WWW.HUMOSCIENCE.COM
1413
GRAFIK PROSESORLARDA TASVIRLARNI QAYTA ISHLASH
ALGORITMLARI
Nabiyeva Dilorom Temirovna
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU Samarqand filiali o‘qituvchisi
diloromnabiyeva29@gmail.com
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada tasvirlarni qayta ishlash algoritmlari, tasvir
o‘lchamini o‘zgartirish, tasvirlarni qismlarga ajratuvchi funksiyalarni o‘rganish hamda
bu funksiyalarni ishlatish kabi jarayonlar tahlil qilindi.
KALIT SO‘ZLAR: Tasvirlarga raqamli ishlov berish, tasvir o‘lchamini
o‘zgartirish, tasvirni qismlarga ajratish, tasvirlarni olish va qayta ishlash.
АННОТАТЦИЯ: В этой статье были проанализированы такие процессы,
как алгоритмы
обработки изображений ,изменение размера изображения,
изучение функций, которые разбивают изображения на части, а
также
использование этих функций..
КЛЮЧЕВНЕ СЛОВА: Цифровая обработка изображений, изменение
размера изображения разбиение изображения на части, получение и обработка
изображений.
ANNOTATION: This paper analyzed processes
such as image processing
algorithms, image resizing ,image partitioning functions, and the use of these functions.
KEYWORD: Digital processing of images, image resizing image partitioning,
image capture and processing.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1414
KIRISH
Hozirgi kunda jahonda tasvirlardan avtomatlashtirilgan
holda obyektlarni
aniqlash, tanib olish va tahlil qilish algoritmlarini takomillashtirish hamda tasvirlarini
qayta ishlashda qo‘llaniladigan segmentlash usullaridan foydalanish dolzarb
hisoblanadi. Global raqamli tranformatsiya jarayonlarida tasvirlarga raqamli ishlov
berish masalalariga
ehtiyoj juda ortgan, bunda kompyuter nigohi texnologiyalari
yetakchilik qilmoqda. Olimlar inson miyasini funksiyalarini yaratishga qaratilgan
intilishlari miyaning biologik neyronlar va ularning bog‘lanishlari
modelini
(keyinchalik esa dasturiy) yaratish natijalarini berdi.Tasvirlarga ishlov berish va tahlil
etish inson faoliyatining tasvirlarga aloqador bo‘lgan bir muncha sohalarda
qo‘llaniladi. Ko‘pchilik mutaxassis va olimlarning fikriga ko‘ra tasvirlarga ishlov
berish usullari rivojlanishi fan va texnikaning yorqin kelajakka ega bo‘lgan
yangi
yo‘nalishlarini vujudga kelishiga olib keldi. Tasvirlarga ishlov berishda asosan
tasvirlarga qayta ishlov berish yoki tasvirlarga raqamli ishlov berish nomlari bilan
yuritiladi.