47
QXT konstruksiyasi va puxtaligini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Tahlillar
natijasida muayyan mashinaning TXK va T tizimini ishlab chiqish va
takomillashtirish bo‘yicha quyidagicha qaror qabul qilinishi mumkin:
- agar o‘zgarishlar bo‘lmasa, amaldagi tizim tarkibi va me’yorlari saqlab
qolinadi;
- agar o‘zgarishlar sezilarli bo‘lsayu, jiddiy bo‘lmasa,
amaldagi tizim
tarkibi saqlab qolinadi, ammo me’yorlar o‘zgartiriladi;
- agar mashina konstruksiyasi, ishlash sharoiti o‘zgarsa, uning ish
qobiliyatini ta’minlash bo‘yicha ITIlar natijasida mutloqo yangi echimlar
kiritilsa, tizim tarkibi va me’yorlar o‘zgartiriladi.
To‘liq mashtabda TXK va ta’mirlash
tizimini ishlab chiqish ayrim, katta
korxonalar, uyushmalar, kompaniyalarga ham og‘irlik qiladi.
Amaliyotdagi TXK va T tizimi quyidagicha shakllangan.
1. Tizimning tub asoslari, texnik siyosati, tuzilmasi va asosiy me’yorlari
markazlashgan holda davlat yoki tarmoq darajasida (Rossiya, O‘zbekiston),
yirik birlashmalar va kompaniyalar darajasida (AQSH, Germaniya),
ishlab
chiqaruvchilar (firmalarning tizimlari) darajasida ishlab chiqilgan.
2. Bu me’yorlar juda nufuzli bo‘lib, ko‘pchilik korxonalar, firmalar va
kompaniyalar tomonidan qonunchilikka binoan yoki ixtiyoriy bajarilgan.
3. Korxonalar o‘zlarining foydalanish sharoitlariga,
tashkilotchilik
darajasiga (xodimlar malakasi, boshqarish usullari va x.k.) bog‘liq ravishda
tizim me’yorlariga o‘zgartirishlar kiritganlar.