• Tasvirni binar(oq-qora) tasvirga o’tkazish.
  • Rangli tasvirni kulrang tasvirga o’tkazish




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana18.05.2024
    Hajmi0,92 Mb.
    #241709
    1   2   3   4
    Bog'liq
    70-76

    Rangli tasvirni kulrang tasvirga o’tkazish. 
    Ba’zi bir masalalarda tasvirni 
    segmentlash (bo’laklarga ajratish)ni sifatini oshirish uchun rangli tasvirlarni kulrang 
    tasvirga o’tkazish talab etiladi. Kulrang tasvirlarda nuqtadagi rang qiymati 0 va 255 
    oralig’ida bo’lganligi sababli undagi bajariladigan amallar soddalashadi. Rangli 
    tasvirni kulrang tasvirga o’tkazish ko’pincha quyidagicha amalga oshiriladi.
    Gray
    ij
    =0,3*R
    ij
    +0,59*G
    ij
    +0,11*B
    ij
    (1.1) 
    yoki 
    Gray
    ij
    =(R
    ij
    +G
    ij
    +B
    ij
    )/3 
    (1.2) 
    bu yerda Gray
    ij 
    – berilgan rangli tasvirning i, j koordinatasidagi pikselning kulrang 
    yorug’lik qiymati, R
    ij
    , G
    ij
    , B
    ij
    – qizil, yashil va ko’k ranglarning yorug’lik qiymati.
    Bunday almashtirish rangli tasvirdagi R, G, B rang qiymatlari turlicha bo’lganda 
    yaxshi natija beradi. Rangli tasvirni kulrang tasvirga o’tkazilgan namunalari 1.1-
    rasmda ko’rsatilgan.
    a)
    b) 
    v) 
    1.1-rasm. Rangli tasvirni kulrang tasvirga o’tkazilgan namunalari. a – berilgan 
    rangli tasvir; b – (1.1) formula bo’yicha olingan natija; v – (1.2) formula bo’yicha 
    olingan natija. 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    74 
    Tasvirni binar(oq-qora) tasvirga o’tkazish.
    Binar tasvirda faqat ikkita rang 
    qatnashadi. Bular oq-fon va qora-obyekdir. Ba’zi bir masalalarni yechishda tasvirni 
    binarga o’tkazish talab etiladi. Rangli yoki kulrang tasvirni binar tasvirga o’tkazishda 
    asosiy muammo bo’sag’a (porog)ni avtomatik tanlash hisoblanadi. Bo’sag’a tanlash 
    uchun asosan tasvir gistogrammalari tahlilidan foydalaniladi [3]. 1.2-rasmda tasvir 
    gistogrammasi va undagi bo’sag’a qiymati joylashuvi aks etgan. 
    1.2-rasm. Bo’sag’a tanlash uchun qurilgan tasvir gistogrammasi. 
    Quyida bo’sag’a tanlashni gistogramma taxlili asosida k-o’rtacha variantini 
    ko’ramiz. Algoritmlar quyidagi qadamlardan iborat bo’ladi: 
    1.
    Yorug’liklar diapazonida T
     
    o’rta qiymat aniqlanadi; 
    2.
    Gistogrammaning har ikki tomonida og’irlik markazlari 
    2
    1
    ,
    m
    m
    hisoblanadi; 
    3.
    Bo’sag’a qaytadan hisoblanadi, 
    2
    /
    )
    (
    2
    1
    m
    m
    T



    4.
    Agar yangi hisoblangan bo’sag’a eskisidan farq qilsa 2,3 qadamdagi ishlar 
    yana takrorlanadi, toki o’zgarishsiz qolguncha.
    Berilgan tasvirning turli bo’sag’a qiymatlarida binar tasvirga o’tkazilgan 
    namunalari 1.3-rasmda ko’rsatilgan. 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    75 
    a) 
    b) 
    g ) 
    1.3-rasm. Tasvirni binar tasvirga o’tkazilgan namunalari: a) berilgan tasvir; b) 
    bo’sag’a 60 bo’lgandagi natija; g) bo’sag’a avtomatik tanlangandagi natija. 
    Shuningdek, soddalashgan holda bo’sag’a tanlash usullari mavjud. Qaralayotgan 
    sohada bo’sag’ani tanlashda shu sohadagi rang qiymatlarining o’rtachasini olish 
    mumkin ya’ni, 
    




    M
    i
    N
    j
    j
    i
    G
    N
    M
    T
    1
    1
    )
    ,
    (
    1
    (1.3) 
    Mediana usulida qaralayotgan soha qiymatlari bo’yicha qurilgan to’plam 
    tartiblanib, ularning markazida joylashgan qiymat olinadi. Masalan, 


    k
    G
    G
    G
    G
    ,...,
    ,
    2
    1

    to’plam berilgan bo’lsin. Uning tartiblangan ko’rinishini 


    n
    p
    p
    p
    N
    G
    G
    G
    G
    G
    G
    ,...,
    ,
    ,
    ,
    1
    1
    1
    )
    (



    deb olsak, u holda mediana usulida bo’saga qiymati quyidagiga teng bo’ladi: 
    p
    G
    T


    (1.4) 
    Va nihoyat soddalashgan holda bo’sag’a tanlashning uchinchi ko’rinishi 
    quyidagicha. 
    2
    /
    max)
    (min


    T
    .
    (1.5) 
    Tasvir kattaroq xajmda bo’lsa, bu usul bo’yicha tanlab olingan bo’sag’a tasvirning 
    barcha sohasi uchun ham yaxshi natija bermasligi mumkin. Shuning uchun tasvirni 
    binar tasvirga o’tkazish jarayonlarini kichik sohalarda amalga oshirish maqsadga 
    muvofiqdir. Masalan, 10x10, 16x16 yoki 32x32 kabi kichik sohalarda tasvir binar 
    tasvirga o’tkazilganda undagi sezilarsiz farqlar ham aniqlanadi. 
    Xulosa 
    Xulosa qilib aytganda, tasvirga qayta ishlov berish, tasvirlarni tahlil qilish va 
    boshqarish uchun kuchli vosita hisoblanadi. Rangli va binar tasvirlar obyektlar 
    chegaralarini va hududlarni segmentlash kabi muhim ma'lumotlarni ajratish uchun 
    ishlatilishi mumkin. Bu texnikalar tibbiy tasvirlash, robototexnika va kompyuter ko'zni 
    qamrab olish kabi turli sohalarda keng qo'llaniladi. Texnologiyalarning rivojlanish 


    WWW.HUMOSCIENCE.COM
    76 
    bilan, tasvir ishlovchisi ko'proq murakkab va aniqligi oshirilmoqda va murakkab 
    muammolarga yechimlar va fikrlar taqdim etadi. 

    Download 0,92 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rangli tasvirni kulrang tasvirga o’tkazish

    Download 0,92 Mb.
    Pdf ko'rish