Mashinalardan foydalanish asoslari




Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/94
Sana18.11.2023
Hajmi3,58 Mb.
#100799
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

6.3- rasm. M129 rusumli yuk mashinalarini zarrachali yuvish jihozi
Harakatlanuvchi jihozlar P-shaklidagi arkadan iborat bo‘lib, u yuvish 
postiga to‘shalgan relsli yo‘lda elektr yuritma yordamida harakatlanadi. 
Portalga elektr uzatmali 2 ta vertikal va 1 ta gorizontal ch o‘tkalar hamda 
purkagich (yuzani quritish uchun) o‘rnatilgan (6.5-rasm).
Mashinani yuvish portalning 1 yoki 2 marta, ikki tomonlama harakatida 
bajariladi. Engil mashinalarni bu jihozlar yordamida yuvish uchun 5


minut sarflanadi, shuning uchun bu jihozlardan uncha katta bo‘lmagan 
korxonalarda keng ko‘lamda foydalaniladi. Katta korxonalarda engil 


65 
mashinalarni avtomatik ravishda, oqimli qator usulida yuvish uchun 
ko‘pincha mehnat unumdorligi 60 mash.

soat bo‘lgan cho‘tkali, M130 
rusumdagi yuvish jihozidan, ba’zan unga o‘rnatilgan M131 rusumdagi 
g‘ildirak disklarini yuvish va M132 rusumli quritish moslamasi bilan 
qurollangan, mehnat unumdorligi 60-90 mash.

soat ni tashkil etgan M133 
rusumdagi jihozdan foydalaniladi. Bundan tashqari, (M123 va M128) 
cho‘tkali yuvish jihozlari va avtopoezdlar va mashinalarini yuvish uchun 
(M127) zarrachali-cho‘tkali yuvish jihozlari ishlab chiqariladi. Ulardan 
birinchisi 5 ta harakatlanuvchi cho‘tkadan tashkil topgan bo‘lib, ishlab 
chiqarish qobiliyati 60 mash.

soat, ikkinchisi 7 ta cho‘tkali bo‘lib, ishlab 
chiqarish qobiliyati 80

120 mash.

soat ga teng. Moy qoldiqlari va smolalar 
bilan kirlangan detal va birikmalarni yuvish uchun M316 va M317 yuvish 
mashinalaridan foydalaniladi. Ular qo‘zg‘almas bo‘lib, ifloslangan detal va 
birikmalarni yuvadigan kameralari mavjud. Detallarni yuvish forsunkalar 
bilan qurollangan aylanuvchi kollektorlar yordamida ishqorli eritmalarni 
purkash yo‘li balan amalga oshiriladi. Yuvish vaqti 10

15 min., qattiq 
kirlangan bo‘lsa 20

30 min. Moslamaning tag qismida yuvish aralashmasi 
uchun bak, so‘rish moslamasi va aralashmani tozalash filtri joylashgan. 
Moslamaning ichki qismi shamollatib turiladi.
Suv sarfini kamaytirish uchun undan qayta foydalanish tizimi qo‘llaniladi. 
Bundan tashqari qabul qilingan hukumat qarorlariga muvofiq, hamma suv 
iste’molchilari sarfni kamaytirish va tozalanmagan suvni tashqariga chiqarib 
yuborishni to‘xtatishlari zarur. Shuning uchun hamma korxonalar o‘z 
hududida suv tozalash inshootlariga va suvdan qayta foydalanish tizimiga ega 
bo‘lishlari zarur.
Yuvish joylaridan chiqayotgan suv kanalizatsiya tizimi, suv havzalari va 
atrof muhitni ifloslamasligi uchun loy tindirgich va moybenzintutgichlardan 
foydalaniladi. Agar korxona markazlashgan tartibda suv manbai bilan 
ta’minlanmagan bo‘lsa, suvdan unumli foydalanish va tashqi muhitni 


