Dastakli-zanjirli о‘rash mexanizmlari




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana06.06.2024
Hajmi1,15 Mb.
#260790
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13-Maruza. (1)

Dastakli-zanjirli о‘rash mexanizmlari 
 
Bunday mexanizmning chizmasi 2-rasmda kо‘rsatilgan. О‘rash dastasi 7 yassi о‘rash 
mushtagi 6 dan о‘qcha 5 orqali tebranma harakat oladi va dastak va g‘altaklar tizimi orqali halqa 
taxtachalari va yо‘naltiruvchilarga ilgarilanma-qaytma harakatni uzatadi. Dastak 7 da vtulka 3 
bilan bikr biriktirilgan g‘altak 4 qotirilgan. Shu vtulkaning о‘zida chervyakli g‘ildirak 2 
о‘rnatilgan. Dastak 7 pastga og‘ganda 4 va 13 g‘altaklarda qotirilgan zanjir 12 ikki pog‘onali 
g‘altak 13 ni soat miliga qarshi aylantiradi. Bunda 13 va 14 g‘altaklarga uchlari bilan qotirilgan 
zanjir 15, ikki yelkali dastak 20 ni chapga og‘dirib, g‘altak 13 ning katta pog‘onasiga о‘raladi. 
Pastki yelkada boshmoqlar bilan 21 va 22 ustunchalar tayanadigan ikkita 24 va 25 о‘qchalar 
qotirilgan. Natijada, dastak 7 ni pastga og‘dirilganda halqa taxtachalari 18 va ipyо‘naltiruvchilar 
burchakligi 17 kо‘tariladi. Taxtacha va burchaklik ularning muvozanatlanmagan qismining 
og‘irlik kuchi ta’sirida pastga tushadi va о‘rash mushtagining buralishi sodir bо‘ladi. Tortqi 23 
mashina bо‘ylab joylashgan vertikal dastaklar 20 ni о‘zaro bog‘laydi. 5-rasmda dastakli-zanjirli 
о‘rash mexanizmining konstruksiyasi, 6-rasmda esa zamonaviy yigiruv mashinasining о‘rash 
dastagi kо‘rsatilgan. Bu mexanizmda halqa taxtachalari ipyotqizgich va ustunchalar burchakliklari 
vertikal dastaklar 20 ga va mashina tanasining о‘rta poyalariga qotirilgan vint silindrik prujinalar 


bilan muvozanatlanadi (2-rasm). Har bir nimqavat о‘ralgandan sо‘ng taxtachalar qaytmas 
mexanizm yordamida yuqoriga kо‘tariladi. О‘rash dastagi 1 pastga tushganda (5-rasm) dastak 
zanjir ta’sirida xropovik о‘qi atrofida soat miliga teskari tomonga buriladi va sobachka yordamida 
(6-rasm) xropovik 6 ni aylantiradi. Xropovik 6 bilan bir valda, zanjir g‘altagi qotirilgan, chervyak 
g‘ildiragi 2 bilan ilashishda bо‘lgan chervyak bikr о‘rnatilgan. 
Demak, xropovik aylanganda zanjir g‘altagi ham aylanadi, zanjir 10 ningdan bir qismi shu 
g‘altakka о‘raladi va taxtachalar yuqoriga siljiydi (5-rasm). Rostlovchi vint 10 (6-rasm) 
sobachkaning xropovik о‘qiga nisbatan aylanish burchagini chegaralovchi bо‘lib xizmat qiladi; u 
sobachkani eng maqbul boshlang‘ich holatga qо‘yishga va xropovikning aylanish burchagini 
rostlanishiga imkon beradi. О‘rash mushtagini bir aylanishidagi halqa taxtachasining siljishi 
sobachka ta’sirida xropovik aylanadigan tishlar soni z
c
ga proporsional bо‘ladi. Halqali 
taxtachalarni qaytmas mexanizm yordamida siljishi, о‘rash mexanizmi maksimal yuklanganda 
ularni kо‘tarilish vaqtida bо‘ladi. Kо‘rilayotgan mexanizmning kamchiliklaridan biri shudir. Yon 
yuklamalarni qabul qilish va о‘rash dastagini kerakli holatda tortib turish uchun qaytmas 
mexanizmining ish davomida qо‘zg‘almas yо‘naltiruvchi 7 qо‘yilgan (5-rasm). Yо‘naltiruvchi 
ariqchasiga о‘rash dastagining uchiga qotirilgan barmoq 8 kiradi.
5-rasm. Halqayigiruv mashinasining о‘rash mexanizmi chizmasi, bu yerda: 1-о‘rash dastagi; 2-
uzib ulagich; 3-о‘rashda halqa taxtachalarini tushish oralig‘ini belgilovchi uzibulagich tayanchi; 
4-ish boshlashdan oldin mashina boshlang‘ich holatini belgilovchi va sо‘ta ishlagandan sо‘ng 
mashinani boshlang‘ich rejimga chiqishini ta’minlovchi uzibulagich tayanchi; 5-yog‘li vanna; 6-
uzibulagich tayanchi (sо‘ta konusining о‘ralishi); 7-qо‘zg‘almas yо‘naltiruvchi; 8-barmoq; 9-
uzibulagich; 10-zanjir; 11-sо‘ta uyasini hosil qilish uchun barmoq; 12-taxtachalarni qо‘lda 


