Tasvirda dastlabki qayta ishlovni amalga oshirishni tahlil qilish
Tasvirlarning xususiyatlarini aniqlashda uning belgilarini aniqlash zarur bo’ladi
va bu jarayon tasvirlarga sonli ishlov berish algoritmlari orqali amalga oshiriladi.
Tasvirlarni qayta ishlashda avvalo tasvirning rang xususiyatlari va unda ishlash
usullarini yaxshilab o’rganib chiqish talab etiladi.
Bir bayt yordamida 256 ta turli xil ranglarni kodlashtirish mumkin. Kulrang
tasvirlar uchun ushbu kodlashtirilgan ranglar yetarli. Lekin, jonli tabiatdagi ranglarni
to’liq tasvirlashda ushbu kodlashtirilgan ranglar yetmaydi. Inson ko’zi shunday
takomillashgan asbobki, u minglab rangdagi kichik farqlarni ham anglay oladi.
Agar bitta nuqta rangini kodlashtirish uchun 1 bayt emas, balki 2 bayt, ya’ni 8 bit
emas 16 bit ajratsak, har bir qo’shilgan bir bit kodlashtirilayotgan qiymatlar sonini ikki
marta oshiradi. Qo’shilgan 8 bit sakkiz marta, ya’ni 256 marta kodlashtirilayotgan
qiymatlar miqdorini oshiradi. 2 ta bayt bilan 256
256=65536 ta turli ranglarni
kodlashtirish mumkin. Bu esa, biz ko’rgan kulrang suratlardan yaxshiroq bo’lsada,
lekin jonli tabiat ranglaridan baribir yomondir.
Agar bitta nuqtani kodlashtirish uchun 3 bayt (24 bit)dan foydalansakchi. Unda
mumkin bo’lgan ranglar soni 256 marta oshadi, ya’ni 256
256*256=16777216 taga
yetadi. Bu rejim jonli tabiatdagi kuzatilgan ranglardan qolishmaydigan tasvirni
WWW.HUMOSCIENCE.COM
72
saqlash, ishlov berish va uzatish imkonini beradi. Har qanday rangni quyidagi uchta
asosiy bo’lgan - qizil, yashil va ko’k ranglarning aralashmasi yordamida tasvirlash
mumkin. Agar biz 3 bayt yordamida nuqtaning rangini kodlashtirmoqchi bo’lsak, unda
1-bayt qizil, 2-bayt yashil, 3-bayt esa ko’k rangni ifodalaydi. Rangli to’plamning bayt
qiymati qanchalik katta bo’lsa, mazkur rang shunchalik aniq va ravshan bo’ladi.
Agar nuqta oq rangdan iborat bo’lsa, demak unda ranglar mavjud bo’lib, u to’liq
va ravshan bo’ladi. Shuning uchun ham oq rang uchta to’liq bayt 255,255,255 bilan
kodlanadi. Qora rangda hamma mavjud ranglar bo’lmaydi. Jami ranglar to’plami nolga
teng bo’ladi. Qora rang 0,0,0 bilan kodlanadi. Kul rang esa qora va oq ranglarining
o’rtacha aralashmasidir. Bunda jami ranglarni tashkil etuvchi to’plam mavjud bo’lib,
ular bir xil va bir-birini neytrallashtiradi. Masalan, kul rangni 80,80,80 yoki
120,120,120 bilan kodlashtirish mumkin. Ko’rinib turibdiki, ikkinchi xolatdagi
kodlashtirishda aniqlik va ravshanlik yuqori hamda 80,80,80 bilan kodlashtirishga
qaraganda 120,120,120 bilan kodlashtirish deyarli yorug’roqdir. Qizil rangda qizil
rangdan tashqari boshqa jami ranglarni tashkil etuvchilari nolga teng bo’ladi. Masalan,
to’q qizil rang 125,0,0 yoki ochiq qizil rang 255,0,0 ko’rinishda kodlanadi.
Dasturiy tizimda tasvirlarni nuqtalar (piksellar) bo’yicha aniqlanadi va qayta
ishlanadi. Unda BMP kengaytmali grafik tasvirlar qayta ishlanadi. Tasvirdagi har bir
piksel o’n oltili yoki o’nli sanoq sistemasidagi sonlarni qabul qiladi. Grafik tasvirda
ixtiyoriy (x,y) nuqtadagi rang uch xil rang (qizil, yashil va ko’k) aralashmalaridan
tashkil topgan. Nuqtadagi rang qiymatini qabul qilish uchun 000000
(16)
dan FFFFFF
(16)
gacha oraliqda bo’lgan o’n oltili sonlar uchun oltita yacheyka (joy) ajratilgan. Bunda
birinchi ikkita yacheyka ko’k rang uchun, keyingi ikkita yacheyka yashil rang uchun
va nihoyat oxirgi ikkita yacheyka qizil rang qiymatlari uchun ajratilgan. Masalan,
tasvirdagi ixtiyoriy (x,y) nuqtadagi rang qiymati 6BC8AD
16
(7063725
10
) ga teng
bo’lsin. Bunda ko’k rang qiymati 6B
16
(107
10
) ga, yashil rang qiymati C8
16
(200
10
) ga
va qizil rang qiymati AD
16
(173
10
) ga teng. Shu tariqa biz yuqoridagi ma’lumotlar
asosida grafik tasvirlarga ishlov bera olamiz.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
73
Tasvirdarni qayta ishlash jarayonida turli usullar qo’llaniladi. Masalan, binar
tasvirga o’tkazish, obyekt chegaralarini aniqlash, sohalarni segmentlash,
ingichkalashtirish, tasvir sifatini yaxshilash va x.k. Quyida tasvirlarni qayta ishlash
bilan bog’liq bo’lgan bir necha usullar keltirilgan.
|