66 
muhofaza qilish maqsadida, mashinani yuvishdan chiqqan suv tozalanib, 
undan qayta foydalanish mumkin. 
6.4
- rasm. M136 rusumli harakatlanuvchi portalli, mashinalarni yuvish jihozi
:
1-chiqindi yig‘gich; 2, 4-tag kollektori uzatmasi richaglari; 3-tag kollektori uzatmasi 
tortqilari; 5-yuvilgan chiqindilar; 6-pastki kollektor elektr uzatmasi; 7-forsunkali yon 
kollektor; 8-sachratish forsunkalari; 9-himoya ekrani; 10-bosimli suv o‘tkazgich; 11-
buraluvchi kronshteyn; 12-quvurlar; 13-portal yo‘naltiruvchisi; 14
-portal ramasi 
Buning uchun suv oqib tushadigan havzalarga, idishlarga, tozalash qurilmasi 
o‘rnatiladi. Mashinalarni yuvishda qaytadan foydalaniladigan (zarrachalardan 
tozalangan) suv kimyoviy usulda (loyqatib) tozalanadi. 
Kuzovni quritish. Kuzov toza suv bilan chayilgandan so‘ng namlikni 
yo‘qotish uchun quritish ishlari bajariladi. Suv qoldiqlarini qo‘lda quritishda 
g‘ovak material, doka va boshqalardan foydalaniladi. Yuk mashinalarida 
kabina, yon va oldingi oynalar, kapot, qanot va yoritgichlar artiladi. 
Mashinalar mexanizatsiya yordamida sovuq yoki issiq havoni tashqi yuzasiga 
purkash yo‘li bilan ham quritiladi.
Kuzovni yaltiratishdan maqsad - sirtda chidamli himoya qatlamini hosil 
qilish va bu bilan kuzovning metall asoslarini tashqi muhitning salbiy 


67 
ta’siridan himoyalash va uning estetik ko‘rinishini ta’minlashdan iborat. 
Shuning uchun yangi yoki eski kuzov sirtlariga vaqti-vaqti bilan emulsiyalar, 
erituvchilar va suv asosida tayyorlangan yaltiratish pastalari yordamida 
ishlov berib turiladi. Yangi kuzovni bir oyda 2 marta yaltiratiladi. Yaltiratish 
xususiyatini yo‘qotgan eski kuzovlarga asosi abraziv materiallardan iborat 
bo‘lgan avtoyaltiratgichlar yordamida ta’sir ko‘rsatiladi. Kabina, kuzov va 
tayanchlarni ta’mirlash texnologiyasi. Mashina kuzov, kabina va 
tayanchlarining asosiy nosozliklari ularning qiyshayishi, pachoqlanishi, 
uzilishi, zanglashi, chirishi, boltli va parchinmixli birikmalarning bo‘shashib 
ketishidan iborat. Ularni zanglash mahsulotlaridan tozalash, payvandlash, 
tekislash va yuzalarni silliqlash, qo‘shimcha detallar qo‘yish, himoya 
qatlamlarini yangilash yo‘llari bilan ta’mirlanadi. 
Zanglash mahsulotlari metall cho‘tka yoki erituvchi modda yordamida 
tozalanadi. Payvandlash ishlarini bajarishda ko‘pincha gazli payvandlash 
turidan foydalaniladi. Bu ishlar qo‘l bilan yoki avtomat ravishda bajariladi.
Yoriqlar payvandlanib, yirtilib ketgan katta teshiklarga esa qo‘shimcha 
qoplama qo‘yiladi, o‘z navbatida, bu qoplama yirtilgan erdan 20

24 mm 
chiqib turishi zarur. 
Pachoqlangan erlar va qiyshiqliklar sovuq yoki qizdirilgan (600

650 


gaz gorelkasi yordamida) holda to‘g‘rilanadi. Qizdirib to‘g‘rilash metall 
qavat-qavat bo‘lib qolganda yoki sovuq holicha to‘g‘rilab bo‘lmay qolganda 
bajariladi. 
Pachoq ikki harakatda to‘g‘rilanadi. Avval pachoq bo‘lgan joy urib 
chiqariladi. Chiqarilgan qismning ustiga (6.7-rasm) mahsus ushlagichi qo‘yib 
markazdan sirtga qarab mahsus bolg‘acha yordamida to‘g‘rilanadi, so‘ngra 
yog‘och yoki rezina bolg‘acha yordamida tekislanadi. 
O‘tkir qirrasi va egilishi bo‘lmagan chuqur pachoqlarni o‘rtasidan 
boshlab, bolg‘acha yoki rezina bolg‘acha bilan asta-sekin tekislanadi va 
tashqi tomonga qarab davom ettiriladi. O‘tkir qirrali burchaklari bo‘lgan 
pachoqlarni o‘tkir qirradan yoki taxlanib qolgan eridan boshlab urib 


68 
chiqariladi. Bitta chuqurcha bo‘lsa, metallning tortilishi hisobiga markazdan 
tashqi tomonga bolg‘acha bilan urib bartaraf etiladi (6.7d-rasm). Chuqurcha 
chegarasiga yaqinlashganda bolg‘acha bilan urish kuchi kamaytiriladi. 
Qancha ko‘p aylana bo‘ylab harakat qilinsa, tekislash shunchalik sifatli 
bajariladi. Agarda bir-biriga yaqin, bir necha chuqurchalar bo‘lsa(6.7 g-
rasm), avval ularning orasiga ishlov beriladi va bitta chuqurchaga keltiriladi, 
so‘ngra chuqurchaning shakliga qarab, keyingi silliqlash ishlari bajariladi.

Download 3,58 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish