84
KamAZ mashinaining gidrokuchaytirgichiga
R
markali moy quyiladi.
Rul tortqilarining sharnirli birikmalari 1200
1800 km yurilgandan so‘ng,
navbatdagi TXK paytida US-2 yoki US-3, shuningdek USs-1, Uss-2 yoki Uss
solidoli bilan moylanadi.
7
.6-rasm. Reyka va vint orasidagi tirqishni sozlash:
1-rul karteri; 2-plunjer; 3-zichlash-tirish xalqasi; 4-prujina; 5-sozlovchi tiqin; 6-
chegaralovchi gayka
Rul boshqarmasi mexanizmlarini joriy ta’mirlash
ularning detallarini
almashtirish hisobiga amalga oshiriladi. Detallarning eyilgan joylari,
masalan, soshka vali bo‘yinlari xromlash yo‘li bilan tiklanadi, val oxiridagi
rezba yo‘nib tashlanib, sirti payvandlanadi va yangi rezba ochiladi. Rul
mexanizmi karteridagi podshipnik o‘rnatiladigan uyaning eyilgan joylari
yo‘niladi va po‘lat halqa presslab o‘rnatiladi.
Ta’mirlash vaqtida tarangligi
pasaygan va singan prujinalar, sharsimon
barmoqlarning eyilgan ichqo‘ymalari, bo‘ylama va ko‘ndalang tortqi
barmoqlari almashtiriladi. Egilgan rul tortqilari sovuq holda yoki 800
S
haroratgacha qizdirib to‘g‘rilanadi.
Tormoz tizimining asosiy nosozliklari. Bunga friksion qoplamalar va
tormoz
barabanlarining
(disklarining)
eyilganligi,
tormoz
kuchi
sozlagichining noto‘g‘ri ishlashi, gidroyuritmali tormoz tizimida rezinali
85
manjetlarning
eyilishi va shishib ketishi, silindr, porshen, pnevmatik tormoz
tizimida esa tormoz va himoya klapanlarining eyilishi, tormoz kamerasidagi
diafragmaning teshilishi, quvvat akkumullyatorlari manjetlarining ishdan
chiqishi misol bo‘ladi.
Tormoz tizimiga xizmat ko‘rsatish ishlari asosan 1-TXK, 2-TXK va MXK
davrlarida bajariladi.
1-TXK da tormoz tizimi bo‘yicha
barcha birikmalar va truba
o‘tkazgichlarning jipsligi, kompressor hosil qiluvchi bosim, jihozda
tormozning ishlash sifati, detal va birikmalarning joyiga qotirilishi, tormoz
tepkisining erkin va ishchi yurishi tekshiriladi.
2-TXK da 1-TXK dagi ishlar bilan birgalikda tormoz barabanlari
(disklari), kolodkalar, g‘ildirak podshipniklari, gidravlik tormoz tizimidagi
suyuqlik sathi, ko‘p konturli pnevmatik tizimlardagi konturlar va tormoz
kuchini sozlagichlarning ishlashi tekshiriladi.
Qo‘shimcha ravishda kundalik xizmat ko‘rsatish
vaqtida ballonlardagi
kondensat to‘kiladi, kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi
tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida bosim sozlagichdagi filtr kerosin bilan
yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich tayyorlanadi(harorat
5
S dan
pasayganda nam ajratgich ushlagichini yuqori holatiga qo‘yiladi). Quyida biz
gidroyuritmali va havo yuritmali tormoz tizimlari bo‘yicha bajariladigan
texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini alohida-alohida ko‘rib chiqamiz.
Gidroyuritmali tormoz tizimiga TXK. Bunday tormoz tizimiga ega b o‘lgan
mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishdagi ishlar bosh tormoz silindridagi
suyuqlik sathini tekshirish va uni me’yoriga keltirish, agar tizimga havo kirib
qolgan bo‘lsa, uni chiqarib yuborish, tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini,
kolodka va tormoz barabanlari orasidagi tirqishni sozlash, tormoz
qoplamalari yuzasidagi moylarni tozalashdan iboratdir.
Gidravlik tormoz
tizimiga TXK ishlari bilan alohida-alohida tanishib chiqamiz:
86
1. Tormoz tizimini tashqi nazorat qilish. Tormoz tizimi barcha
mexanizmlari mahkamlanganligi va jipsligini tekshirish hamda mashina
g‘ildiragini osib qo‘yib, uning engil aylanishini aniqlashdan iborat.
2. Tormoz tepkisining erkin yurish yo‘lini tekshirish va sozlash (7.4-
rasm).
Bu ish mashinalarning kabinasi yoki salonida haydovchi o‘rindig‘i oldida
bajariladi. Chizg‘ichning bir uchi polga qo‘yilib, ikkinchi tomoni tepkining
yuzasi bilan tenglashtiriladi va oraliq aniqlanadi. Shu holatda tepki qarshilik
hosil bo‘lguncha bosilib, yana oraliq aniqlanadi. So‘ngra birinchi va ikkinchi
qiymatlar farqi hisoblanadi va me’yoriy qiymatga mos kelmasa, sozlanadi.
3. Tormoz kolodkalari qoplamasi va baraban orasidagi tirqish, MAN,
Kamaz, Matiz va Nekseya engil mashinalarida avtomatik ravishda sozlanadi.
Boshqa suyuqlik yuritmali tormoz tizimiga ega bo‘lgan
mashinalarda
tirqish g‘ildirakning orqa tomonidan tayanch disk (1) dagi ekssentrik barmoq
(2) yordamida sozlanadi. Old va orqa kolodkalarning tayanch barmoqlari
gaykasi bo‘shatiladi va tormoz tepkisiga 150-200 N kuch bilan bosiladi.
Tayanch barmoqlari katta kuch sarf qilmasdan buraladi va gaykalar tortib
qo‘yiladi. Tormoz tepkisi qo‘yib yuborilib, barabanning engil aylanishi
tekshiriladi. Agar kolodka barabanga tegib aylansa,
operatsiya qaytadan
bajariladi. Baraban echilib maxsus o‘lchash barabani o‘rnatiladi va yassi
shuplar yordamida kolodka va baraban orasidagi tirqish aniqlanadi.Tirqish
barmoq tomondagi kolodkaning uchidan 25-30 mm masofada aniqlanadi
(0,15 mm), bu o‘z navbatida qarama-qarshi tomondagi tirqishni 0,4 mm ga
sozlaydi. Suyuqlik yuritmali tormoz tizimidan havoni chiqarish. Bosh tormoz
silindri va g‘ildirak ishchi silindrlari chang va kirliklardan tozalaniladi.
Tormoz suyuqligi idishining qopqog‘i ochiladi va suyuqlik sathi tekshiriladi.
Sath sig‘imning rezbali qismidan 15-20 mm. dan yoki ”min” belgisidan past
bo‘lmasligi kerak. Ishchi silindrdagi chiqarish klapani(1) ning rezina
qopqog‘i olinib, o‘rniga rezina shlanga(2) tiqiladi va bir uchi 1
3...1
2 hajmda
tormoz suyuqligi to‘ldirilgan shisha idishga tushiriladi.