• Eng sodda usul .
  • Imitatsion modellashtirish usuli .
  • Tayyorgarlik va yakuniy vaqt
  • Eng sodda usul




    Download 7.74 Mb.
    Sana14.03.2024
    Hajmi7.74 Mb.
    #172669
    Bog'liq
    JAHONGIR
    Darslik Buxoro toponimikasi 25.07.21, tapsirmalar toplami DI-21, Sertifikatlashtirish, aksonometrik proyeksiyalarda qirqim bajarish, 9-D ochiq dars, 1-Atv maruza, ЭТИКА МОРАЛЬ НРАВСТВЕННОСТЬ ЧЕМ РАЗЛИЧАЮТСЯ ЭТИ ПОНЯТИЯ , tarbiyasi qiyin o\'zmirlar, Hgjhljk, Laboratoriya mashg\'ulotlari11, 9-informatika-darslik, Individual loyha. KURBANBAYEVD, Korrupsiya, agrar oblojka, 23 24yyЖ Ш мактаб бажарилиши Yangilangan Tayyor

    Transport vositasi ishonchliligining kompleks ko‘rsatkichlari.
    Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi – bu transport vositasiga bir xildagi profilaktik ta’sirlarning ketma-ket bajarilishlari orasidagi me’yoriy ishlash davriyligi.
    Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligini aniqlash usullari:
    Eng sodda usul. Bu usul bo‘yicha transport vositasiga TXK davriyligi uning o‘ziga o‘xshash transport vositalarining davriyligi kabi qabul qilinadi.
    Analitik usul. Bu usul transport vositalari texnik ekspluatatsiyasi jarayonlari, kuzatuv natijalari va texnik holat o‘zgarishi qonunlariga asoslangan.
    Imitatsion modellashtirish usuli. Bu usul real va tasodifiy texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘ziga o‘xshatib tashkil qilish (taqlid (imitatsiya), modellashtirish)ga asoslangan.
    Texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida quyidagi profilaktik majburiy ishlar bajariladi:
    - nazorat-diagnostika ishlari transport vositasining atrof-muhitga ta’siri va xarakat xavfsizligi talablariga mosligini aniqlash va ta’minlash, agregat, uzellarni qismlarga ajratmasdan texnik holatini baholash uchun o‘tkaziladi;
    - sozlash ishlari transport vositasining tizim, uzellari va asosiy detallarini almashtirmasdan ishlash qobiliyatini qayta tiklashga qaratilgan;
    - qotirish ishlari rezbali birikmalarning normal mahkamlanish holatini ta’minlash uchun xizmat qiladi;
    - moylash ishlari yeyilish jadalligini va ishqalanuvchi uzellardagi qarshilikni kamaytiradi, shuningdek, tarkibida moy, texnik suyuqliklar bo‘lgan tizimlarning o‘z vazifasining normal bajarilishini ta’minlaydi;
    - elektrotexnik - transport vositasining elektr jihozlari bo‘yicha buzilish va nosozliklarni oldini olish maqsadida profilaktik operatsiyalarni bajarishga qaratilgan;
    Mehnat hajmi texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini bajarishga ketadigan mehnat sarflarini bildiradi, u ishchi-soat yoki me’yor-soatlarda o‘lchanadi. Mehnat hajmi me’yorlari asosan ishchilar soni va ularning mehnat haqlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
    Me’yorlarning quyidagi turlari mavjud:
    - differentsiallangan me’yorlar - ayrim operastiyalar uchun;
    - yiriklashtirilgan me’yorlar - operastiyalar yoki ishlar guruhi hamda texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash turi uchun;
    - solishtirma me’yorlar - mehnat hajmlarining bajarilgan ishga yoki yo‘lga bo‘lgan nisbatlarini taqqoslash uchun
    Tayyorgarlik va yakuniy vaqt ijrochini berilgan ish bilan tanishtirish va topshiriq berish, ish o‘rnini tayyorlash, asbob-uskuna va boshqa kerakli materiallarni olish va topshirish uchun sarflanadi.
    Ishchi o‘rniga xizmat ko‘rsatish vaqti qo‘llaniladigan asbob-uskunalarni almashtirish, jihozlarni, moslamalarni tozalash va joylashtirish va h.k. sarflanadi.
    Me’yorlarni aniqlayotganda yoki o‘zgartirayotganda quyidagi usullardan foydalaniladi: ish vaqtining fotografiyasi; xronometraj kuzatuvlar; mikroelement me’yorlar usuli
    Bu ko‘rsatkichlar kuzatuvlar natijalari bo‘yicha yoki hisobot ma’lumotlari orqali topilib, ular yordamida me’yorlar quyidagi holatlar uchun aniqlanadi:
    - transport vositasi agregatlarining birinchi asosiy (kapital) ta’mirlashgacha yuradigan yo‘li (resursi);
    - o‘rtacha xizmat muddati (yillarda);
    - transport vositasining hisobdan chiqarilguncha resursi.
    Agregatning birinchi asosiy (kapital) ta’mirlashgacha yuradigan yo‘li bo‘yicha asosiy ta’mirlash dasturini va uni o‘tkazish uchun ehtiyot qismlar sarfi me’yorini aniqlashda foydalaniladi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


    Download 7.74 Mb.




    Download 7.74 Mb.