WWW.HUMOSCIENCE.COM
70
TASVIRLARNI QAYTA ISHLASHNING ASOSIY YO’NALISHLARI,
RANG MODELLARI
Xaldarova Gulzira Nuriddin qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Boymatova Mavluda Xamit qizi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada tasvirda dastlabki
qayta ishlovni amalga
oshirishni tahlil qilish, rangli tasvirni kulirang tasvirga o’tkazish, tasvirni binar tasvirga
o’tkazish algoritmlari berilgan.
Kalit so’zlar:
tasvirga qayta ishlov berish,
rangli tasvir,binar tasvir, obyekt
chegaralar, sohalarni segmentlash.
Аннотация:
В данной статье анализируется процесс повторной обработки
изображения, преобразование цветного изображения в черно-белое и бинарное
изображение с помощью соответствующих алгоритмов
.
Ключевые
слова:
повторная
обработка
изображения,
цветное
изображение,
бинарное изображение, ограничения объектов, сегментация
областей.
Abstract:
This article provides an analysis of the algorithms for applying initial
image processing, converting a colored image to a grayscale image, and converting an
image to a binary image.
Keywords
:
image processing, colored image,
binary image, object boundaries,
segmentation of areas.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
71
Kirish.
Jahonda tasvirlardan avtomatlashtirilgan
holda obyektlarni aniqlash, tanib olish
va tahlil qilish algoritmlarini takomillashtirish hamda tasvirlarini
qayta ishlashda
qo’llaniladigan segmentlash usullaridan foydalanish dolzarb hisoblanadi. Chunki
hozirgi global raqamli tranformatsiya jarayonlarida tasvirlarga
raqamli ishlov berish
masalalariga ehtiyoj juda ortgan, bunda kompyuter nigohi texnologiyalari yetakchilik
qilmoqda. Tasvirlarni qayta ishlash, Bu yo'nalish
tasvirlarni ranglash, o'zgartirish va
boshqa rang modellari yordamida tasvirlarga qiziqarli ko'rinish berishni o'z ichiga
oladi. Bu yo'nalishda tasvirlarga o'zgartirish kiritilgan rang
modellari orqali amalga
oshiriladi va tasvirlar ko'rinishi o'zgartiriladi.