• Ko’tarish-qarash jihozlari turlari, nomi Ish joyining joylanishi Avtomobilning joylanishi
  • 2.Ko’rish chuquri
  • Mavzu avtomobillarni ko’tarish-qarash qurilmalari reja




    Download 0.75 Mb.
    bet1/3
    Sana24.10.2023
    Hajmi0.75 Mb.
    #90330
      1   2   3
    Bog'liq
    Avto. ko\'tarish qarash (1)
    Mavzu Asinxron dvigatellar va ularning qoâ llanilish soxalari. R-fayllar.org, 22-modul Payvandlash asoslari Payvandlash turlari. Reja , 554e305d-e1eb-40c4-b4a6-36b11cd480e6 , amaliy maxsus fanlar, Polimerlar asosidagi zamonaviy qurilish materyallar 2, AHOLI DAROMADLARI, nozim 1, 1-oraliq nazorat (3-semestr uchun), 9, 1-мавзу. Психологиянинг предмети, olmosh-yuzasidan-otilganlarni-takrorlash, Navoiy, 4 2 1-МАСАЛА 411-20 guruh , 1441522, 12-Seminar mavzu-1

    MAVZU-6. AVTOMOBILLARNI KO’TARISH-QARASH QURILMALARI
    Reja:

      1. Ko’tarish-qarash qurilmalarining turlari.

      2. Ko’rish chuquri.

      3. Estakadalar.

      4. Ko’targich va a’gdargichlar.

      5. Garaj domkratlari.

    Ko’tarish-qarash jihozlariga ko’rish chuqurlari, estakadalar va ko’targichlar kiradi.


    Avtomobillarga ТХK va JТ da foydalaniladigan qo’rish jihozlari, ishchi joyini joylashishiga qarab, quyidagi guruhga bo’linadi.
    6.1-jadval

    Ko’tarish-qarash jihozlari turlari, nomi

    Ish joyining joylanishi

    Avtomobilning joylanishi

    Ko’rish chuqurlari, ko’targichlar

    Pol sathida va undan past pol sathida va undan yuqori

    Pol sathida, yoki balandda

    Estakadalar

    Yana shunday

    Yana shunday

    A’gdargichlar (yonboshlatgichlar)

    Pol sathida

    Pol sathida

    2.Ko’rish chuquri
    Ko’rish chuquri - eng ko’p tarqalgan (universal) qarash qurilmasi bo’lib, bir vaqtning o’zida avtomobilda pastdan, yonboshdan va yuqoridan ish bajarilishiga imkon yaratadi. Avtomobilni, ko’rish chuquriga kirish va undan chiqishiga qarab, ular boshi berk yoki o’tuvchi ko’rinishda bo’ladilar.
    Boshi berk va boshi ochiq postlar hamda oqimli qatorlar ko’rish chuqurlari bilan jihozlanadi. Ular kengligi bo’yicha ensiz va enli turlariga bo’linib, kengligi avtomobil enidan kam bo’lsa ensiz deb, keng bo’lsa enli deb ataladi.
    Ko’rish chuqurlarining tuzilishi avtomobillarning turiga bo’gliq bo’lib, uzunligi avtomobil uzunligidan 0,5-0,8 m uzun, chuqurligi esa yengil avtomobillar uchun 1.4-1.5 m, yuk avtomobillar va avtobuslar uchun 1.2-1.3 m bo’ladi Eni esa avtobus va yuk avtomobili uchun 0.9-1.1 m, yengil avtomobillar uchun 0.8 m bo’ladi. Ko’rish chuqurlariga past kuchlanishli yoritgichlar (42 V) o’rnatiladi, ular har 1 metr uzunlikka 200 m3soat hajmidagi, harorati 16-25S, tezligi 2-2,5 ms bo’lgan 45 burchak ostidagi yo’nalishda havo oqimi bilan shamollatib turiladi. Chiqindi gazlarni chiqarish uchun maxsus quvurlar o’rnatiladi. ТХ vaТ jarayonida avtomobil dvigatellarini ishlatish zaruriyati tu’gilsa, bu quvurlar avtomobilning tovush so’ndirgichiga ulab qo’yiladi.
    Ko’rish chuqurlari, ularda bajariladigan ish turiga qarab ko’targichlar, harakatlanuvchi voronkalar, moy quyish qurilmalari bilan jihozlanadi.
    Ensiz qo’rish chuquri tuzilishi jihatidan oddiy bo’lib, avtomobillarda ТХK va JТ ishlarini bajarishda barcha qulayliklarga ega. Bunday chuqurlar bilan o’zaro bo’glanish bo’lishi uchun yoki chuqur ustidagi maydoncha bilan qulay aloqa bo’glash uchun, chuqurlar bir - biri bilan yonbosh tomonidan ariq bilan tutashgan bo’ladi. Ensiz ko’rish ariqchalari yoru’g emasligi hamda ba’zi bir agregatlarni yechish va o’rnatishning qiyinligi, enli ariqchalar esa ko’p joy egallashi kabi kamchiliklarga egadirlar.
    Boshi berk qo’rish chuqurlarining usti ochiq bo’ladi.
    O’tuvchi ko’rish chuqurlarga tushish, kirish va chiqish uchun usti berk chuqurlar bilan tutashtiriladi.
    Usti ochiq chuqurlar eni 1 metrdan kam va 2 metrdan oshiq bo’lmasligi kerak, chunki unga chilangarlik verstagi va boshqa dastgohlar o’rnatiladi, kurish chuqurlarini bo’glovchi ariqlarning balandligi 1,2-1,6 m, berk chuqurning balandligi 1,8 metrdan kam bo’lmasligi lozim.

    Download 0.75 Mb.
      1   2   3




    Download 0.75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu avtomobillarni ko’tarish-qarash qurilmalari reja

    Download 0.75 Mb.