62
Mashinalarni yuvish ishlari maxsus maydonda va turli ko‘rish ariqlarida,
estakada va ko‘targichlar yordamida bajariladi. Ko‘rish ariqchalari devorlari,
maydonchalari yuzasi nam o‘tkazmaydigan lappakchalar bilan qoplanib, poli
suvlar oson oqib ketishi uchun 2
3% qiyalikda bo‘ladi.
Mashinalarning turiga
hamda yuvish usuliga qarab, maxsus yuvgichlar
qo‘lda
yuvish
uchun
moslashgan,
mexanizatsiyalashtirilgan,
avtomatlashtirilgan va aralash turda bo‘lishi mumkin.
Oddiy, qo‘lda yuvish: shlanga va sepkich yordamida past bosimli
(0.2
0.4MPA), yuqori bosimli (1
2.5MPA) bo‘lishi mumkin.
Mexanizatsiyalashtirilgan zarrachali yuvish jihozlarining ishchi organi
forsunkalar (6.2- rasm) hisoblanib, ular suv
yoki yuvish aralashmasini
etkazib beruvchi qo‘zg‘aluvchi yoki qo‘zg‘almas quvurlarga o‘rnatilgan
bo‘ladi.
Zarrachali yuvish qurilmasi asosan yuk mashinalari, o‘ziag‘dargichlar,
tirkama va yarimtirkama bilan ishlovchi mashinalarni yuvish uchun
mo‘ljallangan.
a)
b)
d)
6.2-rasm. Yuvish jihozi uchun mo‘ljallangan forsunka turlari:
a-sozlanuvchi; b-sozlanmaydigan yon tomondan sachratuvchi; 1-korpus; 2-o‘tish
kanali; 3-teshikning konus halqasi; 4-gayka; 5-buraluvchi konus; 6-tiqin; 7-
chegaralovchi gayka
Cho‘tkali yuvish jihozining asosiy organi silindrsimon aylanuvchi
cho‘tkalar bo‘lib, ularga naylar yordamida suv yoki yuvuvchi aralashma
63
etkazib beriladi.
U engil mashinalar, avtobuslar va furgonli avtopoezdlarni
yuvishda ishlatiladi.
Shlangali yuvish jihozlari kichik korxonalarda ishlatilib, ular aravachaga
o‘rnatilgan agregatdan iborat bo‘ladi. Agregat 6,5 MPa gacha bosim hosil
qiluvchi plunjerli yoki
markazdan qochma nasoslardan, shlanga uchiga
o‘rnatilgan yuvuvchi kallakdan va yuvuvchi aralashma idish(sig‘im)idan
iborat bo‘ladi. Yuvuvchi kallakka teshigining diametri har xil bo‘lgan
forsunkalar o‘rnatiladi.
Horijiy yurtlarda yuqorida ko‘rsatilgan shlangali yuvish jihozlarining
takomillashgan turlari qo‘llaniladi. Ularda yuvish aralashmasining haroratini
ko‘tarish uchun maxsus isitgichlar qo‘llaniladi. Jihoz yuvilayotgan yuzaga
80
S da isitilgan suv zarrachasini 5
7 MPa bosimda va 140
S da isitilgan
bug‘ni 1,4
1,6 MPa bosimda etkazib beradi. Havo
issiq paytlarida isitgich
o‘chirilib, suv yoki yuvish aralashmasi sovuq holda ham etkazib berilishi
mumkin.
Isitgichli jihoz universal bo‘lib, u mashinaning sirti, tagi, motor
agregatlarini bo‘laklarga ajratilganda ularning detallarini,
xonalarning
devorlari va pollarini yuvishda ishlatilishi mumkin. Bir necha turda ishlab
chiqariladigan bu jihozlar suvni 750
3000 l
s hajmda etkazib berishi
mumkin. M129 rusumli qo‘zg‘almas avtomat ravishda boshqariluvchi
zarrachali yuvish jihozi yuvish postining ikki tomoniga o‘rnatilgan ikkita
oldingi-2 va ikkita orqa-3
yuvish mexanizmlaridan, hamda suv yig‘uvchi
yuza ariqcha-dan iborat. Postga kirish oldidan ivitish ramkasi-4, postdan
chiqishda chayish ramkasi-1 o‘rnatilgan (6.3-rasm).
Ishlarni avtomatlashtirish uchun ikki marta bosganda ishlovchi
moslamalar mavjud. Jihoz mashinalarni harakatlantiruvchi konveyer bilan
birgalikda ishlaganda uning ishlab chiqarish qobiliyati 40 avt.
soat ni tashkil
qiladi. M129 rusumli jihoz mashinani tagidan yuvishni ta’minlamaydi,
shuning uchun u takomillashtirilib M136 rusumdagi jihoz ishlab chiqarilgan.
Bu jihoz qo‘shimcha ravishda er sathida o‘rnatiladigan
tebranuvchi
64
forsunkalar bilan jihozlangan, uning ishlab chiqarish qobiliyati mashinaning
turiga qarab 25
60 avt.
soat ni, suv sarfi 200
500 l
avt. ni, suv bosimi
2MPa ni tashkil qiladi. Tirkama bilan ishlovchi mashinalar va
o‘ziag‘dargichlar uchun harakatlanuvchi portalli
zarrachali yuvish jihozlari
ishlatiladi, ular birdaniga sirtqi va tag tomonidan yuvish ishlarini bajaradi
(6.4-rasm).
Zarrachali yuvish jihozlarining afzallik tomonlari tuzilishining oddiyligi,
kam metall sig‘imliligi va universalliligidadir. Kamchiligi ko‘p suv sarf
qilishi va kichik mashinalarni sifatli yuvmasligidadir.
Cho‘tkali
yuvish
jihozlari
ishchi
organining
tuzilishi
bo‘yicha
harakatlanuvchi
(yuvilayotgan
mashinaning
sirti
bo‘yicha
bo‘ylama
harakatlanadi, bunda mashina qo‘zg‘almay joyida turadi) va qo‘zg‘almas
(bunda mashinaning o‘zi yoki konveyer yordamida harakatlanadi) bo‘lishi
mumkin.