WWW.HUMOSCIENCE.COM
1418
MUHOKAMA
Tasvirlarni qayta ishlash jarayonida turli usullar qo‘llaniladi. Masalan,
binar
tasvirga o‘tkazish, ob’yekt chegaralarini aniqlash, sohalarni bo‘laklash
(segmentatsiya), ingichkalashtirish, tasvir sifatini yaxshilash va h.k.
Quyida tasvirlarni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan
rangli tasvirni kulrang
tasvirga o‘tkazish usullar keltirilgan. Tasvirning rang qiymatlari tasvirlar bilan
ishlashda juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz tasvirlar ishlayotgan vaqtimizda agar
tasvirlar rangli bo‘lsa, iloji boricha ularni kulrang tasvirlarga almashtirib keyingi ishlov
berish amallarini amalga oshirish kerak bo‘ladi. Sababi, shundan
iboratki, biz rangli
tasvirlarga dastlabki ishlov berayotganimizda uchta R,
G, B kanalda ishlashimishga to‘g‘ri keladi. Bunda ishlov berish amallari juda ham
ko‘payib ketadi. Ushbu amallarni kamaytirish maqsadida biz tasvirlarga dastlabki
ishlov berish davomida ularni kulrang tasvirlarga almashtirib olishimiz zarur. Kulrang
tasirlarda bitta kanalda ishlanadi shuning uchun amallar soni kam bo‘ladi va
mashinaning ishlash tezligi bir necha martaga tezlashadi. Bir bayt yordamida 256 ta
turli xil ranglarni kodlashtirish mumkin. Kulrang tasvirlar uchun ushbu kodlashtirilgan
ranglar yetarli bo‘ladi. Lekin, jonli tabiatdagi ranglarni to‘liq
tasvirlashda ushbu
kodlashtirilgan ranglar yetarli emas [3].
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, agarda bitta nuqta rangini kodlashtirish uchun 1 bayt emas,
balki 2 bayt, ya’ni 8 bit emas, 16
bit ajratsak, har bir qo‘shilgan bir bit
kodlashtirilayotgan qiymatlar sonini ikki marta oshiradi.
Shundan qarash mumkinki,
qo‘shilgan 8 bit sakkiz marta, ya’ni 256 marta kodlashtirilayotgan qiymatlar miqdorini
oshiradi. 2 bayt bilan 256*256=65536 ta turli ranglarni kodlashtirish mumkin. Bu esa,
biz ko‘rgan kulrang tasvirlardan yaxshiroq bo‘lsada, lekin jonli tabiat ranglaridan
yomonroqdir bo‘ladi. Agar bitta nuqtani kodlashtirish uchun 3 bayt (24 bit)dan
foydalansak, unda mumkin bo‘lgan ranglar soni 256
marta oshadi, ya’ni
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1419
256*256*256=16777216 taga etadi. Ushbu jarayon jonli tabiatdagi ranglardan
qolishmaydigan tasvirlarni saqlash, ishlov berish va uzatish imkonini beradi. Ranglarni
uchta qizil, yashil va ko‘k ranglarning aralashmasi yordamida ifodalash mumkin. Biz
nuqta rangini 3 bayt yordamida kodlashtirmoqchi bo‘lsak, buning uchun 1-bayt qizil,
2
-bayt yashil, 3-bayt ko‘k ranglardan foydalanilamiz. Ranglarning tiniqligini va
aniqligini uning bayt qiymatiga bog‘liq bo‘lgan holda qaraymiz.
Agar bayt qiymati
qanchalik katta bo‘lsa, ranglarning aniqligi va tiniqligi shunchalik yaxshi bo‘ladi .