7.3.Mashinaning boshqaruv mexanizmlariga TXK va ta’mirlash
Rul boshqarmasining asosiy nosozliklari. Rul mexanizmi karteri, rul
chambaragi va kolonkasining bo‘shab qolishi, mexanizm va chervyak jufti,
reyka va tishli valning eyilib ketishi asosiy nosozliklar hisoblanadi.
Gidrokuchaytirgichli
rul
boshqarmalarida,
yuqoridagi
nosozliklardan
tashqari, nasos idishida moyning me’yoridan kam yoki ko‘p bo‘lishi, tizimda
81
havo va suvning yig‘ilishi, nasos ishlamay va filtrning kirlanib qolishi,
moyning sizib chiqishi, nasosdagi himoya va o‘tkazish klapanlari nosoz
ishlashi, nasos uzatmasi tasmasining me’yor bilan tortilmasligidir.
Rul boshqarmasini diagnostikalash. Diagnostikalash ko‘rsatkichlariga rul
chambaragining salt yurishi va uni burash uchun kerakli kuchni aniqlash
kiradi. Rul chambaragining salt yurish yo‘lini yoki burchagini aniqlashda
lyuftomer-dinamometr turidagi asboblardan foydalaniladi (7.4-rasm).
Rul boshqarmasiga TXK. Rul boshqarmasiga TXK da tortqilar, sharnir va
rul mexanizmi birikmalaridagi tirqishlar yo‘qotiladi. Rul mexanizmidagi
chervyak podshipnigining o‘q bo‘yicha siljishi qistirmalar yordamida
sozlanadi. Rul soshkasining o‘q bo‘yicha siljishi esa tayanch bolt yordamida
sozlanadi.
Rul boshqarmasidagi mahkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni
qotirilganligini tekshirishdan iborat bo‘lib, buni bajarishdan oldin rul
mexanizmi karterining mashina ramasiga, rul tortqilari richagining burish
mushtiga, soshkaga, bo‘ylama va ko‘ndalang rul tortqisi barmog‘iga
mahkamlanishi tekshirib ko‘riladi.
Yuqorida aytilganidek rul chambaragi erkin yurish yo‘lini aniqlash uchun
lyuftomer-dinamometr (7.4-rasm) rul chambaragiga o‘rnatiladi. U shkala-3
dan, rul kolonkasiga qisqichlar-1 yordamida mahkam qotirilgan ko‘rsatkich-2
dan tashkil topgan. Dinamometr qisqichlar-4 yordamida rul kolonkasiga
qotiriladi. Dinamometr shkalalari shtok-5 da ko‘rsatilgan bo‘lib, u rul
chambaragiga qanday kuch bilan ta’sir etilayotganini ko‘rsatib turadi (ta’sir
etish kuchi 20-120 N bo‘lishi mumkin). Shtok yordamida 10 N kuch bilan
chambarak o‘ng tomonga, so‘ng chap tomonga harakatlantiriladi. Strelkaning
o‘ng va chap tomonga og‘ish kattaliklarini qo‘shib, umumiy erkin yurish
yo‘li aniqlanadi.
Erkin yurish yo‘li o‘rta hisobda 10
dan oshmasligi kerak. Agarda bundan
ortiq bo‘lsa, mexanizmdagi bo‘ylama va tishlardagi ilashish tirqishlari
sozlanadi.
82
Chervyak-rolik,
vint-gayka,
reyka-tishli
sektor
tuzilishidagi
rul
mexanizmlari uchun ikki turdagi sozlash mavjud bo‘lib, ular val vinti
podshipnigining o‘q bo‘ylab siljishi va ilashma tirqishini sozlash hisoblanadi.
O‘qning bo‘ylama siljishini sozlash uchun rul chambaragi o‘q bo‘ylab
oldinga tortib ko‘riladi. Agar siljish sezilsa, uni zichlagichlar sonini (7.5a-
rasm) kamaytirish yo‘li bilan sozlanadi. Chervyakning rolik bilan ilashish
tirqishini(7.5b-rasm) sozlash uchun chegaralovchi gayka(3) bo‘shatiladi va
buragich yordamida sozlovchi vint(1) orqali tirqish sozlanad i. Bu, o‘z
navbatida rul chambaragining erkin yurish yo‘li me’yoriy qiymatga ega
bo‘lishini ta’minlaydi.
Reykali rul mexanizmlarida reyka va vint tishlari orasidagi tirqish (7.4-
rasm) sozlanadi. Buning uchun chegaralovchi gayka (6) bo‘shatilib, sozlovchi
tiqin(5) qotiriladi. So‘ngra rul chambaragining erkin aylanishi va salt yurish
yo‘li tekshiriladi.
Rul boshqarmasi tortqilarining texnik holatini aniqlash uchun rul
chambaragi o‘ng va chapga aylantirib, tortqining sharli barmog‘i holati
tekshiriladi. Agar barmoq erkin harakatlansa yoki birikmalarda liqillash
sezilsa, engil mashinalarda sharli torqilar rostlanmasdan yangisiga
almashtiriladi.
Yuk mashinalari va avtobuslarda hamda tortqini tuzilishida sharli
barmoqning holatini sozlash nazarda tutilgan bo‘lsa, sharli barmoqning erkin
harakatlanishi yo‘qotiladi(rastlanadi). Buning uchun sozlovchi tiqin shplinti
olinadi, so‘ng mahsus buragich bilan tiqin oxirigacha buraladi va shplint
to‘g‘ri kelguncha orqaga qaytarilib, shplint joyiga tiqiladi.
Gidrokuchaytirgichli
rul
boshqarmalarida,
mexanizm
karteri
va
gidrokuchaytirgich bakchasidagi moy sathi navbatdagi TXK paytida
tekshiriladi va me’yoriga keltiriladi.
Gidrokuchaytirgich bakchasi, uning filtrlari hamda karter benzin bilan
yuvilib, moyi almashtiriladi (yilda, kamida bir marta yoki mavsumiy xizmat
ko‘rsatishda). Gidrokuchaytirgichga moy motor salt ishlab turganda quyiladi.
83
Rul mexanizmiga uzatmalar qutisi uchun mo‘ljallangan Tap-10 va Tap-15L
moylari yoki transmission moy quyiladi.
|