tushirish moslamasi; 13-taxtachalarni qо‘lda tushirish g‘altagi; 14-halqa; 15-tortuvchi gayka; 16-
halqali taxtacha; 17-taranglovchi g‘altak; 18-yig tо‘sini; 19-oraliq qо‘shg‘altak; 20-xropovkining 
uzatuvchi g‘altagi; 21-о‘rash zanjirining qо‘lda bо‘shatish dastagi (ish paytida dastak yechiladi). 
6-rasm. О‘rash dastagi chizilmasi, bu yerda: 1-yog‘li vanna; 2-chervyak g‘ildiragi; 3-о‘rash 
dastagi; 4-jild; 5-yulduzcha; 6-xropovik (z*24…85); 7-sobachka; 8-prujina; 9-elektromagnit 
MIS-1100; 10-rostlovchi vint; 14-mikrouzibulagich MP-210; 12-tayanch; 13-о‘rash dastagining 
kronshteyni; 16-bolt. 
Sо‘ta uyasi, tayanch 11 zanjir 10 ni chapga maksimal tortganda halqa taxtachasining pastki 
holatida о‘ralishga boshlaydi. Uya о‘ralish jarayonida zanjir 10 о‘rash dastagining g‘altagiga 
sekin-asta о‘ralib boradi va tayanch 11 zanjirga tegmay qoladi. Shunday qilib, uya о‘ralayotganda 
о‘rash jismi о‘qi bо‘ylab nimqavatlar balandligi asta kattalashadi. Sо‘ta tо‘la о‘ralgandan sо‘ng 
halqa taxtachasini pastki holatga tushirish kerak. Bu maxsus motor bilan yoki qо‘lda bajarilishi 
mumkin. Uni qо‘lda bajarilganda dastakcha yordamida g‘altak 13 dan ilgakni olinadi (4-rasmga 
qarang) va g‘altak 13 ning valiga kiydirilgan dastak 12 yordamida halqa taxtachalarini pastki 
holatga tushiriladi. О‘ralgan sо‘talarni yechishidan oldin halqa taxtachalarini boshlang’ich holatga 
qо‘yish kerak. Buning uchun yechish dastagi 12 yordamida g‘altak 13 ni oldingi holatiga 
qaytariladi, sо‘ng esa sobachka 7 ni xropovikdan ajratib (5- rasmga qarang) о‘rash dastagi 
g‘altagidan zanjir 10 ni bо‘shatiladi. Qо‘l ishlari mashina ishlashini qiyinlashtiradi, bir xil 
о‘lchamdagi va strukturadagi joylamalarni olishga imkon bermaydi, ish samaradorligini 
pasaytiradi, shuning uchun zamonaviy halqa yigiruv mashinalari о‘rash mexanizmining 
avtomatlashtirilgan yuritmasi bilan jihozlangan. 


7-rasm. Halqa taxtachalari harakati zanjirli uzatmali о‘rash mexanizmi chizmasi. 
bu yerda: 1-о‘rash mexanizmi; 2-mushtak; 3,11,13,19,23-zanjirlar; 4-halqa taxtachalarini qо‘lda 
kо‘tarish va tushirish uchun dastak; 5,8,10,12,17,18-g‘altaklar; 6-sektor; 7-tishli g‘ildirak; 9-val; 
14,21-muvozanat yo’qlari; 15-halqa taxtachasi; 16-yо‘naltiruvchi; 20-kо‘ndalang tо‘sin; 22-
tortqi. 


Uya о‘ralgandan sо‘ng mashina sо‘ta tanasini о‘rash uchun oshirilgan tezlikka о‘tadi. 
Yuqori konusni-uchini о‘rashda mashina yana pasaytirilgan tezlikka о‘tadi. Sо‘ta о‘ralgandan 
sо‘ng, prujina 8 ni tortuvchi elektromagnit 9 yoqiladi (6-rasmga qarang). Bu prujina elektromagnit 
langarini xropovik sobachkasi bilan birlashtiradi. Halqa taxtachalari pastga harakatlanganda 
sobachka xropovik tishi bilan ilashuvdan chiqadi va prujina 8 yordamida kо‘tariladi. Bunda 
taxtachalarni tushirish yuritmasining elektromotori tushurishga yoqiladi va mashina elektromotori 
о‘chadi. Mashina inersiya bо‘yicha ishlaganda taxtachalar boshlang‘ich holatga qaytadi. Halqa 
taxtachalari tagо‘rov holatiga kelganiqa taxtachalar yuritmasi motori о‘chib tormozlanadi va 
mashina boshlang‘ich holatga qaytadi. Sо‘talar yechilgandan sо‘ng mashinaning ish sikli 
qaytariladi. 
Halqa taxtachalari ustunchalariga dastak uzatmali о‘rash mexanizmlari ularni loyihalashda 
inobatga olish kerak bо‘lgan bir qator xususiyatlarga ega: 
1) 

Download 1,15 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dastakli-zanjirli о‘rash mexanizmlari

Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish