• 7.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH VA JORIY TA’MIRLASH TEXNOLOGIYASI 7.1.Transmissiyaning agregat va mexanizmlariga TXK va ta’mirlash
  • Mashinalardan foydalanish asoslari




    Download 3,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/94
    Sana18.11.2023
    Hajmi3,58 Mb.
    #100799
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94
    Bog'liq
    машина фойда асослар фанидан дарслик

     


    73 
    Nazorat savollar: 
    1. Kuzov va kabinalarga TXK va ta’mirlash. 
    2. Kuzovlarini tozalash. 
    3. Mashinalarini yuvish. 
    4. Kuzovlarini quritish. 
    5. Kabina, kuzov va tayanchlarni ta’mirlash texnologiya.
    7.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA TEXNIK XIZMAT 
    KO‘RSATISH VA JORIY TA’MIRLASH TEXNOLOGIYASI 
    7.1.Transmissiyaning agregat va mexanizmlariga TXK va ta’mirlash 
    Bizga ma’lumki, QXT transmissiyasining asosiy agregatlariga ilashish 
    muftasi, kardanli uzatma, shesternyali uzatmalar qutisi, taqsimlovchi quti va 
    etaklovchi ko‘prik (asosiy uzatma va differensial) kiradi. QXTlarning 
    transmissiyasi agregatlari barcha nosozliklarning 10

    15% ni va texnik 
    xizmat ko‘rsatishdagi umumiy mehnat hamda materiallar sarfining 40% ini 
    tashkil etadi.
    Transmissiya 
    agregatlarining 
    asosiy 
    nosozliklari. 
    Transmissiya 
    agregatlaridagi 
    nosozliklar 
    QXTni 
    ekspluatatsiya 
    qilish 
    jarayonida, 
    shuningdek, ayrim detallar rostlanishining buzilishi, eyilishi yoki sinishi 
    oqibatida vujudga keladi. Agregatlarning boshlang‘ich holatini tiklaydigan 
    rostlash ishlarini bajarish yoki ayrim detallarni almashtirish natijasida 
    nosozliklar bartaraf etiladi. 
    Ilashish muftasi nosozliklari. Nosozliklar ko‘pincha uning to‘liq 
    ulanmasligi yoki to‘liq ajralmasligi natijasida kelib chiqadi. To‘liq 
    ulanmaslikda aylantiruvchi moment motordan to‘liq uzatilmaydi, ilashish 
    muftasining tepkisi quyib yuborilganda mashina o‘rnidan juda sekin 
    qo‘zg‘aladi yoki umuman qo‘zg‘ala olmaydi, ilashmadagi etaklanuvchi disk 
    esa juda tez eyiladi va qisqa muddat ichida ishdan chiqadi. 
    Ilashmaning to‘liq ajralmasligi uzatmalarni ulash chog‘ida metallarni 
    zarbli va qiyinchilik bilan qo‘shilishi kuzatiladi hamda richagga ko‘proq 


    74 
    kuch bilan ta’sir etish talab etiladi. Bu nosozliklarga ilashmani ajratish 
    yuritmasi rostlanishining buzilishi, etaklanuvchi diskka moy tegib qolishi 
    yoki eyilishi sabab bo‘ladi. Ilashmasi gidroyuritmali bo‘lgan mashinalarda 
    esa gidroyuritma tizimiga havoning kirib qolishi yoki tizimdan suyuqlikning 
    qisman oqib ketishi ilashmaning nosoz ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin. 
    Uzatmalar qutisi va taqsimlash qutisidagi nosozliklar. Bu nosozliklar 
    uzatmalarni almashlab ulashda kiyinchiliklar tug‘diradi, uzatmalar o‘z-
    o‘zidan uzilib qolishi yoki ishlash vaqtida shovqinlarga sabab bo‘ladi. 
    Almashlab ulash mexanizmining ayrisi yoki kallagidagi boltlarning b o‘shab 
    ketishi, fiksatorlarning qadalib qolishi, shesternyalar, podshipniklar va 
    vtulkalar eyilishi oqibatida uzatmalarni ulash kiyinlashadi. Sinxronizator 
    muftasi va shesternyalar tishlarining yon tomonida hamda ishchi yuzalaridagi 
    eyilishlar uzatmalarni to‘liq ulanmasligi, fiksator prujinalarining bo‘shashib 
    qolishi tufayli uzatmalarning o‘z-o‘zidan uzilib qolishi sodir buladi. 
    Uzatmalar qutisidagi shovqin esa vallar podshipniklari hamda shesternya 
    tishlarining ishchi yuzalaridagi eyilishlar va sinishlar, moy sathining 
    pasayishi natijasida kelib chiqadi. 
    Asosiy va kardanli uzatmalar, differensial, yarim o‘qlar va teng burchak 
    tezligiga ega bo‘lgan sharnirlardagi nosozliklar. Nosozliklar ularga vaqtida texnik 
    xizmat ko‘rsatmasdan uzoq muddat ishlatish yoki sifatsiz TXK oqibatida yuzaga 
    keladi. Asosiy uzatma va differensialdagi nosozliklarga shesternya tishlari, 
    differensial krestovinasi va podshipniklarning eyilishi yoki sinishi, shuningdek, 
    asosiy uzatma salniklari jipsligining buzilishi misol bo‘ladi. Ularning hammasi 
    harakatlanish chog‘ida orqa ko‘prik karterida shovqinning kuchayib ketishi bilan 
    namoyon bo‘ladi. Mashina o‘rnidan qo‘zg‘alayotganda, burilayotganda yoki 
    harakatlanayotganda taqillashlar hamda zarblarning mavjudligi kardanli uzatmalar 
    yoki teng burchak tezligiga ega bo‘lgan sharnirlardagi nosozliklardan darak beradi. 
    Bu nosozliklar krestovina o‘qlari va sharnir kosachalarining ko‘p eyilishidan 
    yuzaga keladi, Kardan valining muvozanati buzilsa, transmissiyada kuchli titrash 


    75 
    va shovqinlar hosil bo‘ladi. Yarim o‘qlardagi asosiy nosozliklar esa ularning 
    shlitsalari eyilishidandir. 
    Transmissiya 
    agregatlarini 
    diagnostikalash. 
    Diagnostikalash 
    agregatlarning texnik holati xaqida hamda zarur rostlash ishlarini 
    bajargandan so‘ng ularni yana ishlatish mumkinligi to‘g‘risida hulosa 
    chiqarishga 
    imkon 
    beradi. 
    Transmissiya 
    agregatlarini 
    mashina 
    harakatlanganda, 
    shuningdek, 
    maxsus 
    jihozda 
    tekshirish 
    mumkin. 
    Diagnostikalash 
    jihozining 
    konstruksiyasiga 
    qarab, 
    ilashma 
    to‘liq 
    qo‘shilmasligi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma va orqa ko‘prik shovqin 
    bilan ishlashi, tishli ilashmalarni esa eyilganlik darajasi aniqlanishi mumkin.
    Transmissiyani diagnostika qilishning oddiy usuli 7.1 rasmda ketirilgan K-428 
    asbobi yordamida etaklovchi ko‘prik, kardan vali va uzatmalar qutisidagi aylana 
    lyuftlar yig‘indisi hisoblanadi. Asbob qamrovchi skobali dinamometrik qurilmadan 
    (2) va uni tashkil etuvchi qo‘zg‘aluvchan (4) hamda qo‘zg‘almas (3) jag‘lardan 
    iborat. Qamrovchi skoba tekshirilayotgan yarim o‘qqa yoki kardan valiga 
    kiydiriladi, so‘ng qo‘zg‘aluvchan jag‘ni chervyak yordamida surib agregat detaliga 
    mahkamlanadi. Lyuftni aniqlash uchun dasta (1) kuch bilan buraladi va prujinali 
    tovush daraklagich ovoz chiqargach, o‘lchagich strelkasi tomonidan lyuft qayd 
    qilinadi. O‘lchagich shkalasini ixtiyoriy burchakka burish mumkin. Shuning 
    uchun, o‘lchash ishlarini bajarishdan avval, tekshirilayotgan agregatga o‘rnatilgan 
    asbob strelkasi nolga keltirilishi zarur. 
    Transmissiya agregatlariga TXK. Transmissiya agregatlariga xizmat 
    ko‘rsatish navbatdagi KXK, 1-TXK, 2-TXK jarayonida amalga oshiriladi.
    KXK da transmissiya agregatlari, mashinani o‘rnidan jildirib va 
    harakatlanish vaqtida uzatmalarni almashlab ulab tekshiriladi. Etaklovchi 
    ko‘prikning holati va jipsligi nazorat qilinadi. 
    1-TXK da KXK dagi ishlarga qo‘shimcha ravishda ilashish muftasi 
    tepkisining erkin yurish yo‘li tekshriladi va zarur bo‘lsa, rostlanadi, yuritma 
    detallari plastik materiallar bilan moylanadi.


    76 
    7.1-rasm. Transmissiyadagi aylana lyuftini aniqlaydigan K-428 asbobi. 
    Uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, taqsimlash qutisi, orqa ko‘prik 
    karterining 
    mahkamlanishi, 
    zichlagichlarning 
    holati 
    tekshiriladi, 
    agregatlardagi moy sathlari me’yoriga keltiriladi. 2-TXK da transmissiya 
    agregatlari bo‘yicha KXK va 1-TXK dagi barcha ishlar bajariladi, moylash 
    xaritasiga mos ravishda agregatlardagi moylar almashtiriladi. Agar 
    agregatlarda nosozliklar aniqlansa, ularni ishchi holatiga keltirish uchun 
    ta’mirlanadi. 
    Qo‘shimcha ravishda, har bir transmissiya agregatlari bo‘yicha 
    bajariladigan ishlarni alohida-alohida ko‘rib chiqamiz. 

    Download 3,58 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   94




    Download 3,58 Mb.
    Pdf ko'rish