y, Z koordinatali nuqtalar maydoni


    hisoblanadi. Bularni interaktiv grafik apparat yordamida qayta ishlash
    yo‘li bilan nuqtali, maydonli va chiziqli ob’ektlar quriladi, relefning
    matematik modeli tuziladi.

    Nuqta belgisini hisoblash sxemasi

    JRM ni hosil qilish uchun ma’lumotlar quyidagi usullardan birida


    shakllanishi mumkin: taxeometrik tasvir, rejali balandlikni asoslash,
    CREDO DAT kichik tizimida chiziqli qidirish materiallarini qayta
    ishlash jarayonida maxsus yoki matnli redaktorlarda ma’lumotlarni
    kiritish; aero va kosmik tasvirlarni stereofotogrammetrik qayta ishlash;
    skanerda olingan tasvirni vektorlashtirish va digitalizatsiya qilish;
    CREDO PRO tizimlarida loyihalash natijalarini kiritish; klaviaturada
    ma’lumotlarni bevosita kiritish.



    Relef raqamli modeli turlari

    Ekrannning yuqori qismida ikki qatorda boshqaruv tugmalari


    joylashtirilgan. Yuqori qator tugmalari yordamida bajariladigan ish
    tartibini tanlash mumkin: “ma’lumotlar” , “relef” , “vaziyat” , “yo‘l o‘qi”,
    “chizma”, “o‘lchamlar”, “chiqish”. Ulardan birontasini faollashtirishda,
    ekranda funksiyalar nomli menyu paydo bo‘ladi. Bu yuqoridagi
    bajariladigan ish tartibiga mos holda yuzaga keladi. Tanlangan funksiyani
    faollashtirgandan keyin jarayonlar nomli ikkinchi qator tugmachalar paydo bo‘ladi.









    Ekranning chap qismida vertikal qatorda loyihalanayotgan ob’ektni
    vizuallashtirishni boshqarish uchun belgilangan tugmachalar
    joylashtirilgan. Yuqoridagi 4 ta tugma ob’ekt bo‘yicha ishchi oynani
    siljitish uchun belgilangan, ya’ni mos ravishda yuqoriga, pastga, o‘nga, chapga.
    Pastda ketma-ket tugmalar joylashgan: ob’ektni ishchi oynada chamalash
    tugmasi, bu ob’ektga nisbatan ishchi oynani burish imkonini beradi; ishchi oyna miqyosini o‘zgartirish tugmasi yoki navigatsiya oynasi,
    faolashtirishdan keyin foydalanuvchi to‘rtburchakli kontur yaratadi va
    uning o‘lchamlarini belgilaydi, bu ob’ekt tasvirini miqyosini
    o‘zgartirishini ko‘rish uchun; oldingi oynaga qaytish tugmasi, bu o‘zgartirish
    kiritguncha mavjud bo‘lgan (ob’ektni siljitish, burish yoki miqiyosini
    o‘zgartirish) holatni qayta tiklash imkonini beradi; ob’ekt bo‘yicha ishchi
    oyna markazini siljitish tugmasi; miqiyosni o‘zgartirish tugmasi (tugmani
    bosganda ochiladigan menyu paydo bo‘ladi, bu bilan biron bir standart
    masshtabni tanlash yoki ixtiyoriy berish mumkin); ob’ektni qaytadan chizish.
    Ishchi oynada ekranning eng katta qismini belgilangan miqyosdagi joyning fragmenti tasviri va shu bilan birga ob’ektni loyihalashda yuz
    beradigan jarayonlar egallaydi. Ishchi oynaga ob’ekt to‘liq joylashmasa, u
    holda aniqroq chamalash uchun navigatsiya oynasi xizmat qiladi.
    Download 0,74 Mb.




    Download 0,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    4-laboratoriya ishi. Mavzu: Avtomobil yo’llarini qidiruvida joyning topografik xaritasini credo dasturiy ta’minoti yordamida chizish

    Download 0,74 Mb.