20
Demak agar, SSD-saqlovchi yoki flesh-xotira to'liq formatlanmasa, virus-kodlovchilar hujumiga
uchramasa, fizik shikastlanmasa (odatda SSD va flesh-xotiralarda asosan kontroller kuyadi) yoki
ularga boshqa ma'lumot yozilmasa ulardagi axborotni qayta tiklash imkoni bor. Ho'sh,
bu qanday
yuz beradi? SSD yoki flesh-xotiradan biron ma'lumot o'chirilganda, aslida u axborot ularda to'liq
saqlanib qoladi. Faqat fayl tizimi axborotga olib boruvchi manzilni operatsion tizimga
ko'rsatmaydi. Keyingi axborot yozilishi bo'sh yacheykalarda sodir bo'ladi. Negaki, eski
(o'chirilgan deb hisoblangan) axborot turgan yacheykaga yangisini yozish uchun avval, eski
ma'lumotni to'liq o'chirib, keyin yangisini yozish kerak. Bunda SSD va flesh-xotiraning ishlash
tezligi sezilarli pasayadi. Shu sabab yangi axborot avval bo'sh yacheykalarga,
keyin agar, joy
yetmasa o'zida eski axborotni saqlayotgan yacheyklarga joylanadi. Fayl tizimi yozilayotgan
ma'lumot hajmini oldindan hisoblab, shunga yarasha xotiradan joy ajratadi.
Shu yerda yana bir gapni aytib o'tsam. Agar SSD-saqlovchiga operatsion tizim o'rnatilgan
bo'lsachi? Afsuski agar, ushbu holat ro'y bersa ma'lumotlarni qayta tiklashning mutlaqo iloji
yo'q! Agar SSD-saqlovchi bo'limga bo'lingan bo'lsa masalan, lokal disk C (operatsion
tizim
o'rnatilgan) va lokal disk D ga u holda, tizim o'rnatilgan bo'limdan ma'lumotni qayta tiklash
ilojsiz, ammo tizim o'rnatilmaganidan mumkin. Ho'sh, buning sababi nimada? Operatsion tizim
o'rnatilgan bo'limda biroz boshqacha ish prinsipi mavjud. Siz biror ma'lumotni o'chirdingiz, shu
zahoti tizim SSD-saqlovchiga
"trim" ya'ni, yo'q qil buyrug'ini beradi. Buning sababi
boya aytib
o'tganimdek agar, eski ma'lumot yacheykada saqlanib qolsa, yangisi esa boshqa bo'sh
yacheykalarga yozilsa, bo'sh yacheykalar tugagach qolgan axborot o'zida eski ma'lumot
saqlayotgan yacheykalarga yoziladi va bu uchun avval ular eski ma'lumotdan tozalanadi. Bunga
ortiqcha vaqt ketkazmaslik uchun tizim ma'lumotlarni o'zi joylashgan yacheykadan darhol
o'chirib yuboradi va bu bilan SSD-saqlovchining ish tezligini saqlab qoladi. Agar, sizning
kompyuteringizda operatsion tizim Windows 7 dan eski turi o'rnatilgan bo'lsa (masalan,
Windows Vista yoki Windows XP) havotirlanmang! Trim buyrug'i faqat Windows 7 operatsion
tizimidan boshlab ishlatilib kelinadi. Demak, sizda eski turdagi Windows yoki MacOS (Linux
tizimida trim buyrug'ini o'chirib qo'yish ham mumkin) operatsion tizimi bo'lsa
va SSD-
saqlovchiga tizim o'rnatilgan bo'lsa ham u yerdan siz o'chirib yuborgan ma'lumotlarni qayta
tiklash mumkin.
Bunda sizga yana bir dasturiy ta'minot
Recuva kerak bo'ladi
https://recuva.ru
. Bu dastur
ma'lumotlarni qayta tiklashda eng samarali va bepul hisoblanadi.
21
Recuva dasturi yordamida ma'lumotlarni qayta tiklash
E
ng birinchi Options… (
) menyusiga kiring va General (
) bo'limiga o'tib,
o'zingizga kerakli tilni tanlang.
Endi Actions (
) bo'limiga o'tib, Show files found in hidden system directorias
(
/
) Deep Scan (
) va Scan
for non-deleted files (
ё
) punktlarini
belgilab, OK bosing.
23
ma'lumotning ma'lum bir qismi yoqolgan va uni to'liq tiklashning iloji yo'q. Nihoyat
qizil
rangdagi indikatorni ko'rsangiz shuni bilingki, ushbu ma'lumotni qayta tiklashning sira iloji yo'q.
Agar, siz tiklamoqchi bo'lgan ma'lumot qarshisida yashil indikatorni ko'rsangiz bemalol uni
belgilang. So'nggi bosqichda qayta tiklanayotgan ma'lumotni qayerga qayta tiklashni
belgilash
va RECOVER… (
) tugmasini bosing. Unutmang, hech qachon ma'lumotni qayta
tiklayotgan xotiraning o'ziga qaytib yozmang! Ya'ni, siz flesh-xotiradan biron nima qayta
tiklamoqdasiz. Bunda siz qayta tiklayotgan ma'lumotni shu flesh-xotiradan boshqa istalgan xotira
turiga saqlashingiz kerak.